Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Aniqlanishicha, Germaniyaning Myunxen aeroportida 74 yoshli ayol 12 yil oldin...
O'tgan yilning noyabr oyida Shvetsiyaning Orebro shahridagi maktabda 12 yoshli...
Harbiy havo kuchlari bilan boshlangan mashg'ulotga ikki mamlakatning harbiy...
So'nggi bir hafta ichida Ispaniyada boshqa Evropa davlatlarda kuzatilganidek,...
Mustaqil hisobotga ko'ra, 45 yoshdan 53 yoshgacha bo'lgan Kovid-19...
Lissabondagi Joao Lobo Antunes Molekulyar Tibbiyot Instituti matbuotga bergan...
Shvetsiyalik 25 olim yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasida ...
Koronavirus epidemiyasi sababli butun dunyo bo'ylab iqtisodiy inqiroz va...
Ma'lum bo'lishicha, olimlar koronavirus (Kovid-19) keltirib chiqaradigan...
Ellevio provayder-elektr uzatib beruvchu shirkati Stokgolmning Bromma, Hässelby...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Гость WillieCoilt
шары гелевые с доставкой москва недорого ---- Смотри что тут есть для тебя ---- купить недорогой детский...
30 июля 2020 19:40
Гость WillieCoilt
воздушные шары стоимость ---- Смотри что тут есть для тебя ---- чемодан на колесах интернет магазин...
30 июля 2020 19:32
Гость WillieCoilt
смотрите тут ---- Кликай по ссылочке! ---- чемоданы из поликарбоната купить в москве ---- Кликните...
30 июля 2020 19:31
Гость WillieCoilt
шары с гелием цены ---- Кликай по ссылочке! ---- Купить детский чемодан в Москве ---- Нажмите на...
30 июля 2020 01:27
Популярные новости

FAOL INSPEKTORLAR TAQDIRLANDI

15 май 2017, 10:55, Admin
0 комментариев    298 просмотров

Samarqandda «Ichki ishlar organlarining namunali tayanch punkti» ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan marosim o‘tkazildi.



Unda tanlovning tuman, shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan militsiya tayanch punktlari profilaktika inspektorlari, fuqarolar yig‘inlari raislari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.



Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Xudoyberdiyev, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i F.Quvondiqov va boshqalar xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda ichki ishlar idoralarining faoliyati muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi. Bunda tizimning eng quyi bo‘g‘ini hisoblangan mahallalardagi militsiya tayanch punktlarining munosib o‘rni bor.



Bugungi kunda Samarqand viloyatida 400 dan ortiq militsiya tayanch punkti faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning aksariyati mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan bir binoda joylashgani, profilaktika inspektorlarining mahalla raisi, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi, posbon va fuqarolar yig‘ini komissiyalari bilan hamkorlikda ish olib borayotgani hududda osoyishtalikni ta’minlash, turli noxush holatlarning oldini olishga xizmat qilmoqda. 2016 yilda viloyatdagi 150 dan ortiq mahallada jinoyat qayd etilmadi.



Tanlov g‘oliblarini aniqlashda militsiya tayanch punktlarining xizmat ko‘rsatish hududidagi vaziyat, profilaktika inspektorlarining mahalla fuqarolar yig‘ini va aholi bilan hamkorligi, bilim va tajribasi, voyaga yetmaganlar bilan ishlash borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.



Payariq tumanining Alisher Navoiy nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 199-militsiya tayanch punkti birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi. Ikkinchi o‘rin Jomboy tumani «Tut» mahalla fuqarolar yig‘inidagi 119-, uchinchi o‘rin Tayloq tumani «Yangi Tayloq» mahalla fuqarolar yig‘inidagi 289-militsiya tayanch punktlariga nasib etdi.



– O‘tgan yili mahalla fuqarolar yig‘inining zamonaviy binosi bunyod etilib, bu yerda tayanch punkti ham samarali ishlashi uchun sharoit yaratilgani faoliyatimizda o‘z natijasini bermoqda, – deydi 199-militsiya tayanch punkti profilaktika inspektori Asliddin Murodov. – Yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilayotgani, yoshlar doimiy ish bilan ta’minlanayotgani, «Maktab – mahalla – oila» hamkorligining izchil yo‘lga qo‘yilgani ham muvaffaqiyatlarimizning bosh omilidir. Bu boradagi ishlarni joriy yilda yanada keng ko‘lamda davom ettirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilaganmiz.



Tanlovda «Eng mahoratli profilaktika inspektori», «Yosh avlod himoyachisi», «Fidoyi mahalla posboni», «Ma’rifatparvar maslahatchi» kabi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.



Tadbir doirasida yosh tadbirkor va hunarmandlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar ko‘rgazmasi, sportchi yoshlarning ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.



 



G‘.HASANOV,



O‘zA muxbiri.

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив