19 июн 2019, 14:11,
Admin
0 комментариев 1 191 просмотр
Assalomu alaykum, qadrli do'stlar!
Kichikligimda men ham, onalar hech qachon charchamaydi, deb o'ylar edim. Mening onajonim charchoq nimaligini bilmas edi. Onalar kasal bo'lmaydilar, kasal bo'lsalar ham, ularning xastaliklari biznikiga o'xshamaydi, deb o'ylar edim. Chunki onajonim kasal bo'lganida ham bizga ovqat hozirlar, kiyimlarimizni yuvib, dazmol qilar, bizni quchib, bag'riga bosar, to'yib-to'yib hidlab, o'par edi. Yana onalarning ko'ngli biror narsani tusamaydi, deb o'ylar edim. Chunki onajonim faqat bizning xohishlarimizni so'rar edi. Endi bo'lsa, bundog' o'ylab ko'rsam, hamma qatori onalar ham charchar ekan, vaqvaq bilan dam olishni istashar ekan. Xafa bo'lgan vaqtlari, tushkunlikka tushgan paytlari yoki xursand qiladigan voqea bo'lganda esa juda mamnun bo'lgan holatlari ham bo'lar ekan. Ularning ham yahshi ko'rib yeydigan ba'zi taomlari bor. Onajonlar hao turli shirinliklarni ham xush ko'radilar. Ular ham kasal bo'ladilar va mehr-e'borga muhtoj bo'ladilar. Yana yaxshi ko'rgan kishilarini ko'rgisi, ularning mehrini his qilgisi, o'zini yo'qlab kelishlarini jon dildan istashadi. Bu narsalarni o'ylasam, sevimli Paygambarimiz (s.a.v)ning “Eng avval kimga yaxshilik qilay?” degan kishiga “Avvalo onangga...” deb uch bora ta'kidlaganlarini yana ham yaxshiroq tushunganday bo'laman. Sevimli Payg'ambarimiz (s.a.v) ayni shaklda uch marta “onangga...”, to'rnchisida “otangga...” deb javob bergan ekanlar. Men ham onajonim, ham otajonim haqlariga har doim ushbu duoni qilaman: “Robbim, ular meni kichiklikda tarbiya qilganlaridek, ularga rahm qilgin” (Isro, 24).