Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Shvetsiyadagi Uyg'urlar Ta'lim Jamiyatining a'zolari yomg'irga qaramay, 2009 yil...
Olmoniyalik virusolog: Koronavirusning ikkinchi to'lqini bo'lmaydi...
Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Linde, Isroilning bosib olgan Falastin...
Shved avtomobil ishlab chiqaruvchisi Volvo, old xavfsizlik kamarlaridagi...
Dunyo bo'ylab koronavirus epidemiyasiga qarshi emlash va dori-darmonlarni...
Ma'lum bo'lishicha, Shvetsiyadagi koronavirus epidemiyasidan eng ko'p aziyat...
Koronavirus epidemiyasi tufayli mijozlarga pochtaning yetkazib berishning...
Shvetsiya Uppsala universitetining akademik kasalxonasi shifokorlari gumon...
Ta'kidlanishicha, Shvetsiya kiyim-kechak giganti H&M korona inqirozi...
17 yoshli shved iqlim faoli Greta Thunberg BMTning 2019 yil sentyabr oyida...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Windy
Very nice post. I just stumbled upon your blog and wanted to say that I've really enjoyed surfing around your blog...
18 июня 2020 08:14
Shirley
Its like you read my thoughts! You appear to grasp a lot about this, like you wrote the book in it or something. I...
4 июня 2020 12:33
buy tadalafil 20mg online
cialis 10mg how long does it last interests cialis dosage forum last post tadalafil cost at walmart - free trial...
26 мая 2020 21:51
Harry
¡O eres la atrana bien! Has pasado cuando te registras con extraños creando gente se dirige desde el principio, y eso...
22 мая 2020 10:45
Популярные новости

Go'dak tilidan (yigirma oltinchi kun…)

21 июн 2017, 18:50, Admin
0 комментариев    289 просмотров

Yigirma oltinchi kun…

Assalomu alaykum. Bugun yigirma oltinchi kun. Bilasizlarmi bugundan ertaga o'tar kechasi, ko'proq qadr kechasi deb tahmin qilinadigan kecha. Bugun men tog'amlarnikidaman. Qadr kechasini tog'am bilan o'tkazish uchun keldim. To'g'rirog'i tog'am meni olib keldilar.

Bir necha kun avval sizlarga Hazrat haqlarida gapirib bergan edim. Yodingizdami?

Iftorlikdan avval tog'am bilan gaplashib o'tirgandik. Men u kishidan so'radim:

— Tog'ajon! Menga Hazrat haqlarida gapirib bering? — dedim.

Shunda u kishi bir oz mayuslashdilarda, keyin menga qarab:

— Hazrat bu zaminning chinakam tengsiz farzandi edilar. U kishi bu yurt, xalq uchun to vafotlarigacha xizmat qildilar. U kishining umrilarichalik barokatlik umr ko'rmadim. Shogirdlaridan birlarini aytishlaricha, Hazrat Libiya mamlakatida o'qib yurgan chog'lari, kunlik darslardan tashqari yuz bet islomiy adabiyotlardan o'qigan ekanlar. U kishiga kitoblarni etkazib bergan kutubxonachi «-Muhammad Sodiqqa kitob tashib charchaganman» degan ekanlar. Yana u kishi o'zlarining oltmish uch yilga ozgina etmagan umrlari davimida ulkan ishlarni amalga oshirganlar. Masalan yurtimiz mustaqillikka erishganidagi ilk musulmonlar rahbari ham u kishining o'zlari edilar. Hazrat sababli sobiq ittifoq davrida yurtimiz musulmonlari uchun Haj va Umra ibodat safarlari uchun ommaviy ruxsat nasib bo'lgan. U kishining sharofatlari, fazllari va hatto arab diyorlarida ham katta xurmat, ehtiromga sazovor bo'lganliklari sababli Arabiston podshohi yurtimiz musulmonlaridan Haj va Umraga borganlariga bepul xizmat joriy qilgan ekan. Lekin, lekin xalqimiz ichidagi ba'zi g'alamis kishilar tarafidan U kishiga nisbatan ko'p tuxmat va bo'xtonlar uyushtirildi.

Lekin u kishi bu ishlarga parvo qilmay ilm yo'lida odim qadam tashlar edilar. Oradan vaqtlar o'tib Hazrat shahrimiz masjidlarida aynan shunday Ramazon kechalarida suhbatlar olib borishni yo'lga qo'ydilar. Insonlar u kishini diqqat bilan tinglar, har bir aytgan gaplarini o'ziga dasurul amal qilishga intilishardi. Ramazondan keyin esa, keyingi Ramazon kelguncha Hazratning nashrdan chiqqan kitoblarini olib o'qishga oshiqishardi. Xalqimiz sevib o'qiydigan, Qur'oni Karimning tafsiri bo'lmish «Tafsiri Hilol» ko'plarning ilmi oshishida eng muhim ilmiy, islomiy adabiyot bo'ldi. Bundan tashqari Hazratimizning «Hadis va Hayot» to'plamlari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamnimg sunnatlarini o'qib amal qilishimizda as qotdi.

Hazrat hayotlari davomida xalqimizga zarur bo'lgan diniy yo'nalishdagi deyarli barcha yo'nalishlarida asarlar yozganlar. U kishi bularning barchasini yozib ulgurdilaru, biz o'qib ulgurmaymiz, — dedilar.

Keyin men:

-Tog'ajon mana siz she'rlar yozasizku, shularni qachon boshlagansiz? — dedim.

Shunda tog'am:

— Bilasanmi Muhammad Ayyub? Aslida bular ham Hazrat bilan bog'liq. U kishining vafotlari ko'plar qatori bizning oilaga ham juda qattiq ta'sir qildi. O'sha xabar kelgan vaqt ham Hazratning Hadis va Hayot kitoblaridagi janoza bobini u kishining ovozlaridan eshitib o'tirgandik. Dadamning do'stlari bor edi Erkin aka ismli. O'sha kishi Hazratimiz haqlarida ko'p narsalarni bizga aytib berardilar. Aynan o'sha kuni ham u kishi qo'ng'iroq qildilar. Dadam gaplashayotganlarida gap nima haqida ekanini bilmas edim. Go'shakni qo'ygach dadam o'sha joyda turib qoldilar. Ko'zlaridan shashqator bo'lib oqayotgan alamli ko'z yoshlari bilan zo'rg'a «Hazrat» deya oldilar. Men esa gap nimada ekanini allaqachon anglagan, shuning uchun ham dadam bilan barobar yig'lashni boshlagan edim. Keyin esa Hamma ishimizni to'xtatdik. Janozga borish uchun hozirlik ko'rdik. Hazratimizni shahrimizdagi Ko'kcha dahasida joylashgan qabristonga qo'yishlarini eshitdik. Hayollar parishon holda yo'lda ketib borar ekanmiz, har doim ko'zimizga go'zal bo'lib ko'rinadigan ko'chalar, bu gal mahzunlikka burkangandek ko'rinardi. Odamlar Ko'kchaga huddi oqar suvdek mavj urib oqib kelishardi. Hazratimizni sevgan, u kishini ardoqlagan va so'nggi manzilga kuzatish uchun kelgan dillar aynan o'sha kuni uchrashishdi.

Biz masjid erto'lasiga joylashdik. Hazratimizning tobutlaru atrofida sodir bo'layotgan ishlardan biz faqat mikrafon orqali xabardor edik. Keyin janoza namozi o'qildi. Janozani Hazratimizning o'g'illari Ismoiljon Muhammad Sodiq o'qidilar. Ko'z yosh va dardu hasrat bilan duolar qilindi. Janoza qabriston sari qo'zg'aldi. Men yrto'ladan chiqishga urundim. Lekin afsuski chiqa olmadim. Zina oldida turganimda yuqoridan Hazratning tobutlarini olib o'tishdi. Ana shu holatda u kishini so'nggi bor ko'rishim edi.

Keyin esa odamlar sekin asta tarqalishni boshladi. Olamon ko'z yoshlari bilan bir-biriga ta'ziya izhor qilardi. Biz ham yana o'sha o'ychan nigohlar bilan ortga tikilgancha uyga qaytdik. Uyda ham hech kim bir biriga gapirmas, hamma o'z holicha qayg'uga cho'kkandi. Atrofdagi do'stu yorlardan ta'ziyaga bitilgan maktublar va she'rlar yog'ilishni boshlagan, men esa ularni ko'z yoshim bilan o'qir va boshqalarga ham o'qib berardim.

Shu zaylda o'tayotgan ettinchi kunda Hazratimni sog'inib, u kishiga atalgan ilk she'rimni yozgan edim. Mana oradan shuncha vaqt o'tdi. Lekin dillar hanuz u kishini sog'inganicha qoldi. Allohdan u kishiga mag'firat va rahmat so'rab duolar qilamiz. Bizni ham u kishiga ergashtirishini yolborib so'raymiz, — deganlaricha ho'ng-ho'ng yig'ladilar. Men ham tog'ajonim bilan birga yig'ladim…

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив