Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Aniqlanishicha, Germaniyaning Myunxen aeroportida 74 yoshli ayol 12 yil oldin...
O'tgan yilning noyabr oyida Shvetsiyaning Orebro shahridagi maktabda 12 yoshli...
Harbiy havo kuchlari bilan boshlangan mashg'ulotga ikki mamlakatning harbiy...
So'nggi bir hafta ichida Ispaniyada boshqa Evropa davlatlarda kuzatilganidek,...
Mustaqil hisobotga ko'ra, 45 yoshdan 53 yoshgacha bo'lgan Kovid-19...
Lissabondagi Joao Lobo Antunes Molekulyar Tibbiyot Instituti matbuotga bergan...
Shvetsiyalik 25 olim yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasida ...
Koronavirus epidemiyasi sababli butun dunyo bo'ylab iqtisodiy inqiroz va...
Ma'lum bo'lishicha, olimlar koronavirus (Kovid-19) keltirib chiqaradigan...
Ellevio provayder-elektr uzatib beruvchu shirkati Stokgolmning Bromma, Hässelby...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Гость WillieCoilt
шары гелевые с доставкой москва недорого ---- Смотри что тут есть для тебя ---- купить недорогой детский...
30 июля 2020 19:40
Гость WillieCoilt
воздушные шары стоимость ---- Смотри что тут есть для тебя ---- чемодан на колесах интернет магазин...
30 июля 2020 19:32
Гость WillieCoilt
смотрите тут ---- Кликай по ссылочке! ---- чемоданы из поликарбоната купить в москве ---- Кликните...
30 июля 2020 19:31
Гость WillieCoilt
шары с гелием цены ---- Кликай по ссылочке! ---- Купить детский чемодан в Москве ---- Нажмите на...
30 июля 2020 01:27
Популярные новости

Misrlik nasroniy yod olgan oyatlari bilan masjidlarga bezak bermoqda

14 май 2017, 18:43, Admin
0 комментариев    280 просмотров

Misrlik nasroniy-qibtiy Yusuf qo'shni musulmonlar bilan aloqalarni mustahkamlash uchun xattotlik qobiliyatini  ishga solmoqda. Xattot, uning ishlariga qarshi chiqayotgan ba'zi odamlarning gaplariga e'tibor  bermay, masjidlarga Allohning ismlari hamda Qur'on oyatlari bilan oro bermoqda.

Yusufning aytishicha, musulmon qo'shni va do'stlarining zavq bilan qarashlari, tabbassumlari uni baxtiyor qilar ekan. U xattotlik bilan jiddiy shug'ullanishni Misr Qurolli Kuchlari xizmatiga chaqirilgan yillarida boshlagan. Bu erda Yusuf xat va hujjatlar tuzishga ixtisoslashgan qismda xizmat qilgan.

Shunday qilib, Yusuf arab xattotlik san'atining  turlarini o'rgandi, kitoblar mutolaa qilib, malakasini yanada oshirdi. Xizmatdan so'ng bir qancha qiyinchiliklarga duch kelsa-da,  orttirgan ko'nikmalarini amalda qo'lladi. Bir kuni do'sti yangi masjidga Allohning 99 ta ismini yozib berishni so'radi. Yusuf  ba'zi musulmonlarning salbiy munosabatidan xavotirda edi, ammo do'sti uni ko'ndirdi.

«Saif Nasr masjidini bezash ishlariga kirishdim. Masjid odoblariga rioya qilgan holda, kirishda oyoq kiyimimni echardim, baland ovozda gaplashmas edim va hokazo. Masjidga nisbatan ehtiromda bo'lish kerak, chunki bu – Allohning uyi», deydi Yusuf.

Ishini tugatar ekan, xattot biron marta ish haqi haqida so'z ochmadi. Lekin masjid boshqaruvchisi uni ko'ndirdi. Yusufni ish haqining miqdori qiziqtirmadi, chunki eng katta mukofot hayotida birinchi bor masjidga bezak berishdan olgan taassurotlari edi.

Shundan buyon xattot o'n beshga yaqin masjidda o'z hunarini namoyon  qilgan. U odamlarning xayr-ehsoni bilan qurilgan masjidlardan ish haqi olmaydi. Yusufning davlat tomonidan qurilgan masjidlardagi mehnatiga kelsak, u taklif qilingan har qanday ish haqiga rozi.

Yusuf, xattotlik iste'dodini rivojlantirish uchun Qur'on o'qib, uni yod olish lozim, deb hisoblaydi. Unda Qur'on mushafi bor bo'lib, nimani yozayotganini bilish uchun doimo undan oyatlar yod olib yuradi. Nasroniy yigit o'z paytida mumtoz arab tili grammatikasini o'rganganidan juda xursand.

islamisemya.com

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив