Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Ertalab Botkirkaning Fittja tumanida yonib ketgan transport vositasi haqida...
Uzoq vaqt davomida Shvetsiya bozori va Shvetsiyadan mahsulotlarni Evropaga...
Aniqlanishicha, Germaniyaning Myunxen aeroportida 74 yoshli ayol 12 yil oldin...
O'tgan yilning noyabr oyida Shvetsiyaning Orebro shahridagi maktabda 12 yoshli...
Harbiy havo kuchlari bilan boshlangan mashg'ulotga ikki mamlakatning harbiy...
So'nggi bir hafta ichida Ispaniyada boshqa Evropa davlatlarda kuzatilganidek,...
Mustaqil hisobotga ko'ra, 45 yoshdan 53 yoshgacha bo'lgan Kovid-19...
Lissabondagi Joao Lobo Antunes Molekulyar Tibbiyot Instituti matbuotga bergan...
Shvetsiyalik 25 olim yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasida ...
Koronavirus epidemiyasi sababli butun dunyo bo'ylab iqtisodiy inqiroz va...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Гость WillieCoilt
шары на 14 февраля ---- Кликай по ссылочке! ---- Купить детский чемодан в Москве ---- Кликните по...
Вчера, 01:44
Гость WillieCoilt
шары гелевые с доставкой москва недорого ---- Смотри что тут есть для тебя ---- купить недорогой детский...
30 июля 2020 19:40
Гость WillieCoilt
воздушные шары стоимость ---- Смотри что тут есть для тебя ---- чемодан на колесах интернет магазин...
30 июля 2020 19:32
Гость WillieCoilt
смотрите тут ---- Кликай по ссылочке! ---- чемоданы из поликарбоната купить в москве ---- Кликните...
30 июля 2020 19:31
Популярные новости

SOLIQ IMTIYOZLARI — IQTISODIY RIVOJLANISH OMILI

15 май 2017, 11:00, Admin
0 комментариев    309 просмотров

Mamlakatimizda sanoat korxonalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bunda tizimni raqobatbardosh va eksportga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradigan ilg‘or uskunalar bilan ta’minlash masalasi ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Pirovardida tayyorlanayotgan mahsulotlarga ichki va tashqi bozorda talab ortib borayotir. Mazkur muvaffaqiyatlarda esa soliq imtiyozlari ham muhim o‘rin tutmoqda.



Alohida ta’kidlash joizki, xususiy sektor manfaatlari yo‘lida soliq tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar iqtisodiy rivojlanish omili bo‘layotir. Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida birgina Surxondaryo viloyatida zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan o‘ndan ortiq xususiy korxonalar ishga tushirilganligi fikrimiz dalilidir.



Bugungi kunda viloyatda 11 mingga yaqin kichik biznes subyekti faoliyat yuritmoqda. Ulardan biri «Surxon Termiz chinni» mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyatiga doir raqamlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, 2015 yilda Soliq kodeksining 356-moddasiga binoan berilgan imtiyozlar tufayli mazkur korxona 348 million 578 ming so‘mdan ortiq mablag‘ni tejab qolgan. Yiliga sakkiz million donagacha chinni mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega ushbu korxonada 150 nafar kishi mehnat qilmoqda. O‘tgan yili 2 million 700 ming dona chinni tayyorlandi.



— Mahsulotlarimiz ham sifati, ham maqbul narxi bilan xaridorlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda, — deydi mazkur MChJ ijrochi direktori R.Ne’matullaev. — Chinni buyumlarimizga boshqa viloyatlardan ham buyurtmalar kelib tushmoqda. Korxonamiz faoliyatini kengaytirishda soliq imtiyozlarining ahamiyati katta bo‘layapti. Misol uchun, shu yilning o‘tgan davrida soliq imtiyozlari tufayli 444 million 629 ming so‘mlik mablag‘ o‘zimizga qoldi. Yil yakuniga ko‘ra, soliq imtiyozlari hisobidan tejalgan moliyaviy zaxira hisobidan yangi texnologiyalar olib kelib o‘rnatishni rejalashtirganmiz.   



Albatta, bu kabi soliq imtiyozlari joylarda yangi tarmoqlarni tashkil etish, import o‘rnini bosuvchi eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatini tobora kengaytirmoqda.           



 



Ilyos RAHMATOV,



Surxondaryo viloyat DSB axborot xizmati boshlig‘i.

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив