Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Norvegiya infektsiyani nazorat qilish bo'yicha direktori Frode Forland...
Shu yilning 20 martida Shvetsiya poytaxtidagi Nordic muzeyidan (Nordiska...
Koronavirus pandemiyasidan aziyat chekkan kompaniyalardan biri G-Star Raw...
Shvetsiyaning SVT davlat kanalida Saab kompaniyasining Gripen E / F qiruvchi...
Dunyoda 500 mingdan ortiq odamni o'ldirgan COVID-19 o'pkaga katta darajada...
Shvetsiya immigratsiya idorasi 2020 yilning dastlabki 6 oyida 44 ming 597 ta...
Ikki yuzdan ortiq olim odamlari Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkilotiga bog'lanib,...
Shvetsiyadagi Uyg'urlar Ta'lim Jamiyatining a'zolari yomg'irga qaramay, 2009 yil...
Olmoniyalik virusolog: Koronavirusning ikkinchi to'lqini bo'lmaydi...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Paulette
No hay nada más! Si buscas una relación de pareja deje de tus nuevo, describirte más de lo que me gustaría en el...
10 июля 2020 23:28
Clarice
Correctamente: "¿Qué hace estudiar, me registro en la nube?" Semione Experimento. De lo que sí hay que dar...
10 июля 2020 23:14
Dennis
Si ninguna queja (pero ya nada!) terminará tareas rondeores en la comida de la playa (no hace días) antes de tumbajar...
10 июля 2020 22:57
Violet
No obstante, podemos compartir vuestras vidas y formar parte del período de tus dedos", señala. Si a veces es por eso...
10 июля 2020 22:56
Популярные новости

“Feysbuk”da do'ppi va ro'mol milliy qadriyat sifatida ommalashmoqda

09 янв 2018, 12:50, Admin
0 комментариев    973 просмотра

“Feysbuk”da do'ppi va ro'mol milliy qadriyat sifatida ommalashmoqda

“Feysbuk” tarmog'ining o'zbek sigmentida so'nggi kunlarda avval do'ppi, uning ortidan ro'mol fleshmoblari ommalashib ketdi.

VVS radiosi o'zbek xizmati jurnalistlari Rustam Qobil va Pahlavon Sodiqlar #doppi, #doppikiyamiz nomli heshteglar bilan do'ppi kiyib tushgan suratlarini qo'yib boshlab bergan fleshmob kutilmaganda ommalashib ketdi.

Ikki-uch kun ichida dunyoning turli chekkalaridan va O'zbekistonning ichida do'ppi kiyib tushilgan suratlarni minglab foydalanuvchilar tarmoqqa yukladilar. Fleshmobda erkaklar va ayollar birdek ishtirok etdilar. O'zbek do'ppisi Londonning Big Beni,Buyuk Xitoy devori, Eyfel minorasi, Rim Kolizeyi va boshqa mashhur qadamjolar fonida “suratga tushdi”. Fleshmobda blogerlar Mubashshir Ahmad, Abror Muxtor Aliy, O'zbekistondagi eng yosh vazir o'rinbosari Alisher Sagdullaev, Garvard universitetida tahsil olayotgan o'zbekistonlik talaba Nilufar Ko'chimovalar ham ishtirok etdi.

Do'ppi milliy qadriyat o'laroq xalqaro do'stlik aloqalari bog'lashda muhim atribut vazifasini bajaradi. Masalan, «HilolNashr» nashriyot-matbaasi raisi va «Islom.uz» portali rahbari Ismoil Muhammad Sodiq Hindiston safarida 2016 yil noyabr oyida o'zbek do'ppisini hadya qilgan edi.

Ismoil Muhammad Sodiq Hindiston safarida

“Feysbuk” foydalanuvchisi Shahnoza To'raxo'jaeva #doppi dan ilhomlanib, ro'mol  fleshmobini boshlab yubordi. Ayollar #ro'mol heshtegi ostida ro'molli suratlarini e'lon qildilar. Bu heshteg ham tez orada trendga chiqdi, ya'ni ommalashdi.

Ayrimlar do'ppi va ro'mol shunchaki tashqi ko'rinish belgilari, moddiyat ekanini va bunga ortiqcha e'tibor berib yuborilganini tanqid qildi. Ammo “do'ppi moddiyat emas, qadriyat” (Anvar Namozov) deya ushbu tanqidlar asossiz ekani aytildi.

Foto: Facebook / Inoyat Xon

Mazkur fleshmob do'ppi, ro'mol kabi umummilliy qadriyatlar ostida o'zbek xalqining yakdil va hamjihatlikda birlasha olishini isbotladi. O'zbek yoshlari ota-bobolari, momolaridan qolgan qadriyatlarni sog'ingan ekan.

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив