08 окт 2020, 14:55,
Hijronse
0 комментариев 182 просмотра
Shvetsiyada ijtimoiy tarmoqlarda musulmonlarni haqorat qilgani uchun 20 ming kron jarimaga tortildi
Shvetsiya poytaxti Stokgolmda 74 yoshli Denni Abrahamsson masjid tashqarisida namoz o'qiyotgan musulmonlarni ijtimoiy tarmoqlarda haqorat qilgani uchun jarimaga tortildi.
Stokgolm tuman sudi tomonidan berilgan bayonotda ushbu shaxs "nafrat jinoyati" sodir etganligi qayd etilgan.
Gumonlanuvchiga keksayganligi sababli qamoq o'rniga 20 ming krona jarimaga hukm qilindi.
Jazoga hukm qilingan ushbu shaxs, musulmonlarni itga o'xshatib, masjid oldida hayit namozini o'qigan yuzlab musulmonlarning fotosuratida ijtimoiy tarmoqlarda haqoratli izohlar berdi.