05 авг 2020, 13:11,
Hijronse
0 комментариев 600 просмотров
Sizlarni kirib kelgan Qurbon bayrami bilan chin
qalbdan muborakbod etamiz. Allohim hammamizning
ibodatlarimizni O’z dargohida qabul qilgan bo’lsin!
Bizning jurnalimiz ushbu oyni birodarlikning eng yaxshi
namunasi bo'lgan mavzu bilan kutib oladi. U ham bo’lsa
axillikdir.
Yaqinlarimiz bilan do’st, bir oila kabi axil yashash muhim
xislatlardandir. Millatimiz azaldan bir-birlarini hurmat
qilishlik bilan alohida ajralib turgan. Usta o'z shogirdini
bolasidek, shogird esa ustozini o'z otasidek
ko'rgan. Bu sevgi va hurmat bilan insonlar ota-
bobolarimizdan qolgan ilm, xunar, qadriiyat va
madaniyatini himoya qilishgan va uni avloddan-avlodga
yetkazishgan. Sadoqat, rostgo'ylik, ishonch, sahiylik,
kamtarlik va kechirimlilik kabi ko'plab chiroyli hulqlar
ular tufayli hayotdagi o'rnini yo'qotmay kelyapti.
Hozirda ham ustozni- ustoz deb, ilmning qadrini biladigan,
insonlarni aldamasdan, halol, qo'shnilar bilan yaxshi
munosabatda bo'lgan, kamtar odamlarni ko'rasiz.
Hikoyalarimiz esa shunday insonlar haqida!