Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Dunyoda 500 mingdan ortiq odamni o'ldirgan COVID-19 o'pkaga katta darajada...
Shvetsiya immigratsiya idorasi 2020 yilning dastlabki 6 oyida 44 ming 597 ta...
Ikki yuzdan ortiq olim odamlari Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkilotiga bog'lanib,...
Shvetsiyadagi Uyg'urlar Ta'lim Jamiyatining a'zolari yomg'irga qaramay, 2009 yil...
Olmoniyalik virusolog: Koronavirusning ikkinchi to'lqini bo'lmaydi...
Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Linde, Isroilning bosib olgan Falastin...
Shved avtomobil ishlab chiqaruvchisi Volvo, old xavfsizlik kamarlaridagi...
Dunyo bo'ylab koronavirus epidemiyasiga qarshi emlash va dori-darmonlarni...
Ma'lum bo'lishicha, Shvetsiyadagi koronavirus epidemiyasidan eng ko'p aziyat...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Windy
Very nice post. I just stumbled upon your blog and wanted to say that I've really enjoyed surfing around your blog...
18 июня 2020 08:14
Shirley
Its like you read my thoughts! You appear to grasp a lot about this, like you wrote the book in it or something. I...
4 июня 2020 12:33
buy tadalafil 20mg online
cialis 10mg how long does it last interests cialis dosage forum last post tadalafil cost at walmart - free trial...
26 мая 2020 21:51
Harry
¡O eres la atrana bien! Has pasado cuando te registras con extraños creando gente se dirige desde el principio, y eso...
22 мая 2020 10:45
Популярные новости

Bolalarda semizlik

03 янв 2019, 00:59, Admin
0 комментариев    704 просмотра


Bolalarda semizlik
O'zbeklarda ko'pincha bola semiz bo'lsa, ota-onasi xursand bo'ladi. Buni slaomatlik alomati deb biladilar. Aslida bolalarda uchraydigan semizlik - bu 21 asrning eng muhim muammolaridan biridir.

Shiringina domboqqina bola juda qisqa muddatda oson muammolik semizlik darajasiga kelib qolishi mumkin.

Bolada semizlik darajasi 4 xil bo'ladi.

1-darajali semizlik. Bunda bolaning vazni normadan 15-25% ga yuqori bo'ladi.

2-darajali semizlik. Bunda bolaning vazni normadan 26-50% ga yuqori bo'ladi.

3-darajali semizlikda bolaning vazni normadan 51% dan yuqori darajada bo'ladi.

4-darajali semizlik. Bunda bolaning vazni normal vazndan ko'ra 100% ko'proq bo'ladi.

Bolalar semizligining asosiy sababi nimada?

Noto'g'ri ovqatlanish. Bunga oddiy misol, sariyog' surtilgan patir non bilan shirin choy yoki mayonez bilan manti. Ularning o'rniga tvorog, smetana, limon solingan ko'k choy, qora non yegan ma'qul. Mana shu oddiy o'zbekona yeguliklar bolaning semizligiga olib keluvchi birinchi omildir.
Kam harakat. Telefon va televizor tufayli hozirgi bolalar ko'chada to'p tepishni o'rniga ekranga qarab o'tirishni afzal ko'rishmoqda.
Modda almashinuvi muammosi. Ba'zi bolalarda modda almashinuvi tug'ma buzilgan bo'lsa, ba'zilar umr davomida unga duch keladi. Ikki holatda ham uni davolash imkoni bor.
Ba'zi kasalliklar.
Buni adasi semiz, shunga o'gli ham semiz, suyagi qalin deyish mutlaq noo'rin. Tadqiqotlar va statistikaning ko'rsatishicha, semizlik irsiyat tufayli yuzaga kelgani bilan uni davolash imkoni bor va zarur.

Bola semiz bo'lsa, parhezda o'tirishi kerakmi?

Bola ozishi uchun parhez tutish mumkin emas. Parhez, bolaning buzilgan modda almashinuvini yanada ishdan chiqaradi. Undan tashqari parhez tufayli bolada qo'shimcha muammolar (masalan, anemiya) yuzaga kelishi mumkin. Parhez noto'g'i yondashuv. Uni o'rniga to'g'ri ovqatlanish tamoyillarini qo'llash maqsadga muvofiq bo'ladi.

Bola semiz bo'lsa, qanday ozish mumkin?

Eng oson yo'l, bu tartibli ovqatlanish rejimiga o'tish.
Har kuni muntazam vaqtda kuniga 5 mahal ovqatlanish.
Ovqatlanish orasida suvdan tashqari hech narsa emaslik.
Ovqatlanish porsiyalarini sekin-sekin kamaytirib borish.
Shirinliklarni keskin kamaytirish va nobodo iste'mol qilinsa, kunning birinchi yarmida iste'mol qilish.
Gazli ichimlik va shirin sharbatlardan umuman voz kechish.
Har kuni ko'chada kamida 1 soat davomida o'ynash.
Mana shularning o'zi bolani 6 oy ichida ma'lum darajada ozishiga amaliy yordam beradi.

Bola semiz bo'lishining yomon tomoni nimada?

1. Bola psixologik qiynaladi. Tengdoshlaridan semizligi tufali zarb yeydi.

2. Semiz bolaning teri muammolari ko'payadi.

3. Semizlik keskinlashsa, bepushtlikka sababchi bo'ladi.

4. Semiz bolada katta bo'lganida yurak tizimi muammolari bo'lishi xavfli yuqori bo'ladi.

5. Semizlik tufayli bolada qand kasalligi rivojlanishi xavfi ortadi.

6. Semiz bolalarda qo'shimcha kasalliklar tezroq va jiddiyroq rivojlanadi.

Ortiqcha tuz ham semizlikka olib keluvchi omildir.

Bolada semizlikni oldini olish uchun nima qilish kerak?

Chaqaloqning 6 oyiga qadar faqat ko'krak suti bilan emizish;
Tug'ilgan chaqaloqni kamida 1 yoshgacha ko'krak suti va yoshiga mos qo'shimcha ovqat bilan oziqlantirish;
Qo'shimcha ovqat berish boshlanganida tuzlik va shakarlik yeguliklardan bolaning 7 yoshiga qadar voz kechish;
Bog'cha, maktab davridagi bolalarga yog'liq shirinliklarni bermaslik;
Ertalabki nonushtani to'yimli va foydali yeguliklar bilan o'tkazish;
Chala pishgan, tez pishadigan va oson xazm bo'ladigan yeguliklarni bermaslik;
Chips, pista, popkorn kabi "yengil" deb hisoblanadigan, aslida esa yuqori kalloriyaga ega yeguliklarni o'rniga meva-sabzavotlarni yeb yurishga odatlanish.
Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив