Ilm ahliga kon bo'lgan go'zal Marg'ilonda Qur'on musobaqasi o'z nihoyasiga etdi. Nihoyat, g'olibalar ma'lum bo'ldi. Faqat tilovat yo'nalishi bo'yicha bellashishgan yuzta ayol-qiz ishtirokchilar orasidan ularni saralab olish hakamlar uchun oson bo'lmadi, albatta.
Demak, g'olibalar bilan tanishing:
18-25 yosh:
1-o'rin: Yusupova Madinabonu Alisher qizi
2-o'rin: Hakimova Mahmudaxon Hamidullo qizi
3-o'rin: Muhammadalieva Uvaysbonu Abdurashid qizi va Akramova Hilolaxon Rahmatullo qizi
26-40 yosh:
1-o'rin: Ergasheva Nargizaxon Adaxmovna
2-o'rin: G'anieva Muhabbat Abdukarimovna
3-o'rin: Abdurahmonova Dilraboxon Mamasiddiqovna
Shunday qilib, nafaqat Marg'ilonda, balki butun Farg'ona viloyatida Qur'oni Karim qiroati musobaqasi o'z nihoyasiga etdi.
Endi 10 fevraldan Toshkent viloyati bo'ylab musobaqa boshlanadi.
Demak, biz bilan qoling va xabarlar davomini kuzatib boring…
Zuhraxon HAMDAMOVA
“muslimaat.uz” sayti uchun maxsus tayyorladi.