Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Aniqlanishicha, Germaniyaning Myunxen aeroportida 74 yoshli ayol 12 yil oldin...
O'tgan yilning noyabr oyida Shvetsiyaning Orebro shahridagi maktabda 12 yoshli...
Harbiy havo kuchlari bilan boshlangan mashg'ulotga ikki mamlakatning harbiy...
So'nggi bir hafta ichida Ispaniyada boshqa Evropa davlatlarda kuzatilganidek,...
Mustaqil hisobotga ko'ra, 45 yoshdan 53 yoshgacha bo'lgan Kovid-19...
Lissabondagi Joao Lobo Antunes Molekulyar Tibbiyot Instituti matbuotga bergan...
Shvetsiyalik 25 olim yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasida ...
Koronavirus epidemiyasi sababli butun dunyo bo'ylab iqtisodiy inqiroz va...
Ma'lum bo'lishicha, olimlar koronavirus (Kovid-19) keltirib chiqaradigan...
Ellevio provayder-elektr uzatib beruvchu shirkati Stokgolmning Bromma, Hässelby...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Гость WillieCoilt
шары гелевые с доставкой москва недорого ---- Смотри что тут есть для тебя ---- купить недорогой детский...
30 июля 2020 19:40
Гость WillieCoilt
воздушные шары стоимость ---- Смотри что тут есть для тебя ---- чемодан на колесах интернет магазин...
30 июля 2020 19:32
Гость WillieCoilt
смотрите тут ---- Кликай по ссылочке! ---- чемоданы из поликарбоната купить в москве ---- Кликните...
30 июля 2020 19:31
Гость WillieCoilt
шары с гелием цены ---- Кликай по ссылочке! ---- Купить детский чемодан в Москве ---- Нажмите на...
30 июля 2020 01:27
Популярные новости

14-yanvar – yurtimizda Vatan himoyachilari kuni

14 май 2017, 18:43, Admin
0 комментариев    306 просмотров

   Har kuni kichik o'g'limni bog'chaga olib ketayotganimda meni turli-tuman savollarga ko'mib tashlaydi . Ba'zan ularga kichkintoyimning qiziquvchanligidan xursand bo'lib ketib javob beraman, ba'zan esa erinchoqligim tutib: «Ey, jim ketsang-chi», – deb urushib ham qo'yaman. Yana uning yaxshi ko'rgan mashg'uloti – yo'ldagi bolalar maydonchasida maza qilib sirpanchiq uchish, arg'imchoqda o'tirish. Ba'zan «Ovqat qilishim kerak edi», deb uni olib ketib qolaman. Gohida maydonchada o'ynayotgan  boshqa bolalarga ham tikilib o'tiraman-u: «Nega shukr qilmaymiz?» deb o'zimizni urushib ham qo'yaman. Axir dunyodagi qanchalab mamlakatlarda insonlar bolasini ko'chaga olib chiqishga zor! Ular har soniyada bomba portlab qolishidan qo'rqadilar, ko'chadagi tasodifiy o'q farzandini butun umrga undan ayirishi yoki mayib qilishi mumkinligidan qo'rqadilar… Yana qanchalab insonlar, umuman, uysiz, boshpanasiz,  bolajonlar esa  hech qanaqa maydonchalarsiz yashashmoqda. Arg'imchoq uchayotganligidan shodon qiyqirayotgan o'g'limga qarab, ko'nglimda «Allohim, o'zingga shukr! Yurtimizning tinch, osmonimizning musaffoligi uchun shukr!» deyman. Beixtiyor nigohlarim osmonga ko'tariladi. Chindan ham u musaffo. Chunki men issiqqina uyimda maza qilib bolalarim bilan dars tayyorlayotganimda, ularga yangi narsalar o'rgatib, ertaklar o'qib berayotganimda yurtimiz chegaralarida sovuqni sovuq, issiqni issiq demay bizga qalqon bo'lib turgan himoyachilarimiz bor. Men bolalarimni bag'rimga bosib, maza qilib uxlayotganimda ko'zlariga uyqu inmagan va aynan bizning sokin tunlarimizni qo'riqlab chiqayotgan askarlarimiz bor. Vatanimizning kuchli va jasur himoyachilari bor! Bugun 14 yanvar – Vatan himoyachilari  kuni! Nazarimda, bu kunnni yilda bir marta emas, balki har kuni nishonlasak, arziydi. Chunki biz har kuni tinch yashayapmiz, ko'nglimiz xotirjam, qalbimiz tinch. Uyimizda shodiyonalar to'yga, ular yana quvonchli kunlarga ulanyapti. Va yana shunday deb o'ylaymanki, bu kun faqatgina harbiy xizmatda bo'lganlarning yoki Qurolli kuchlar safida xizmat qilayotganlarning emas, balki barcha erkaklarning, hatto jajji o'g'ilchalarimizning ham bayrami! Chunki ayni shu ruhiyat ila ulg'aygan farzandlarimiz  ertaga ulg'ayib Vatanni himoya qilishdek mas'uliyatli burchi bor ekanligini his qilib o'sishadi!

Bayramingiz muborak bo'lsin, Vatanimizning himoyachilari!

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив