Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Dunyoda 500 mingdan ortiq odamni o'ldirgan COVID-19 o'pkaga katta darajada...
Shvetsiya immigratsiya idorasi 2020 yilning dastlabki 6 oyida 44 ming 597 ta...
Ikki yuzdan ortiq olim odamlari Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkilotiga bog'lanib,...
Shvetsiyadagi Uyg'urlar Ta'lim Jamiyatining a'zolari yomg'irga qaramay, 2009 yil...
Olmoniyalik virusolog: Koronavirusning ikkinchi to'lqini bo'lmaydi...
Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Linde, Isroilning bosib olgan Falastin...
Shved avtomobil ishlab chiqaruvchisi Volvo, old xavfsizlik kamarlaridagi...
Dunyo bo'ylab koronavirus epidemiyasiga qarshi emlash va dori-darmonlarni...
Ma'lum bo'lishicha, Shvetsiyadagi koronavirus epidemiyasidan eng ko'p aziyat...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Windy
Very nice post. I just stumbled upon your blog and wanted to say that I've really enjoyed surfing around your blog...
18 июня 2020 08:14
Shirley
Its like you read my thoughts! You appear to grasp a lot about this, like you wrote the book in it or something. I...
4 июня 2020 12:33
buy tadalafil 20mg online
cialis 10mg how long does it last interests cialis dosage forum last post tadalafil cost at walmart - free trial...
26 мая 2020 21:51
Harry
¡O eres la atrana bien! Has pasado cuando te registras con extraños creando gente se dirige desde el principio, y eso...
22 мая 2020 10:45
Популярные новости

Mushukchaning hikoyasi

03 янв 2019, 01:48, Admin
0 комментариев    372 просмотра

Mushukchaning hikoyasi

Odamlar «Mushuk ham tekinga oftobga chiqmaydi», degan maqol to'qishganmish. Bu bekorchi gap bo'lsa kerak deb o'ylayman. Masalan, shaxsan men har kuni tomga chiqvolib, oftobda isinaman, lekin buning evaziga hech kimdan hech qanaqa haq talab qilgan emasman. Tomda yotib, ba'zan uzoq-uzoqlarga termilib qolaman. Yer yuzi poyonsiz deyishadi. Bu gapga ishonish uchun dunyoga tomdan turib qarash kerak ekan. Men atrofni yaxshilab ko'zdan kechirib chiqqanimdan keyin, yer yuzi mana shu tomga qaraganda kamida o'n besh marta katta bo'lsa kerak, deb o'ylab qo'ydim. O'n besh marta-ya! Tomda yotishning tag'in bir foydali tomoni shundaki, bu erdan hovlining hammayog'i kaftdek ko'rinib turadi. Kecha mo'rining yonida yotib, tandir ostidagi kavakdan allanimaning pildiraganicha chiqib kelayotganini payqab qoldim. Mundoq qarasam, kap-katta bir Sichqon uyalmay-netmay kalish chaynab o'tiribdi. Achchig'im qo'ziganidan, dumim xoda bo'lib, junlarim hurpayib ketdi. Miy-yov! Vag'illagan kuyi o'zimni tomdan tashladim. Haligi kalishxo'r nonushtani to'xtatib, juftakni rostlab qoldi. Unga etib olib, endigina tappa bosaman deb turganimda, oldimdan er yutgur Qoplon chiqib qolsa bo'ladimi. U vopira-vop qilib menga tashlangan edi, o'zim sichqonga aylandim-qoldim. Qochib borayotib qarasam, tandirning yonida cheti siniq sopol tog'ora to'ntarilig' turibdi. O'qdek uchib borib, o'zimni o'shaning tagiga urdim. Qoplon tirqishdan tumshug'ini suqib, rosa irilladi. Bundan foyda chiqmagach, orqa oyoqlari bilan tog'oraning ustiga tuproq changita boshladi. Itliging qo'zimay o'lgur-ey! Qoplon qaytib ketganidan so'ng olam birdan jimjit bo'ldi-qoldi. Shunda tog'ora ostida birovning «pish-pish» nafas olayotgani qulog'imga chalindi. Mundoq yonga o'grilsam, bir chekkada hansiraganicha boyagi Sichqonboy turibdi. Mendan qo'rqibmi, itdan qo'rqibmi, uyam to'g'ri shuyoqqa qarab qochgan ekan. Donishmand bobom: «Nodon qarshingda turgan bo'lsa, sen aql bilan ish ko'r», der edilar. Tezda shu o'gitga amal qildim. Go'shtidan kalish hidi anqib turganini hisobga olmaganda, yog'liqqina Sichqon ekan, maza qilib edim. Voy, esi past Sichqon-ey, boshqa joy qurib ketgandek,kelib-kelib, tog'oraning tagiga berkinganini qarang. Kallavaram-da. Bilmaydiki, er yuzi mana shu siniq tog'oraga qaraganda, kamida ming marta katta. Hatto, bir yarim ming marta katta bo'lishiyam mumkin! ...Og'ayni, sen ham er yuzini o'zingcha hech chamalab ko'rganmisan?
Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив