09 май 2019, 12:12,
Admin
1 комментарий 835 просмотров
Assalomu alaykum, do'stlar!
Kunlarimiz juda tez o'tmoqda va nihoyat “BOLAJON” yana qo'lingizda. Siz bilan har oy uchrashishni sabrsizlik bilan kutadigan “BOLAJON” jurnali turli xildagi qiziqarli mavzulari bilan taqdim elmoqda. Barchamiz o'n bir oy sabrsızlık bilan kutgan, quvonchlarimiz ichimizga sig'maydigan, masjidlarimiz yanada fayzli bo'ladigan eng go'zal oyga kirish arafasida turibmiz. Ha, to'g'ri topdingiz. Gap Ramazon oyi haqida ketmoqda. Ota-onangiz, buvijonu- bobojonlaringiz, do’stlaringiz va barcha yaxshi ko'rgan insonlaringiz kabi sizlarning ham Ramazon oyiga mushtoqligingizni bilamiz. Eshishimizcha, bu oydagi rohatbaxsh hayajondan biz kaalar kabi siz ham zavq olarkansiz. Aziz do'stlar! Bu Ramazonda bir-biridan go'zal iorlik dasturxonlarida o'rarkansiz, butun musulmon qardoshlarimiz haqqiga ham duo eshni unutmasligimiz kerak. Shunday emasmi? Iorda turli-tuman yeb-ichadigan ne’matlarimiz bor ekan, bizni yaxshi ko'rgani uchun bu ne'matlarni bergan Robbimizga ham shukur qilmoqlikni esdan chiqazmasligimiz kerak, albaa. Boshqa kunlarda qiladigan amallarimizga qaraganda bu oyda ancha ko'proq savob berilishini bilsangiz kerak. Ramazon oyiga atab chiqarilgan ushbu jurnal sonimizda bu mavzularga oid bir -biridan hikmatli maqolalar joy olgan. Barchangizga Ramazonda quvonchli kunlar laymiz. Keyingi sonlarimizda ko'rishguncha!