Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Ijtimoiy ishlar vaziri Lena Hallengren bayonot berib, "Shvetsiyada kovid-19ga...
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti mutatsiyaga uchragan koronavirus 50...
Dunyo bo'ylab pandemiya cheklovlari oiladagi zo'ravonlik va ajralish...
Shvetsiyada bugungi kundan boshlab jamoat transportida avj soatlarida niqob...
Olmon (nemis) va shved olimlari qonda haddan tashqari xolesterin kasalligi...
Shvetsiyadagi Turli xil ranglar partiyasining raisi Mikail Yüksel irqchilarning...
2020 yilda Shvetsiyada 88814 kishi yashash va ishlash uchun ruxsat oldi....
Shvetsiya eski sarmoyalarni himoya qilish to'g'risidagi shartnomani buzgan deb...
Shved valyutasining dunyodagi dollarga nisbatan eng kuchli valyuta ekanligi...
Evropa Statistika idorasi (Eurostat) Evropa Ittifoqidagi ( EI ) shovqindan...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Tig
cialis viagra und much viagra cost prescription viagra cheap only best offers order viagra order viagra...
Сегодня, 15:38
Tig
safe pace to buy viagra viagra online kaufen nachnahme buy viagra online only now viagra testimonial ...
Вчера, 22:31
buy cialis generic
hello guos 9128738513...
4 января 2021 21:52
Популярные новости

BUGUNGI OSOYISHTALIK OYDAN TUSHMAGAN

15 май 2017, 11:00, Admin
0 комментариев    384 просмотра

Huquq-tartibotni ta’minlash oson kechmagani, hozir ba’zilarga tabiiy holat bo‘lib ko‘rinadigan tinchlik-barqarorlikni ta’minlash o‘z-o‘zidan bo‘lmagani, eng muhimi, odamlar xotirjam hayot kechirishi uchun zo‘ravonu kazzoblarga qarshi qat’iy kurash olib borilgani xususida





O‘tgan asrning 80-yillarida respublikamizdagi haqiqiy ahvolni o‘rta va katta yoshdagi kishilar juda yaxshi bilishadi. Zero, o‘sha paytda sobiq ittifoqda nafaqat iqtisodiyot, balki ma’naviy-siyosiy vaziyat ham izdan chiqqan edi. Sovet tuzumida yuzaga kelgan ijtimoiy tanglik girdobi O‘zbekistonni ham o‘z domiga torta boshlagandi. Bu tanglik ayniqsa, iqtisodiyotda sezilarli darajada namoyon bo‘ldi va aholining katta qismini ijtimoiy falokat yoqasiga keltirib qo‘ygan edi. Mehnatga haq to‘lash va zarur hayotiy ne’matlarni taqsimlash qoidalari qo‘pol ravishda buzilardi. Korrupsiya kuchayib, qonunni pisand qilmaslik holatlari avj olgandi. Eng dahshatlisi, davlat boshqaruvining sustlashuvi, odamlarning hokimiyatga ishonchi so‘nib borishi oqibatida uyushgan jinoyatchilik vujudga kelib, tobora ildiz otib bordi.





So‘zimizning isbotiga birgina misol: qaroqchilik, bosqinchilik, o‘g‘irlik va talon-tarojlik bilan bog‘liq jinoyatlar umumiy jinoyatchilikning uchdan ikki qismini tashkil qilardi. Uning o‘sish ko‘rsatkichlari 60-75 foizga yetgandi. G‘arazli maqsad bilan uyushtirilgan qotilliklar oddiy bir hol bo‘lib qolgandi. 1989 yilda balog‘atga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlar 21 foiz ko‘paygan, 17 yoshlilar o‘rtasidagi jinoyatchilik darajasi 30 yoshdan oshganlar o‘rtasidagi ko‘rsatkichdan 4 baravar yuqori bo‘lgan. Alohida ta’kidlash o‘rinliki, 1988-1989 yillarda jinoyatchilarning tajovuzkorligi yanada kuchayib, ular huquq-tartibot idoralariga ham ochiqcha qarshilik ko‘rsata boshlagandi.





Yana bir raqam: 1989 yilda tegishli muassasalarda uch va undan ko‘p marta sudlangan 310 ming jinoyatchi saqlangan. Bu esa sobiq ittifoqda takroriy jinoyatchilik kasbga aylanganidan dalolat beradi. Ko‘pgina shaxslarning jinoyatchilik faoliyati kun kechirish manbaiga aylanib qolgandi. Ustiga-ustak, ijtimoiy hayotning turli sohalarida ziddiyatlar keskinlashganligi, axloqiy tanazzul, huquqni qo‘llash amaliyotidagi jiddiy nuqsonlar bois, jinoyatchilik jilovi qo‘ldan chiqib ketgan edi.





Kezi kelganda, shuni aytish kerakki, 1983-1989 yillarda «O‘zbekistonda sotsialistik qonunchilikni tiklash» shiori ostida respublika huquq-tartibot idoralariga sobiq markaz tomonidan yuborilgan kadrlar ham qonunbuzarliklar avj olishiga ma’lum darajada sababchi bo‘lishdi. Chunki ular mahalliy sharoitni yaxshi bilmasdi, xalqimiz mentalitetidan bexabar edi. Eng afsuslanarli tomoni — o‘zimizning tajribali kadrlarimiz yo‘q qilinib, ular o‘rniga egallab turgan lavozimiga nomunosib kadrlar kelgan edi.





O‘zbekiston Respublikasi IIV Faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi general-mayor G‘afur Rahimovning xotirlashicha, o‘shanda vazirlik tarkibidagi 27 boshqarma va bo‘limdan 25 tasini chetdan kelganlar boshqargan. Shovinistik kayfiyatdagi bu kishilar o‘zlari kabi prokuratura va sud tizimiga tushirilgan «desantchilar» bilan til biriktirib ish yuritishardi.





O‘sha paytda «qonun posbonlari» o‘zining bevosita ishini bir yoqqa qo‘yib, turli kirdikorlar bilan shug‘ullangani sababli O‘zbekistonda jinoyatchilik yanada ko‘payib ketgandi. Masalan, 1984 yilda hammasi bo‘lib 60162 jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, 1990 yilda bu raqam 88155 tani tashkil qilgan.





«Jinoyatchilik tahlikali tarzda o‘sib borayotgandi. 1985 yilga nisbatan jinoyatchilik qariyb 20 foiz, og‘ir jinoyatlar esa bundan ham ko‘proq o‘sgandi».





Mustaqillik arafasida butun boshli respublikamizga jinoyatchilik soya tashlab turardi. Ko‘chalarda qo‘rquv hukmronlik qilardi. Nafaqat kechasi, balki kunduzi ham odamlar tunab ketilardi. Avtomashinalar o‘g‘irlanardi. Jinoyatchi to‘dalar odamlarni tutib kelib, «sud» qilishardi. Jinoyatchilar jazolanmas, zo‘ravonlikning cheki yo‘q edi.





O‘sha paytlarda respublikadagi uyushgan jinoyatchilik ham aynan Markazdagi jinoyat olami boshliqlari tomonidan turib boshqarilar edi. 1989 yilda faqatgina Moskva shahrida jinoyatchi guruhlar o‘rtasida 13 marta otishma bo‘lgan edi. Bunday holatlar boshqa hududlarda ham ro‘y berayotgandi. Boshqacha aytganda, uyushgan jinoyatchilik ta’sir doirasi O‘zbekistonni ham qamrab olgandi.





Buning ustiga, xalq ichki ishlar xodimlariga ishonchsizlik bilan qarar, iloji boricha ulardan uzoqroq yurishga harakat qilardi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari ham fuqarolarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lib, sansalorlik, ariza va shikoyatlarga loqaydlik hollari tez-tez kuzatilardi...





Demokratik islohotlarni amalga oshirish uchun jamiyatning, davlatning xavfsizligi hayotiy zaruriyatdir. Inson samarali ishlashi, orzu-niyatlariga yetishi uchun, eng avvalo, xotirjam yashashi kerak. Ana shunday murakkab vaziyatda Yurtboshimiz qat’iyatlik bilan mamlakatda tartib o‘rnatishga qaratilgan muhim qarorlar qabul qildi. O‘zbekistonning avvalgi rahbarlari aybi bilan 80-yillar oxirida kuchsizlanib qolgan hokimiyatni pastdan yuqorigacha mustahkamlash maqsadida qat’iy choralar ko‘rdi. Jinoyatchilik, poraxo‘rlik, ta’magirlik, zo‘ravonlikka qarshi murosasiz kurash boshlandi.





Yurtboshimiz 1992 yil 4 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari IX sessiyasida qilgan ma’ruzasida «Huquq-tartibot mahkamalarini mustahkamlash bilan birga, ularga ko‘mak berish kerak. Ularning mehnatini qadrlash yo‘li bilan birga, obro‘sini oshirish lozim», deganida, mamlakatimiz mudofaa va xavfsizlikni ta’minlovchi tuzilmalarini shakllantirish g‘oyat muhim ahamiyatga ega ekanligini nazarda tutgandi.





Binobarin, IIVning mas’ul lavozimlariga malakali mahalliy kadrlar qo‘yila boshladi. Tizim rahbarligi xalq taqdiriga befarq bo‘lmagan, uning orzu-armonlari bilan yashaydigan kishilar qo‘liga o‘tgach, ishda jiddiy ijobiy o‘zgarishlar yuzaga keldi. Uyushgan jinoyatchilik, bosqinchilik, avtomashinalarni o‘g‘irlash singari jinoyatlarning payi qirqildi. Birgina avtomashina o‘g‘irligini oladigan bo‘lsak, agar 1990-1991 yillarda bir kunda o‘rtacha 154 jinoyat rasmiy ro‘yxatga olingan bo‘lsa (ro‘yxatga tushmagani bir necha barobar ko‘p edi!), 1992 yilda bunday bemazagarchiliklarga chek qo‘yildi. Ikki yil ichida 6 mingga yaqin jinoyatchi guruhlar, shu jumladan, 500 ta uyushgan jinoyatchilik fosh etildi.





Ayni paytda huquqni muhofaza qilish organlari moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Mudofaa va xavfsizlikni ta’minlovchi tuzilmalar uchun malakali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, Prezidentimizning «O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2001 yil 27 martdagi farmoni va uning asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qator qarorlarga ko‘ra, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi yaratildi.





Eng muhimi, bu boradagi islohotlar izchillik bilan davom ettirildi. «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida», «Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlarning qabul qilinishi mamlakatimizda fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga, huquq-tartibotni mustahkamlash, sud-huquq islohotlarini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qildiki, natijada O‘zbekiston huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida milliy tizimga ega bo‘ldi.





Masalan, AQShda faoliyat ko‘rsatayotgan, katta obro‘ga ega bo‘lgan «Gellap instituti» deb nom olgan ijtimoiy fikrni o‘rganish markazi tomonidan «Qonuniy tartibga itoat qilish indeksi» degan mavzuda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 141 davlat orasida 2-o‘rinni egallagani mamlakatimiz jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda katta yutuqlarga erishganining amaldagi tasdig‘idir.





Agar bugun sobiq ittifoq hududidagi qator mamlakatlarda uyushgan jinoyatchilikka qarshi hamon kurashilayotgani, jinoyat olami ildizini quritish oson kechmayotganligini hisobga olib fikrlasak, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik qadri yanada balandligini anglaymiz.





Lekin bunday natijalarga erishish oson kechgani yo‘q. Yurtimizdagi bugungi osoyishtalik oydan tushmadi. Bunga Yurtboshimizning uzoqni ko‘zlab olib borgan odil siyosati, azmu shijoati va qat’iyati tufayli erishildi.





 





Sharif QOBILOV,









polkovnik, IIV Akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedralari ilmiy-metodik kengashi raisi.

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив