23 мар 2019, 22:44,
Admin
0 комментариев 407 просмотров
Assalomu alaykum bolajonlar. Sizlar Ayyub alayhissalom haqida eshitgandursiz? Biz uni kasaliga sabr- toqati sababidan taniymiz. Qur'on unga: "Qanday yaxshi xizmatkor!" - deydi. Ayyub payg'ambardan barcha boyliklari tortib olingan, hamma narsasidan mahrum bo'lgan,og'ir kasalliklarga duchor bo’lgan, lekin u qat'iyatli bo’lib, hech qachon isyon qilmagan va natijada Allohdan panoh topgan. Robbimiz uning sabr-toqatini maqtab, uni ibratli inson sifatida tilga olgan. Payg'ambarimiz Muhammad SAV kabi, barcha payg'ambarlar singari umri davomida ko'plab qiyinchiliklarga duch kelgan, sabr-toqatning buyuk egasi ekanligini bizga ko'rsatgan. Alloh Taolo bizlarni ham sabr – toqatli bo'lishligimizga yordam bersin! Jurnalimizning ushbu sonida siz sabr-toqat haqida ajoyib hikoyalarni o'qiysiz va sevimli Payg'ambarimizning SAV hayotidan sabr-toqat na’munalarini topasiz. Biz ham payg'ambarlar misoli kabi sabr-toqatli bo’lishni Allohdan so'raylik!
A.Raimov