Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Aniqlanishicha, Germaniyaning Myunxen aeroportida 74 yoshli ayol 12 yil oldin...
O'tgan yilning noyabr oyida Shvetsiyaning Orebro shahridagi maktabda 12 yoshli...
Harbiy havo kuchlari bilan boshlangan mashg'ulotga ikki mamlakatning harbiy...
So'nggi bir hafta ichida Ispaniyada boshqa Evropa davlatlarda kuzatilganidek,...
Mustaqil hisobotga ko'ra, 45 yoshdan 53 yoshgacha bo'lgan Kovid-19...
Lissabondagi Joao Lobo Antunes Molekulyar Tibbiyot Instituti matbuotga bergan...
Shvetsiyalik 25 olim yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasida ...
Koronavirus epidemiyasi sababli butun dunyo bo'ylab iqtisodiy inqiroz va...
Ma'lum bo'lishicha, olimlar koronavirus (Kovid-19) keltirib chiqaradigan...
Ellevio provayder-elektr uzatib beruvchu shirkati Stokgolmning Bromma, Hässelby...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Гость WillieCoilt
шары на 14 февраля ---- Кликай по ссылочке! ---- Купить детский чемодан в Москве ---- Кликните по...
Сегодня, 01:44
Гость WillieCoilt
шары гелевые с доставкой москва недорого ---- Смотри что тут есть для тебя ---- купить недорогой детский...
30 июля 2020 19:40
Гость WillieCoilt
воздушные шары стоимость ---- Смотри что тут есть для тебя ---- чемодан на колесах интернет магазин...
30 июля 2020 19:32
Гость WillieCoilt
смотрите тут ---- Кликай по ссылочке! ---- чемоданы из поликарбоната купить в москве ---- Кликните...
30 июля 2020 19:31
Популярные новости

Biz kim?


Sog'inchdan ezilgan bemador qushcha,

Osmonning bag'rida charx urib uchar.

Eng yaqin dildoshini yo'qotgan kabi,

Tunlari to'lg'onib yostig'in quchar.

 

Bulutga qo'shilib yig'laydi unsiz,

Shamolga chap berib kezadi sarson.

Ovunmaydi issiq quyosh taftidan,

Orzulari armon, yuragi vayron.

 

Lekin u bukmadi qaddini dardga,

Egmadi hijronga bugun boshini.

Sinsa hamki qanoti, ko'rsatmadi u,

Hech qaysi g'animga ko'zin yoshini...


Assalomu alaykum xurmatli, aziz Hijron webb site mehmonlari. 

 


Allohga beadad shukurlar bo’lsinki, Sizlar-Vatandoshlarimiz ila ushbu hijron ko’zgusi bo’lmish web sahifasida ko’rishishga nasib etdi. 

Bularni so’zlar ekanman ”HIJRON”ning asos qilish sabablariga nazar tashlagim keldi. Bunga sabab talab emas balki o’zbek avlodining ehtiyojidir. Odam bolasi xoh gado, xoh podshoh bo’lsin hijronda ekan vataniga doimo muhtoj unga doimo talpinib yashaydi. Bunga boburiylar sulolasining asoschisi bo’lmish Bobur mirzo misol bo’la oladi.

Bundan tashqari  ko’p yurtdoshlarimiz chet eldagi shart-sharoitlari birmuncha og’ir bo’lganligi sababli, bu jamiyatga moslashish jaroyonini tez va yengil o’tishi va shu bilan bir qatorda o’zligimiz, madaniyat, din va tariximizni yo’qotmagan holda bir millat, bir ummat bo’lishlikni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz.

Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, ushbu Hijron  Ko’zgusi biron  bir siyosiy partiya yoki diniy guruhga a’zo bo’lmagani kabi kelajakda ham na siyosiy va na diniy guruhlar bilan ish hamkorligi qilmaydi.

Diniy masalarga oid bo’lmish maqolalarning hammasi Imomi A’zam bo’lmish Abu Hanifa mazhabida bo’lib, Ahli Sunna val Jamoat aqidasiga to’liq ravishda mansubdir.

Ushbu web sahifada, oylik  jurnalimizda yoritilmagan masalalarni tanlashga qaror qildik. Shu bilab bir qatorda turli xil boshqa rejalarimiz  davomli ravishda sahifamizni boyitib turadiki, ular o’z navbatida sizlarni HIJRON bo’lmish hayot turmush tarzimizda  foydali bo’lib boraveradi deb umid qilamiz.

O’ylaymizki, Hijron ko’zgusi sizlarni befarq qoldirmaydi.

O’z fikr-mulohazalaringiz, takliflar, yangiliklar, rasmlar, ixtiro-kashfiyotlaringiz, o’qish va o’qitishning yangicha usullari, ilm-fandagi yutuqlaringiz, shuningdek  oilada bola tarbiyasi haqidagi yutuqlaringiz, dolzarb mavzudagi maqolalaringiz hamda ibratli hikoyalaringizni kutib qolamiz. 

Siz azizlardan olingan har bir maktub tahririyat xodimlariga yangi-yangi g’oyalar sari kuch va ilhom bag’ishlaydi.

So’zimiz nihoyasida ezgu niyat bilan boshlagan ishimiz Odam bolalariga manfaatli hamda bardavom  bo’lishini Yaratganning o’zidan so’rab qolamiz.

TAHRIRIYAT