Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Shvetsiya jamoat salomatligi agentligi koronavirus epidemiyasi haqidagi dolzarb...
Braziliyada o'tkazilgan bir tadqiqotda mamlakatda birinchi bo'lib aniqlangan...
Ma'lum qilinishicha, politsiya bog'dagi bir hududni o'rab olgan va texnik...
Sigtunaskolan gumanitar maktabi qariyb bir asr oldin Qirol XVI tashkil etgan....
Matbuot anjumanida hukumat tomonidan qabul qilingan yangi qarorlar haqida...
Shvetsiyada eng ko'p ishlatiladigan va "snus" deb nomlanadigan tutunsiz tamaki...
Stokgolm tumani ma'muriyati bir qator mahalliy cheklovlarni joriy etishga qaror...
Koronavirusning ingliz mutatsiya shakli Gävleborg mintaqasida keng tarqalmoqda....
Otaturk universiteti tibbiyot fakulteti tadqiqot kasalxonasi, ko'z kasalliklari...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
love38
sosamba-138.ru индивидуалки эскорт в иркутске эскорт в иркутске проститутки Иркутск знакомства для серьезных...
Вчера, 12:54
irongamers
Страничка самых новых плюс мировых модефикаций, которая несет право купить геймеру доступ к тому же страничку...
23 февраля 2021 16:48
JeffreyBix
Блестящая идея ---- https://avenue17.ru/ https://avenue17.ru/ Прошу прощения, что вмешался... У меня похожая...
22 февраля 2021 14:44
Florene
You Won't Want To Miss This! 50 pcs medical surgical masks only $1.99 and N95 Mask $1.79 each. Only 10 orders left!...
19 февраля 2021 06:58
Популярные новости

YANGI ISH O‘RINLARI – FAROVONLIK OMILI

15 май 2017, 10:59, Admin
0 комментариев    338 просмотров

Bugun mamlakatimiz shahar va qishloqlari tobora obod bo‘lib borayotgani, yangidan-yangi korxonalar barpo etilib, barqaror ish o‘rinlari yaratilayotgani tufayli fuqarolarimizning turmushi farovonlashib, hayotga munosabati o‘zgarib, ertangi kunga ishonchi yanada mustahkamlanmoqda.



So‘nggi yillarda, ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning yirik korxonalar bilan sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni jalb etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu yutuqlarga erishishda tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan mustahkam qonuniy asoslar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Qonun ustuvorligi tadbirkorlar uchun qulay ishbilarmonlik muhiti yaratishning kafolati bo‘lmoqda.



Samarqand viloyatida ham prokuratura organlari tomonidan mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, investitsiya, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish hamda qishloq xo‘jaligida zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etishga yo‘naltirilgan qonunlar va hukumat qarorlarining ijrosini ta’minlash, shu orqali yangi ish o‘rinlari yaratilishiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.



Shuningdek, qonun hujjatlari asosida berilayotgan qulay imkoniyatlar, yengilliklar haqida keng tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Ayniqsa, yaqinda qabul qilingan Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Farmonda o‘ta muhim qoidalar o‘z aksini topganligi keng targ‘ib qilinmoqda.



Joriy yilning o‘tgan davrida prokurorlar tomonidan joylarda 9599 nafar tadbirkor hamda 5511 nafar fermer xo‘jaliklari rahbarlari qatnashgan 376 tadbir o‘tkazildi. Uchrashuvlar jarayonida murojaat qilgan 258 nafar tadbirkorga amaliy va huquqiy yordam ko‘rsatildi.



Prokuratura organlari tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan ushbu tadbirlarda mahalliy hokimliklar, adliya, soliq, savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmalari, davlat boshqaruvi, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari, kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi idoralar, «Yagona darcha» markazlari va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beruvchi tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.



Joriy yilning o‘zida prokuratura tomonidan ko‘rsatilgan amaliy yordam natijasida muqaddam ishini to‘xtatgan tadbirkorlarning faoliyatini tiklash natijasida 96, yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish natijasida 500 yangi ish o‘rni yaratildi.



O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi Qonuni, ?016 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi»ning ijrosi yuzasidan olib borilayotgan doimiy prokuror nazorati tadbirlari ham sohadagi ishlar samarasini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Viloyatda bu borada qabul qilingan dasturga asosan 61 mingdan ortiq, ya’ni belgilangan rejaga nisbatan 101,8 foiz hisobida yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishilgan.



Shundan 21 mingdan ziyodi tijorat banklarining kreditlari, 8 mingdan ortig‘i yakka tartibdagi tadbirkorlarning mablag‘lari hisobiga tashkil etilgan. 8647 yangi ish o‘rni dehqon va fermer xo‘jaliklarida, 3514 tasi sanoatda, 2981 tasi qurilishda va 3503 tasi xizmat ko‘rsatish sohasida barpo etilgan, 1201 ish o‘rni esa faoliyati qaytadan tiklangan tadbirkorlik subyektlarida yaratilgan.



Viloyat prokuraturasi tomonidan Samarqand shahrida aholi va mehmonlarga transport xizmati ko‘rsatishda qulayliklar yaratish, haydovchilarning huquqiy saviyasi, xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish masalasiga ham jiddiy qaralmoqda. Jumladan, litsenziya olmasdan faoliyat yuritib kelgan haydovchilarga transport korxonalariga a’zo bo‘lishlarida huquqiy yordam ko‘rsatilib, 300 ga yaqin fuqaroning bandligi ta’minlangan.



Ayni vaqtda, o‘tkazilgan tekshirishlarda aniqlangan qonunbuzilishi holatlari prokuror nazorati hujjatlari asosida bartaraf etilgan. Jumladan, 2015 yilda Nurobod, Narpay, Pastdarg‘om va Oqdaryo tumanlari hokimliklari huzuridagi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash Dasturini bajarish yuzasidan muvofiqlashtirilgan ishlarni tashkil etish bo‘yicha doimiy komissiyalar mas’ul xodimlari qonunga zid harakat qilishdi. Ular tomonidan aslida yaratilmagan 612 yangi ish o‘rni hisobotlarda qo‘shib yozilganligi aniqlanib, mazkur holatlar yuzasidan mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, jazo muqarrarligi ta’minlandi.



Nurobod tumani Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi mansabdor shaxslari esa ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish haqida murojaat qilgan M.Haydarova va boshqa 7 nafar fuqaro murojaatlarini ko‘rib chiqmasdan, yo‘qotib yuborganliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortildi.



Shu bilan birga, olib borilgan nazorat tadbirlari jarayonida tadbirkorlikning rivojlanishiga hamda yangi ish o‘rinlari yaratilishiga g‘ov bo‘layotganlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilmoqda. Masalan, Samarqand shahar yer tuzish va davlat mulk kadastri xizmati bo‘limi mansabdor shaxslari yakka tartibdagi tadbirkor I.Saidjonovdan savdo do‘koniga tegishli kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga pora talab qilganligi yoki Urgut tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i B.Boymatov tadbirkor M.Ibodullayevni moliyaviy jarimaga tortish bilan qo‘rqitib, ta’magirlik qilgani uchun sudning qora kursisidan joy oldi.



Prokuratura organlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 350 nafar tadbirkorning huquqlari buzilganligi, shundan 35 holatda davlat xizmati ko‘rsatish tartibini buzish, 22 holatda tadbirkorlarning murojaatlarini o‘z muddatida ko‘rib chiqmaslik, 7 holatda ortiqcha mablag‘ undirish, 3 holatda tadbirkorlarni noqonuniy javobgarlikka tortish va 280 holatda boshqa qonun buzilishi holatlari aniqlandi.



O‘tgan davrda tadbirkorlarga ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa yo‘nalishdagi binolar qurish uchun jami 28,6 gektar yer maydonlari olib berilishi, banklardan 218,6 million so‘mlik kredit ajratilishi ta’minlandi. Xususan, yakka tartibdagi tadbirkor M.Hamidovaga Samarqand shahar hokimining 2016 yil 17 martdagi qarori bilan 72 kv. metr yer maydoni ajratildi va pirovardida yangi ish o‘rinlari yaratilishi ta’minlandi.



O‘tkazilgan tadbirlar natijalariga ko‘ra, aniqlangan qonun buzilishlari, ularning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib       berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida 41 taqdimnoma kiritilib, noqonuniy qarorlarni bekor qilish yoki qonunga muvofiqlashtirish to‘g‘risida 32 protest keltirildi. Shuningdek, 29 nafar mansabdor shaxs ma’muriy, 54 nafari intizomiy javobgarlikka tortildi. Tadbirkorlar manfaatiga yetkazilgan 357 million so‘m zarar ixtiyoriy undirildi. Qonunning qo‘pol buzilishi holatlari yuzasidan 7 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 253 nafar tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklandi. Bu ishlar natijasida shu yilning o‘tgan davri mobaynida tadbirkorlar tomonidan 1231 kichik, 183 oilaviy va 9 qo‘shma korxona ishga tushirildi.



Albatta, bu muvaffaqiyatlar hukumatimiz tomonidan iqtisodiyot sohasida amalga oshirilayotgan oqilona siyosat tufayli ekanini yaxshi bilamiz.



Masalaning bir jihatini chuqur anglab olishimiz kerak. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, uning huquqiy himoyasini ta’minlash zamirida yangi ish o‘rinlari yaratish, iqtisodiyotimizni rivojlantirish hamda aholi farovonligini muttasil oshirib borishdek muhim maqsad turibdi. Boshqacha aytganda, butun xalqimiz manfaatiga daxldor ish bu. Shunday ekan, qonunda belgilangan vazifalarni to‘la-to‘kis bajarilishini ta’minlash zimmamizga katta mas’uliyat yuklaydi.



 



Temur QODIROV,



Samarqand viloyat prokuraturasi



Qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari.

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
ForkPlayer ForkPlayer