Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Noyabr oyida BMT Xavfsizlik Kengashi prezidentlik Britaniya BMT doimiy vakili...
Shvetsiya poytaxt xabarlarga ko'ra, Stokgolm ning Södermalm daxasida yashagan...
19 yoshli bomba egasi Shvetsiyaning Malmö shahridan Södertälje shahriga...
Shvetsiyaning ba'zi joylarida qor 15 santimetrgacha tushishi mumkin....
Facebook kompaniyasi o'z to'lov tizimiga Facebook , Messenger , Instagram va...
Dagens Juridik gazetasiga ko'ra, Shvetsiyaning Stokgolm shahar Bosh vazirlik...
Gannover shahar hokimiyatiga o'tkazilgan saylovlarning ikkinchi bosqichida...
Immigrantlar idorasi ma'lumotlariga ko'ra, faqat oktyabr oyida 1205 Britaniya...
Shvetsiya siyosatchi, munitsipal kengashi a'zosi jinsiy zo'ravonlik va...
Stockholmdan Finlandiyaga ketayotgan katta kema soat 18:00 larda Lidingö...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Ульяна
Здравствуйте. Знаю, что объявление старое, но вдруг! С января 2020 ищу комнату/квартиру в районе Рогсвед. Т.к. сейчас...
20 ноября 2019 23:58
n
Insonlarni xayotga bolgan muxabatini va shukronalik xissini uyg'otuvchi maqolalar ekan raxmat...
17 сентября 2019 11:09
Гость TravisAsses
строительство элеваторов ---- как не нельзя не сделать ---- Трах В Очках порно смотреть - Порно онлайн...
12 сентября 2019 10:28
Pavel
Здравствуйте, дайте пожалуйста номер редакции журнала "Bolajon" Zdrastvuyte Vse danniye redaktsii ukazan v jurnale ...
24 мая 2019 11:20
Популярные новости

Er bilan orangizdagi rishtani mustahkam qiling 

04 фев 2018, 08:00, Admin
0 комментариев    248 просмотров

Naqishbandiya tariqatining yirik namoyondalaridan biri

Zulfiqor Ahmad Naqishbandiy xazratlarining o'gitlari 

Er bilan orangizdagi rishtani mustahkam qiling 

Qancha go'zal bo'lmang, qancha olima bo'lmang, boy-badavlat bo'lmang, eringiz qalbiniyu malikasi bo'lish uchun farosatni ham ishga soling! Umr safarini go'zal o'tkazish uchun orangizdagi muhabbat rishtasini mustahkamlash harakatida bo'ling. Erga muhabbat izhor qilishning o'zi kifoya qilmaydi, unga sadoqatingizni ham izhor qiling. Shunday qilingki, eringiz muhabbatingiz haqiqiy ekanini dildan his qilsin. Er-xotin orasidagi janjalning asl o'zagi er xotindan, xotin erdan shu narsani topa olmaganidandir. Shayton esa o'ta makkordir, ayolni erining oldida sharm hayoli bo'lishga, qarindosh-urug', dugonalari oldida esa xandon otib kulib, noz-karashmali bo'lishga undaydi. Kiyinish, ziynatlanishda ham erining oldida oddiy, o'zgalar oldida esa chiroyli bo'lishga undaydi. Vaholanki shariatimiz yaxshi ko'rgan kishingizga buni bildirib qo'yishni savobli amal deb belgilagan, faqat nomahramlar bundan mustasno! Ammo shayton buni aynan begonalarga izhor qilishga undayveradi. Oilaviy janjallarning aksariyatiga e'tibor bersangiz, er ayolini sevadi, muhabbat izhor ham qiladi, sovg'a-salomlar ham beradi, xotini dilida bundan xursand ham bo'ladi. Lekin shunga javoban bu muhabbatning o'zaro, ikkiyoqlama ekanini izhor qilishga kelganda buni er kutgandek izhor qilmaydi yoki o'zini xuddi bunday e'tibor unga kerak emasdek tutadi. Bu o'ta axmoqlik bo'lib, ayol kishi hayotida bundan ortiq axmoqlik qilishi mumkin emas. Muhabbatning javobi muhabbat bilan bo'lishi kerak. Er muhabbat kutganda ayol bu holatni g'animat bilish kerak, erining dilini chamanzor qilib yuboradigan so'zlarni aytishi kerak. Afsuski, ko'pincha ayollarimiz bu borada noshudlik qilib, bunday holatda erning qalbini dog' qilib qo'yishadi. Vaholanki bu shariatimizda uyat sanalgan ish emas.

Oisha onamiz roziyallohu anho Rasululloh alayhissalomga muhabbatlarini ochiq‑oydin izhor qilar edilar. Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan suhbatlashib o'tirganlarida u zot: «Oisha, siz menga sariyog' bilan xurmo solingan  taomdan ham mahbubsiz», dedilar. Shunda Oisha roziyallohu anho tabassum qilib, «Ey Allohning Rasuli, siz esa men uchun sariyog' bilan asal solingan taomdan ham ortiqroq mahbubsiz», deb javob berdilar. Rasululloh alayhissalom ham tabassum qilib, «Sizning javobingiz go'zalroq bo'ldi», dedilar. Ko'ring! Er bir so'z aytdi, ayol esa undan o'tkazib javob qaytardi. Muhabbatning izhori erga qilinmasa, kimga qilinadi?! Hozirgilar esa erga qilinadigan muhabbatni elga qiladigan bo'lib qolishdi. Yodda tuting, ishq bilan mushki anbarning og'zini berkitib, saqlab qo'yilmaydi. Ular o'z o'rnida ochilib, ifori atrofga taralib turishini xohlaydi. Qaerda bo'lmasin, o'zini izhor qilmay tura olmaydi. Xuddi shuningdek, er o'z ayolidan muhabbat kutganida ayol ham buning izhoridan ojiz qolsa, erning nazdida ayolning qadri tushadi.

Bir achinarli voqeaga quloq soling.

Shahrimizda g'aribona bir xonadonning go'zal qizi bor edi. Unga obro'li xonadon o'g'lidan sovchi keldi. To'y bo'ldi. Ikki tomon xursand. Yigitning quvonchiga esa chek-chegara yo'q. Qiz haqiqatdan ham go'zal edi. Kelin bo'lgach, go'zalligi o'n chandon ziyoda bo'ldi. Buni ko'rgan kuyov ichiga sig'may, «dod» deb yubordi. Ikkovi yolg'iz qolishsa, kuyov darhol izhori muhbbat qilar, quvonchidan eru ko'kka sig'mas edi, ertayu kech «Sen nafaqat uyimning malikasi, balki qalbimning malikasisan. Sen mening uyimni jannatga aylantirding» deb, og'zidan bol tomar edi. Kelin bunday e'tibordan mast bo'lar, ammo afsuski, uning javobini o'rniga qo'ya olmasdi. Bir necha kun o'tgach, kelin yig'lagan holda uyiga qaytib keldi. Hamma hayron. Sababini so'rashsa, «Erimning izhorlariga yarasha javob qaytara olmadim. Bir kun hazillashib, «Siz esa menga yoqmaysiz» deb yuboribman. Erimning jahli chiqib, «Meni yaxshi ko'rmagan ayol menga kerak emas. Uch taloqsan!» deb yubordi», dedi…

Bir lahzalik xatoning jazosi yillarga tatiydi deb bejiz aytilmagan. Oradan kunlar, oylar o'tdi. Bu juvonga «erdan qaytgan», «turmush ko'rgan» deb, yosh yigitlardan sovchi kelmadi. Ikkinchi xotin bo'lishga so'rab kelganlarga yoki yoshi katta kishilardan kelgan sovchilarga esa uning o'zi rozi bo'lmadi. Shunday qilib, bir go'zal qiz yosh umrini xazon qildi, yig'lab‑yig'lab o'tdi. Ayb o'zida. Bu qanday axmoqlikki, umr yo'ldoshi undan mehr kutsa-yu, ayol noz qilsa.

Oisha roziyallohu anhoning muhabbat izhori

Oisha roziyallohu anho Rasulullohning ishqida she'rlar yozgan va bu she'rlar Rasulullohning zamonlarida mashhur bo'lgan. Odatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xuftondan keyin ahliyalarining oldiga kirar edilar. Oisha onamizning huzurlariga kirganlarida tabassum bilan, chiroyli ovozda salom berar edilar. Javobiga Oisha onamiz quyidagicha she'r o'qir ekanlar:

لَنا شَمْسٌ و لِلْآفاقِ شَمْسٌ

و شَمْسى خَيْرٌ مِنْ شَمْسِ السَّماءِ

فَاِنَّ الشَّمْس تَطْلُعُ بَعْدَ الفَجْرِ

و شَمْسى طَالِعٌ بَعدَ الْعِشاءِ

Bizning o'z quyoshimiz bor, ufqlarning ham o'z quyoshi bor.

Mening esa quyoshim osmondagi quyoshidan yaxshiroqdir.

Samoning quyoshi tongdan so'ng chiqsa,

Mening quyoshim esa tunda chiqadi.

Abdumannon Abdulloh tarjimasi

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив