Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Shvetsiyada epidemiya markazi bo'lgan poytaxt Stokgolmda korona infektsiyasi...
Tullverket ma'lumotlariga ko'ra , 2012 yildan 2014 yilgacha kokain...
Shvetsiya jamoat salomatligi agentligi koronavirus epidemiyasi haqidagi dolzarb...
Braziliyada o'tkazilgan bir tadqiqotda mamlakatda birinchi bo'lib aniqlangan...
Ma'lum qilinishicha, politsiya bog'dagi bir hududni o'rab olgan va texnik...
Sigtunaskolan gumanitar maktabi qariyb bir asr oldin Qirol XVI tashkil etgan....
Matbuot anjumanida hukumat tomonidan qabul qilingan yangi qarorlar haqida...
Shvetsiyada eng ko'p ishlatiladigan va "snus" deb nomlanadigan tutunsiz tamaki...
Stokgolm tumani ma'muriyati bir qator mahalliy cheklovlarni joriy etishga qaror...
Koronavirusning ingliz mutatsiya shakli Gävleborg mintaqasida keng tarqalmoqda....
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
love38
sosamba-138.ru индивидуалки эскорт в иркутске эскорт в иркутске проститутки Иркутск знакомства для серьезных...
Вчера, 12:54
irongamers
Страничка самых новых плюс мировых модефикаций, которая несет право купить геймеру доступ к тому же страничку...
23 февраля 2021 16:48
JeffreyBix
Блестящая идея ---- https://avenue17.ru/ https://avenue17.ru/ Прошу прощения, что вмешался... У меня похожая...
22 февраля 2021 14:44
Florene
You Won't Want To Miss This! 50 pcs medical surgical masks only $1.99 and N95 Mask $1.79 each. Only 10 orders left!...
19 февраля 2021 06:58
Популярные новости

Ochko’z dehqon

22 июн 2019, 16:12, Admin
0 комментариев    479 просмотров
Ochko’z dehqon
Ochko’z dehqon
Ertak

Ochko’z dehqonDengiz yaqinidagi hind qishloqlaridan birida ochko’z, o’taketgan baxil bir dehqon yashar ekan. Kunlardan bir kuni uning kokos yong’og’i yegisi kelib qolibdi. U bir rupiya pul olib bozorga boribdi.

Xo’jayin, kokos yong’og’ing necha pul? — deb so’rabdi u birinchi do’konga yaqin borib.

To’rt anna, — debdi baqqol.

Xabaring yo’qmi, kokos yong’og’ining uch annaligini qayerdan topsa bo’ladi? — deb o’smoqchilab so’rabdi dehqon.

Baxil o’sha do’kon yoniga boribdi. Lekin u yerdan ham yong’oq xarid qilgisi kelmabdi. Balki boshqa biror joyda bundan ham arzonrog’i bordir, deb o’ylab u yerdan ham o’tib ketibdi.

Shu zaylda u bir necha soat do’konma-do’kon kezib yuribdi. Bir do’konga borsa, yong’oqning narxi bir anna ekan.

Og’aynijon, balki sen aytarsan, — debdi u do’kondorga, — kokos yong’og’ini qayerdan bepul topsa bo’ladi, endi sirasini aytsam, senga pul bergim kelmayapti.

Hov anovi yerda, dengiz sohilida. O’sha yerda kokos yong’oqlari o’sib yotibdi. Bor o’sha yoqqa, o’zing uzib ol! Olganing uchun hech kimga pul to’lamaysan, — debdi do’kondor.

Ochko’z sevinib ketib, shu zahoti dengiz tomonga yuguribdi. U yerda kokos daraxti bor ekan. Tirmashib chiqib, kokos yong’og’ini uzmoqchi bo’libdi. Yong’oqning bandi juda ham qattiq ekan, uzilmabdi. Dehqon bor kuchi bilan tortsa ham uzilmabdi. Dehqon munkib yiqilayozibdi. Bir mo’jiza yuz beribdi-yu, dehqon yong’oq mevasiga osilib qolibdi.

Shu orada fil mingan bir kishi o’tib qolibdi.

Ey taqsir, xudo xayringni bersin, menga yordam qil! — deb yalinibdi dehqon. — Filingni bu yoqqa bur! Sen uning ustida turib, meni ko’tarib ol. Xizmating evaziga o’n rupiya beraman.

Filbon rozi bo’libdi. U filni qaytarib kelib, dehqonni ko’tarib olmoqchi bo’lgan ekan, fil yurib ketibdi. Filbon ham dehqonning oyog’idan ushlaganicha osilib qolibdi.

O’tinaman sendan, yong’oqni qo’yib yuborma! Qo’yib yubormasang men senga o’n ming rupiya beraman, — deb baqiribdi filbon.

Bu gapni eshitib ochko’z dehqonning esi og’ib qolibdi. ,,O’n ming rupiya — bu o’n mingta yong’oq degan gap. Shunaqa ekan, bittagina yong’oqni ushlab turib nima qilaman», deb o’ylab yong’oqni qo’yib yuboribdi. Har ikkovi ham dengizga tushib g’arq bo’libdi. Ochko’zlikning oqibati shunaqa bo’ladi!
Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
ForkPlayer ForkPlayer