”HIJRON” O´QUV MARKAZI
BIZ KIM: Bizning o´quv markazimiz zamon va sharoit talablariga javob bera olishi uchun muallimlarimiz eng avvalo tajribali pedagog , dars mobaynida turli hil interaktiv usullardan foydalana oladigan fan va kasb-xunar mutahassislar hamda tarbiyachilar bo´lib, asosan o´zbek vatandoshlarimizning ilm saviyasini oshirish hamda ushbu mamlakatdagi moslashish jarayonini oson va tezkor bo´lishini o´z maqsadimiz deb belgiladik.
KURSLARIMIZ: Faoliyatimiz boshida kurslarimizni uch yo´nalishda olib borishga qaror qildik. Bular: ingliz , shved va arab tillari .
Ingliz va shved tillari ham o´z navbatida boshlang´ich va davom ettiruvchi guruxlarha bo´linadi.
Kelajakda markazimizning boshqa fanlar bilan bir qatorda asosan talabda bo´lgan kasb-xunar darslarini ham yo´lga qoýish rejalari bor.
Markazda o´tilgan har bir kurs tugashi bilan ma´lum imtihondan so´ng shahodatnoma-sertifikat (intyg) berilish ko´zda tutilgan.
O´QUVCHILARIMIZ: Mamlakatdagi bilim olish extiyoji katta-yu kichik talaba bo´lganligi uchun guruhlarimizni o´quvchilar yoshiga emas balki ularning bilim saviyasiga qarab bo´lishga harakat qildik.
Talablarga binoan kelajakda ma´lum bir fanlar uchun ”online” guruh tuzilishi ko´zda tutilgan bo´lib, o´quvchilarimiz mamlakatning xohlagan nuqtasidan turib darslarimizga qatnashish imkoniyatiga ega bo´ladilar.
LOKALIMIZ: Lokalimiz o´quv markazi uchun jihozlangan bo´lib, ta´lim talabi uchun tola ma’noda javob beradi. Markazda texnik jihozlari, audio-video, wi-fi internet aloqasi, kompyuter, projektorlarni mutoala va konferens xonalarda foydalanish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari katta oshxonamiz ham bo´lib, kelgan o´quvchi-yu mehmonlarimiz tamaddi qilishlari mumkin.
MUROJAAT UCHUN: To´liq ma´lumotlar uchun markaz ma´muriyatiga murojaat qilishingiz mumkin. Tel: 0722521236
O´QUV MARKAZIMIZGA MARHAMAT