11 июл 2020, 00:18,
Hijronse
0 комментариев 135 просмотров
Shvetsiyada hijobli ayolga nisbatan irqchi harakat shikoyati sudga oshirildi.
2019 yil kuzda dorixonadan dori sotib olishga borgan ro'molli ayol bilan dorixona xodimi o'rtasida janjal chiqib, jumladan "Siz ro'molda juda xunuksiz. Boshingizni ochib, chiroyli bo'lishingiz mumkin." kabi iboralarni ishlatgan.
Irqchilikdan shikoyat qilgan mijoz voqeani sudga oshirdi. Politsiya voqeani tekshirgandan so'ng, dorixona xodimiga nisbatan tergov boshlandi.
Farmatsevt nima bo'lganini aniq eslay olmay ayblovlarni rad etdi, ammo o'sha paytdagi dorixona boshqa mijozlari va dorixonadagi kamera tasviri xodiminng haqorat qilganini isbotladi.
Hozirda xodimning ishdan bo'shatilganligi ma'lum qilingan bo'lsa-da, sud kelasi hafta qaror qilishini kutilmoqda.