25 yanvar kuni Rossiyaning Penza shahridagi X.D.Tenisheva nomli madaniy-oqartuv markazida hijob kuniga bag'ishlangan kecha bo'lib o'tdi, deya xabar bermoqda dumpo.ru.
An'anaga ko'ra, bayram Qur'on tilovati bilan boshlandi. Keyin mehmonlarga «Butun dunyo hijob o'ragan» nomli videorolik ko'rsatildi.
So'ngra boshlovchi Maryam Abuzarova mehmonlarga hijobning ahamiyati va uni o'rash qoidalari haqida gapirib berdi. Modeler Elvira Timerbulatovaning hijobli liboslar kollektsiyasi ham namoyish etildi. Shuningdek, u hijob o'rash sirlari haqida mahorat darsini o'tkazdi.
Go'zallik haqidagi suhbatlardan so'ng tashkilotchilar mehmonlarni dasturxonga taklif qildilar. Xohlaganlar qo'llariga xinadan nafis naqshlar va suratlar chizdirdilar.