Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Ertalab Botkirkaning Fittja tumanida yonib ketgan transport vositasi haqida...
Uzoq vaqt davomida Shvetsiya bozori va Shvetsiyadan mahsulotlarni Evropaga...
Aniqlanishicha, Germaniyaning Myunxen aeroportida 74 yoshli ayol 12 yil oldin...
O'tgan yilning noyabr oyida Shvetsiyaning Orebro shahridagi maktabda 12 yoshli...
Harbiy havo kuchlari bilan boshlangan mashg'ulotga ikki mamlakatning harbiy...
So'nggi bir hafta ichida Ispaniyada boshqa Evropa davlatlarda kuzatilganidek,...
Mustaqil hisobotga ko'ra, 45 yoshdan 53 yoshgacha bo'lgan Kovid-19...
Lissabondagi Joao Lobo Antunes Molekulyar Tibbiyot Instituti matbuotga bergan...
Shvetsiyalik 25 olim yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasida ...
Koronavirus epidemiyasi sababli butun dunyo bo'ylab iqtisodiy inqiroz va...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Гость WillieCoilt
шары на 14 февраля ---- Кликай по ссылочке! ---- Купить детский чемодан в Москве ---- Кликните по...
Вчера, 01:44
Гость WillieCoilt
шары гелевые с доставкой москва недорого ---- Смотри что тут есть для тебя ---- купить недорогой детский...
30 июля 2020 19:40
Гость WillieCoilt
воздушные шары стоимость ---- Смотри что тут есть для тебя ---- чемодан на колесах интернет магазин...
30 июля 2020 19:32
Гость WillieCoilt
смотрите тут ---- Кликай по ссылочке! ---- чемоданы из поликарбоната купить в москве ---- Кликните...
30 июля 2020 19:31
Популярные новости

KASB MAHORATI NAMOYISHI

15 май 2017, 11:00, Admin
0 комментариев    437 просмотров

Hammamizga yaxshi ma’lumki, turli obyektlarni ishonchli qo‘riqlash, fuqarolarning moddiy boyliklari hamda xonadonlari daxlsizligini ta’minlash IIV huzuridagi qo‘riqlash xizmati xodimlarining asosiy vazifalari sirasiga kiradi. Bunda ularning jangovar va jismoniy tayyorgarligi, azmu shijoati va kasb mahoratini doimiy oshirib borishi muhim ahamiyat kasb etadi.



Ichki ishlar vazirligi huzuridagi «Qo‘riqlash» birlashmasi tomonidan Navoiy viloyatida mazkur tizim xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan ko‘rik-tanlov ham ayni maqsad yo‘lidagi sa’y-harakatlardan biridir.



Qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda o‘tgan tanlovda qo‘riqlash xizmati xodimlari uchta yo‘nalish, ya’ni «Eng yaxshi qo‘riqlash militsioneri», «Eng yaxshi texnik qo‘riqlash punkti boshlig‘i», «Eng yaxshi ayol xodima» nominatsiyalari hamda umumjamoa hisobi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun astoydil harakat qilishdi. Tanlovning respublika bosqichida 45 nafar xodim va 14 nafar mas’ul rahbar qatnashdi.



Yakuniy natijalarga ko‘ra, umumjamoa hisobida Toshkent shahar IIBB huzuridagi qo‘riqlash boshqarmasi jamoasi birinchi, Andijon va Navoiy viloyatlari IIB huzuridagi qo‘riqlash boshqarmalari ikkinchi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi qo‘riqlash boshqarmasi vakillari uchinchi o‘rinni egallashdi.



Andijon viloyat IIB huzuridagi qo‘riqlash boshqarmasi militsioneri, safdor Nodiraxon Matmusayeva «Eng yaxshi ayol xodim» nominatsiyasida g‘olib deb topildi. Shuningdek, «Eng yaxshi texnik qo‘riqlash punkti boshlig‘i» yo‘nalishida Toshkent shahar IIBB huzuridagi qo‘riqlash boshqarmasi Texnik qo‘riqlash punkti boshlig‘i, kichik serjant Bekzod To‘xtamurodov muvaffaqiyat qozondi. «Eng yaxshi qo‘riqlash militsioneri» nominatsiyasida esa birinchi o‘ringa Toshkent shahar IIBB huzuridagi qo‘riqlash boshqarmasi militsioneri, safdor Marat Xudoyberganov loyiq topildi.



G‘olib va sovrindorlarga faxriy yorliq, medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.



 



Elmurod QO‘ZIYEV,



IIV huzuridagi «Qo‘riqlash» birlashmasi katta inspektori, katta leytenant.


>

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив