Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Shvetsiyadagi Uyg'urlar Ta'lim Jamiyatining a'zolari yomg'irga qaramay, 2009 yil...
Olmoniyalik virusolog: Koronavirusning ikkinchi to'lqini bo'lmaydi...
Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Linde, Isroilning bosib olgan Falastin...
Shved avtomobil ishlab chiqaruvchisi Volvo, old xavfsizlik kamarlaridagi...
Dunyo bo'ylab koronavirus epidemiyasiga qarshi emlash va dori-darmonlarni...
Ma'lum bo'lishicha, Shvetsiyadagi koronavirus epidemiyasidan eng ko'p aziyat...
Koronavirus epidemiyasi tufayli mijozlarga pochtaning yetkazib berishning...
Shvetsiya Uppsala universitetining akademik kasalxonasi shifokorlari gumon...
Ta'kidlanishicha, Shvetsiya kiyim-kechak giganti H&M korona inqirozi...
17 yoshli shved iqlim faoli Greta Thunberg BMTning 2019 yil sentyabr oyida...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Windy
Very nice post. I just stumbled upon your blog and wanted to say that I've really enjoyed surfing around your blog...
18 июня 2020 08:14
Shirley
Its like you read my thoughts! You appear to grasp a lot about this, like you wrote the book in it or something. I...
4 июня 2020 12:33
buy tadalafil 20mg online
cialis 10mg how long does it last interests cialis dosage forum last post tadalafil cost at walmart - free trial...
26 мая 2020 21:51
Harry
¡O eres la atrana bien! Has pasado cuando te registras con extraños creando gente se dirige desde el principio, y eso...
22 мая 2020 10:45
Популярные новости

Go'dak tilidan (yigirma to'rtinchi kun…)

19 июн 2017, 20:05, Admin
0 комментариев    281 просмотр

Yigirma to'rtinchi kun…

Assalomu alaykum. Bugun yigirma to'rtinchi kun.

Kecha dadam o'z xonalarida o'tirgan edilar. Sekin yonlariga kirsam nimalarnidur hisoblab o'tirgan ekanlar. Hayron bo'lib so'radim:

— Dada! Nimalarni hisoblayabsiz? Anchadan beri shu erda o'tiribsiz! — dedim.

Shunda dadam:

— Hali ko'p narsani bilmaysanda o'g'lim. Men hisoblab o'tirgan narsa bu zakotdir, — dedilar.

Men esa:

— Zakot nima dada? — dedim.

Dadam:

— Zakot bu bizning molimizdagi kambag'allarning haqqi. Pulimiz bir hisobga etganda, hisoblab ko'rib qirqdan bir qismini ajratishimiz va o'z egasiga olib borib berishimiz zakot ibodatini ado etishimiz hisoblanadi, — dedilar.

Shunda men yana so'radim:

— Dada, oyim ham zakot beradilarmi? — dedim.

Dadam esa:

— Ha o'g'lim. Oyingning tilla taqinchoqlarini og'irligini aniqlaymizda, keyin undan ham zakot ajratamiz, — dedilar.

Shunda men:

— Dada! Mahallamizdagilar ham berishadimi? — dedim.

Dadam esa:

— Aslida puli, belgilangan hisobga etgan har qanday odam zakot berishi kerak. Bu, insonlar orasida kambag'allikni ko'tarish uchun Alloh taolo tomonidan joriy etilgan tadbirdir. Lekin biz buning evaziga buyuk ajrlar olamiz o'g'lim, — dedilar.

O'ylab qoldim. Dunyoda qanchadan-qancha kambag'al va och insonlar bor. Agar hamma boy insonlar ham zakot berishsa edi kambag'allar ham yaxshi yashab, yaxshi hayot kechirisharmidi. O'z-o'zidan ochlikdan o'layotganlar ham, qiynalib yashayotganlar ham qolmas edi.

Xullas men ham hamma o'yinchoqlarimni yig'ib, ichidan eng yaxshilarini zakotga ajratadigan bo'ldim. Axir savoblarimga yana savob qo'shilar ekanku. Sizchi? Siz ham zakot ajratsizmi?

Mayli endi men boray. Hali o'yinchoqlarimni saralashim kerak.

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив