Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Shvetsiya immigratsiya idorasi 2020 yilning dastlabki 6 oyida 44 ming 597 ta...
Ikki yuzdan ortiq olim odamlari Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkilotiga bog'lanib,...
Shvetsiyadagi Uyg'urlar Ta'lim Jamiyatining a'zolari yomg'irga qaramay, 2009 yil...
Olmoniyalik virusolog: Koronavirusning ikkinchi to'lqini bo'lmaydi...
Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Linde, Isroilning bosib olgan Falastin...
Shved avtomobil ishlab chiqaruvchisi Volvo, old xavfsizlik kamarlaridagi...
Dunyo bo'ylab koronavirus epidemiyasiga qarshi emlash va dori-darmonlarni...
Ma'lum bo'lishicha, Shvetsiyadagi koronavirus epidemiyasidan eng ko'p aziyat...
Koronavirus epidemiyasi tufayli mijozlarga pochtaning yetkazib berishning...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Windy
Very nice post. I just stumbled upon your blog and wanted to say that I've really enjoyed surfing around your blog...
18 июня 2020 08:14
Shirley
Its like you read my thoughts! You appear to grasp a lot about this, like you wrote the book in it or something. I...
4 июня 2020 12:33
buy tadalafil 20mg online
cialis 10mg how long does it last interests cialis dosage forum last post tadalafil cost at walmart - free trial...
26 мая 2020 21:51
Harry
¡O eres la atrana bien! Has pasado cuando te registras con extraños creando gente se dirige desde el principio, y eso...
22 мая 2020 10:45
Популярные новости

Olmazor tumanidagi 224-maktabda ajoyib islohotlar

25 фев 2018, 08:25, Admin
0 комментариев    306 просмотров

Hammamizga ma'lumki, bolalarning ta'lim jarayoni nihoyatda muhim sanaladi. Ularning har tomonlama o'qishga bo'lgan rag'batini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, ma'naviy yuksaltirish, ta'lim-tarbiyasini go'zal qilish siyosat darajasiga ko'tarilgan, desak, mubolag'a bo'lmaydi.
Biz quyida sizlarga bu borada o'ziga xos uslub topgan Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 224-maktab va unda yo'lga qo'yilgan ajoyib ishlar haqida gapirib bermoqchimiz.
Avvalo, antiqa markalar haqida ikki og'iz so'z.
Yaqinda har tomonlama qayta ta'mirdan chiqqan, o'quv tizimiga butunlay o'zgartirishlar kiritilgan, yangi o'quvchilaru o'qituvchilar bilan safi yanada kengaytirilgan 224-maktabda bolalar uchun ajoyib markalar tashkil qilindi.
Ushbu markalarni o'ylab topgan va yangi saylangan jonkuyar, fidoyi direktor Zamira Azimboeva fikricha, bu o'quvchilarni yanada o'qishga, tartibga, oldinga intilishga, jamoat ishlarida faol bo'lishga chaqiradi.
Marka «A'lochi o'quvchi», «Jamoat ishlarida faol o'quvchi» hamda «A'lochi va jamoat ishlarida faol o'quvchi» yo'nalishlari bo'yicha beriladi.
Marka «pulli»! Bu nima degani? Masalan, «A'lochi o'quvchi» markasini qo'lga kiritgan o'quvchi 1000 so'mlik markaga ega bo'ladi. «Jamoat ishlarida faol o'quvchi» markasi ham xuddi shunday. Ammo «A'lochi va jamoat ishlarida faol o'quvchi» markasi 2000 so'm. Turli tanlovlarda g'olib bo'lgan o'quvchilarga esa 25.000, 30.000, 50.000 va 100.000 so'mlik marka in'om qilinadi.
Bunday markalar har dushanba kuni maktab rahbarining o'z qo'li bilan faol o'quvchilarga dars boshlanishidan avval topshiriladi. Har bir o'quvchi direktor qo'lidan marka olishni juda istaydi.
Xo'p, o'quvchi bu markalarni yig'ib nima qiladi?
Zamira Azimboeva aytishicha, yilda ikki bor turli shirinliklar, o'yinchoqlar, o'quv qurollari va hokazolar bo'yicha maktabda yarmarka tashkil qilinadi. Marka sohib va sohibalari shunda o'z markalarini o'zlari istagan narsalarga ayirboshlashadi, ya'ni markalaridagi summa evaziga nimadir sotib olishadi hamda oilasiga o'z hissalarini qo'shishadi.
O'ylaymizki, har bir o'quvchi o'z ota-onasiga ana shunday yordam berishni juda istaydi va astoydil o'qishga harakat qiladi. Bu, albatta, ko'zda tutilgan asosiy maqsad – yaxshi o'qish va a'lochi o'quvchi bo'lishga katta yordam beradi, shunday emasmi?!
Qolaversa, 2018 yil 1 fevraldan o'quvchilarni baholash borasida balli tizim joriy etildi. Mukammal o'ylangan mazkur baholash mezonida hech qaysi o'quvchi chetda qolmaydi, ya'ni, albatta, baho olishga majbur bo'ladi.
Bundan maqsad nima?
Bugungi kunda ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar har tomonlama rivojlangan, intellektual salohiyatga ega yosh avlodni hech kimdan kam bo'lmagan, ajdodlarimizga munosib avlod qilib tarbiyalashga qaratilgan. Lekin ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanmayotgan, bo'sh vaqtini mazmunsiz o'tkazayotgan, ta'lim olishga qiziqishi bo'lmagan o'quvchilar soni talaygina.
O'quvchilarni ta'lim olishga qiziqtirish, ularni odob-axloq qoidalariga rioya qilishga o'rgatish, o'quvchilarning oilasi bilan hamkorlikni o'rnatish, iqtidorli va iste'dodli yoshlarni aniqlash, munosib rag'batlantirish hamda ota-onalar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida maktabda o'quvchilarni “KUNDALIK “BAHOLASh MEZONI” yo'lga qo'yildi.
Amalga oshirish mexanizmi bunday: sinf rahbari sinfning sardori bilan birgalikda har kuni sinfidagi har bir o'quvchini kuzatadi va quyidagi yo'nalishlar bo'yicha kunda 1 balldan qo'yadi:

Mezonlar
Belgilangan ball
1.
Maktabga va darslarga kech qolmasdan kelish
1
2.
Darsga o'quvchi formasida, tashqi ko'rinishiga e'tibor bergan holda kelishi
1
3.
O'quv qurollari, kundalik va darsliklarining mavjudligi
1
4.
Tashabbus
1
5.
O'quvchining namunali xulqi
1
6.
Har bir «5» ball uchun 1 balldan
6 soat dars bo'lsa, 6 ball
Jami: 10 ball

2018 yilning fevral oyidan boshlab
19 may kuniga qadar o'quvchilarning to'plagan ballari sinf rahbari tomonidan har oyda umumlashtiriladi. Turli bellashuv va ko'rik-tanlovlarda ham ularning ballariga ballar qo'shilib boriladi (ko'rik-tanlovning tuman bosqichidagi g'olibligi uchun – 50 ball, shahar bosqichidagi g'olibligi uchun – 75 ball, respublika bosqichidagi g'olibligi uchun – 100 ball).
O'quvchining ota-onasi yoki oila a'zolari maktabning ta'lim va tarbiyasi uchun hissa qo'shsa, o'quvchi har oyda 50 ballni qo'shimcha ravishda qo'lga kiritadi. Yig'ilgan ballar miqdoriga qarab, o'quvchilar rag'batlantiriladi.
Rag'batlantirish turlari:
1. “Iqtidorli bolalar stipendiyasi” (800-1000 ballgacha);
2. Yozgi dam olish oromgohlariga yo'llanma (700-800 ballgacha);
3. Suzish havzalariga yo'llanma (600-700 ballgacha);
4. Turli sovg'alar (500-600 ballgacha).

Erishiladigan natija shuki, o'quvchilarning ta'lim olishga bo'lgan qiziqishi ortadi, odob-axloq qoidalariga rioya qilishi kuchayadi, intellektual salohiyatli va ijodkor o'quvchilar safi kengayadi.
Xo'sh, azizlar, bunday uslub farzandlarimizning yanada olg'a intilishiga ulkan sabab bo'lib xizmat qilmaydimi?!
Bu usulni uyda ham o'zaro qo'llasak-chi?!

Ana shunday ajoyib yangiliklar “muslimaat.uz” saytida!

Zuhraxon HAMDAMOVA,
“muslimaat.uz” sayti jurnalisti

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив