Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Noyabr oyida BMT Xavfsizlik Kengashi prezidentlik Britaniya BMT doimiy vakili...
Shvetsiya poytaxt xabarlarga ko'ra, Stokgolm ning Södermalm daxasida yashagan...
19 yoshli bomba egasi Shvetsiyaning Malmö shahridan Södertälje shahriga...
Shvetsiyaning ba'zi joylarida qor 15 santimetrgacha tushishi mumkin....
Facebook kompaniyasi o'z to'lov tizimiga Facebook , Messenger , Instagram va...
Dagens Juridik gazetasiga ko'ra, Shvetsiyaning Stokgolm shahar Bosh vazirlik...
Gannover shahar hokimiyatiga o'tkazilgan saylovlarning ikkinchi bosqichida...
Immigrantlar idorasi ma'lumotlariga ko'ra, faqat oktyabr oyida 1205 Britaniya...
Shvetsiya siyosatchi, munitsipal kengashi a'zosi jinsiy zo'ravonlik va...
Stockholmdan Finlandiyaga ketayotgan katta kema soat 18:00 larda Lidingö...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Ульяна
Здравствуйте. Знаю, что объявление старое, но вдруг! С января 2020 ищу комнату/квартиру в районе Рогсвед. Т.к. сейчас...
20 ноября 2019 23:58
n
Insonlarni xayotga bolgan muxabatini va shukronalik xissini uyg'otuvchi maqolalar ekan raxmat...
17 сентября 2019 11:09
Гость TravisAsses
строительство элеваторов ---- как не нельзя не сделать ---- Трах В Очках порно смотреть - Порно онлайн...
12 сентября 2019 10:28
Pavel
Здравствуйте, дайте пожалуйста номер редакции журнала "Bolajon" Zdrastvuyte Vse danniye redaktsii ukazan v jurnale ...
24 мая 2019 11:20
Популярные новости

Allohning ismi va sifatlariga ishonish

23 янв 2018, 13:15, Admin
0 комментариев    252 просмотра

BOLALAR UChUN  E'TIQODIY HIKOYaLAR TURKUMIDAN

Allohning ismi va sifatlariga ishonish

Bomdoddan oldin Rima uyg'onib ketdi. O'rnidan turib onasini qidira boshladi va uning o'z xonasida namoz o'qib, yig'lab duo qilayotganini ko'rdi. Rima odob bilan volidasi namoz o'qib bo'lishini kutdi.

So'ngra so'radi: Onajon, nega bu paytda namoz o'qiladi?! Hali bomdodga azon aytilmadi-ku?

Onasi javob berdi: Ey Rima, bu sahar vaqti deyiladi. Bu paytda bizning dunyo osmonimizga kechaning oxirgi uchdan bir qismida Robbimiz tushib shunday nido qiladi: “Qani gunohlari kechirilishini so'raydigan bormi, duo qiladigan bormi?!..” Bizga Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deb aytib ketganlar. Demak, har bir musulmon bu paytda Robbisiga yuzlanib, undan gunohlari kechirilishini duo qilishi va Uning fazlu marhamatini so'rashi lozim bo'ladi.

Rima: Alloh qaerda? Nega biz uni ko'rmaymiz?

Onasi jilmayib javob berdi: Ey Rima, bandalari Allohni bu dunyoda ko'rolmaydi. Chunki bu dunyo sinov diyoridir.

Rima: Unda Allohni qachon ko'ramiz?

Onasi: Mo''minlar Allohni oxiratda ko'radilar va unga qaray oladilar, deb Payg'ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam bizga aytib ketganlar.

Rima: Onajon, Alloh O'zi qaerda?!

Onasi: Alloh taolo arshning ustidadir. Alloh taolo Qur'oni Karimning “Toha” surasi 5-oyatida shunday degan: U – Rohman, Arshni egalladi.” Rohman sifatining sohibi Alloh Arshni egalladi. Arshni egallashining esa o'xshashi yo'q, misli yo'q, shakli ham yo'q. Uning egallashi o'ziga xos. U o'z arshining yuqorisidan bizni ko'rib, eshitib turadi va Qiyomat kuni bizning amallarimizni hisob qiladi.

Onasi yana jilmayib aytdiki: Ey Rima, shuni bilgin-ki, mo''minlar Allohni yaxshi ko'radilar va uni ko'rishga oshiqadilar.

Shunda Rima tabassum qilib dedi: Onajon, men ham Robbimni ko'rishga mushtoqman. Chunki men Uni yaxshi ko'raman!

Onasi: Unday bo'lsa, qizim, Allohning buyuk jamoli, oliy jalolini ko'rishga erishish uchun sen har doim yaxshi ishlar qilishing kerak bo'ladi. Allohning oliy va pok yuzi go'zalligiga U yaratgan birorta narsaning go'zalligi eta olmaydi!

 Rima: Xo'p bo'ladi, oyijon, albatta Allohga yoqadigan ishlarni qilaman. Qur'on yodlayman va ko'p namoz o'qiyman, Alloh qodir qilsa!

Onasi shunday deb so'zini tugatdi: Ha qizim, xuddi shunday qil. Bu dunyoda Allohni ko'rib bo'lmasa ham, agar kim U bilan gaplashishni xohlasa, namoz o'qib Allohga barcha istaklarini so'zlasin, kim Allohning gaplarini eshitishni xohlasa, Allohning ulug' kalomi bo'lmish Qur'onni o'qisin, Payg'ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam bizga shuni o'rgatib ketganlar!

Allohni yagona iloh deb bilish

Bir baxtiyor oila a'zolari juma kuni namozdan keyin suhbatlashib o'tirgan edilar.

Qizlari Maryam Qur'onning “Amma” va “Taborak” juzlarini, Yahyo esa “Baqara” surasini yodlab tugatgandi.

Otalari so'radi: Qur'onni yaxshi tushunib yodlaganingizni tekshirish uchun sizlarga savol beraman, qani kim bizga to'g'ri javob berar ekan?!

“La ilaha Illalloh” kalimasining ma'nosi nima?

Maryam: Men aytaman… ma'nosi shuki: faqat Allohgina ibodat qilinishga haqli Zotdir. Chunki Alloh taolo aytgan-ki: “Bas, agar kofirlar yoqtirmasalar ham, Allohga dinni xolis qilgan holingizda yolboring”, (G'ofir, 14)

Yahyo ham javob berishga shoshildi: Ha, otajon, faqat Allohgina ibodat qilinishga loyiq Zot. Biz bandalar turli haykallar yoki Alloh yaratgan jonzotlarga emas, balki bizni yaratgan Allohga ibodat qilishimiz kerak.

Otalari: Barakalla Maryam, barakalla Yahyo, – deb farzandlarini maqtab qo'ydi.

Onalari ham so'radi: Ibodat o'zi nima degani?

Maryam: Ibodat – bu Allohni shunday sevishimiz-ki, boshqa yaratgan narsalariga nisbatan sevgimiz Allohga bo'lgan sevgimizga teng kelolmaydi. Va mana shu sevgi faqat Uning buyruqlarinigina bajarishga, Uning buyruqlarini boshqa maxluqlarining xohishidan ustun qo'yishga, avval Allohning buyrug'ini Unga shukr qilgan va bo'ysungan holda sidqidildan bajarishimizga undaydi.

Yahyo: Ha shunday, ibodat deb Allohga yoqadigan va Allohni rozi qiladigan barcha ishlarga aytiladi. Namoz va ro'za kabi chiroyli xulq, muomala va odob ham ibodatdir. Alloh taolo O'zining Qur'onida aytadiki: “Sen: «Albatta, mening namozim, ibodatlarim, hayot va mamotim olamlarning Robbi Alloh uchundir. Uning sherigi yo'q. Ana shunga buyurilganman. Va men eng avvalgi musulmonman, deb ayt”. (An'om, 162-163) Bu oyat musulmon odam butunlay Allohiga ajralib chiqishi lozimligini ko'rsatadi. U namozni faqat Alloh uchun o'qiydi. Boshqa zot uchun yoki badantarbiya, axloqiy mashq, ota-onasini xursand qilish uchun emas. U ibodatlarini faqat Alloh uchun ado etadi. Haj qilsa, ro'za tutsa, zakot bersa, Alloh uchun qiladi. Birovning gapi, maqtovi yoki ehtiromi uchun qilmaydi.

Otalari ularning javobidan mamnum bo'lib aytdi: Alloh ikkingizga baraka va foydali ilm ato qilsin!

Onasi qiziga qarab dedi: Qizim Maryam, menga bir piyola suv keltir.

Maryam: Onajon, xo'p bo'ladi, men sizning buyruqlaringizni bajarishim shart. Chunki ota-onaga bo'ysunish – bu Allohga itoat qilishdir. Ammo oshxona qorong'i-da, men esa qorong'idan qo'rqaman, – deya hijolat bo'lib erga qaradi.

Yahyo singlisiga shunday dedi: Singilginam, lekin Alloh har doim biz bilan birga, bizni ko'rib, eshitib turadi. Biz buni his qilgan holda Unga imon keltirishimiz va Unga itoat qilishimiz kerak. Eng muhimi, faqat Allohdangina qo'rqishimiz lozim. Alloh taolo Qur'oni Karimda: “Allohning O'zi eng yaxshi muhofazachi va Uning O'zi rahmlilarning eng rahmlisidir”, – dedi. (Yusuf, 64). Shuningdek, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: “Kuchli mo''min kuchsiz mo''mindan ko'ra yaxshiroq va Allohga sevimliroqdir. Har ikkalasida ham yaxshilik bor”.

Bu gaplarni eshitgan Maryamda qo'rquv yo'qolib, o'rnini Allohga bo'lgan yanada mustahkam ishonch egalladi.

Maryam bu suhbatga shunday yakun yasadi: Ha rostdan ham, men endi qo'rqmayman. Qachonki qo'rqsam, Allohdan yordam so'rab duo va iltijo qilaman, O'zi yaratgan narsalarning yomonligidan O'zidan panoh tilayman. Ibodatning ma'nosi ham mana shu bo'lsa kerak. Mo''min har doim har qanday holatda ham Alloh bilan birga bo'lishi ibodat ekan.Alloh rizq beruvchi ekanligiga imon keltirish

Abdulloh bog'da erda o'tirgan holda chumolilar to'dasi haqida uzoq tafakkur qilib qoldi. Otasi uning bu holatini ko'rib dedi:

  • Nimaga buncha termulib o'tiribsan, ey Abdulloh?!

Abdulloh: Chumolilar haqida o'ylayapman, otajon. Chumolilar qanday qilib ovqatlarini terib keladilar?

Otasi tabassum ila javob berdi: Barcha narsani yaratib, yaratgan barcha maxluqlarining rizqini beruvchi – Alloh. Alloh taolo aytadiki: “Er yuzida o'rmalagan narsa borki, ularning rizqi Allohning zimmasidadir. U ularning turar joylarini ham, borar joylarini ham bilur. Hammasi ochiq-oydin kitobdadir.” (Hud, 6)

Chumoli ham, boshqa maxluqotlar ham o'zining emishini topish uchun izlanadi, harakat qiladi. Emishlarini esa ularga Alloh yo'liqtiradi va ularni rizqlantiradi. Allohning qaysi bir yaratilgan maxluqi o'z rizqini topishini, Alloh ularga qachon nasib qildirishi taqdirda yozib qo'yilgan. Agar o'z rizqlarini topishlarini Alloh ularga nasib ettirmasa, rizqlantirmasa, maxluqlar rizqlarini topa olmay adashib yuravergan, oxir-oqibat ochlikdan o'lib ketgan bo'lardilar.

Abdulloh yana so'radi: Biz-chi, otajon, bizga kim rizq beradi?!

Ota shunday deb javob berdi: Bizni ham chumoliga rizq bergan zot – Alloh taolo rizqlantiradi, ey Abdulloh! Men ham Allohga tavakkal qilgan holatimda ishimga ketaman va Alloh subhanahu va taolo menga taqdir qilgan rizqimni olaman.

Agar Allohning bizga taqdir qilgan rizqi va ne'matlari bo'lmaganda, biz na eyishga taom, va na ichishga suv topa olmagan bo'lardik.

Ota yana shunday deb gapini to'ldirdi: Alloh taolo o'zining har bir maxluqiga bu dunyodagi narsalardan unga belgilangan rizq-nasibani taqsimlab beradi. Endi kim o'zining rizqida Allohga taqvo qilsa va ne'matlariga shukr etsa, Alloh o'sha bandasiga oxiratda bir necha barobar ko'proq ne'matlar ato qiladi va shu bandasini jannatiga kirgizadi.

Shunday ekan, biz doimo Allohning berayotgan ne'matlarida unga itoat qilishimiz lozim bo'ladi.

Barcha narsani boshqarib turuvchi zot Alloh ekanligiga ishonish

Umida osmonda porlab turgan yulduzlarni tafakkur qilgan holda balkonda o'tirar edi.

…Osmon musaffo va to'lin oy porlab turgan edi. Bir-ikkita shamol bilan harakatlanayotgan bulutlarni aytmaganda…

Bu holatga tikilib turgan Umida otasidan so'radi: Otajon, osmondagi yulduzlar erga qulab tushmasligi uchun ularni kim ushlab turadi, mana bu bulutlarni kim harakatlantiryapti?!

Otasi javob berdi: Umida qizim, osmon va erni, undagi barcha narsalarni yaratgan Zot Allohdir, ularni o'z izmida harakatlantiradigan ham oliy va pok bo'lgan Uning O'zidir. Quyosh ham Allohning qudrati bilan tongda nur sochib chiqadi, shamollar ham Allohning buyrug'i bilan bulutlarni haydaydi. Umuman, borliqdagi barcha narsa faqat Uning izni va buyrug'i bilangina harakatlanadi. Inson, qushlar, hayvonlar, hattoki, chumoli ham.

Umida: Alloh bu yaratgan narsalarining hammasini qanday qilib harakatlantiradi?

Otasi: Alloh taolo hamma narsaga qodir. U borliqdagi barcha narsaning hukmini berar ekan, bir ish Allohni ikkinchi ishdan chalg'itib qo'ymaydi. U bir vaqtning o'zida hammamizni ko'rib, eshitib, duolarimizga ham javob beradi.

Umida hayratlanib dedi: Bu buyuk, oliy Yaratuvchi qanchalar ulug' bo'lmasa!

Ota ham hayrat bilan: Darhaqiqat, Alloh taoloning qudrati juda buyuk, Umida. U butun borliqni, undagi har bir eng kichik va eng katta narsani ham boshqaradi. Alloh taolo Qur'oni Karimda aytadi: “Oliy Robbing ismini poklab yod et. U yaratgan va mutanosib qilgan zotdir. U o'lchovli qilgan va hidoyatga boshlagan zotdir.” (A'lo, 1-3). Demak, Alloh azza va jalla har bir yaratilgan narsasiga, taqdir qilib qo'ygan narsasiga erishishimiz uchun yo'l ko'rsatib qo'yadi.

Umida: Buyuk va ulug' Robbimiz – Alloh pokdir! 

      

 

 

 

 

 

  

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив