Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Norvegiya infektsiyani nazorat qilish bo'yicha direktori Frode Forland...
Shu yilning 20 martida Shvetsiya poytaxtidagi Nordic muzeyidan (Nordiska...
Koronavirus pandemiyasidan aziyat chekkan kompaniyalardan biri G-Star Raw...
Shvetsiyaning SVT davlat kanalida Saab kompaniyasining Gripen E / F qiruvchi...
Dunyoda 500 mingdan ortiq odamni o'ldirgan COVID-19 o'pkaga katta darajada...
Shvetsiya immigratsiya idorasi 2020 yilning dastlabki 6 oyida 44 ming 597 ta...
Ikki yuzdan ortiq olim odamlari Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkilotiga bog'lanib,...
Shvetsiyadagi Uyg'urlar Ta'lim Jamiyatining a'zolari yomg'irga qaramay, 2009 yil...
Olmoniyalik virusolog: Koronavirusning ikkinchi to'lqini bo'lmaydi...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Paulette
No hay nada más! Si buscas una relación de pareja deje de tus nuevo, describirte más de lo que me gustaría en el...
10 июля 2020 23:28
Clarice
Correctamente: "¿Qué hace estudiar, me registro en la nube?" Semione Experimento. De lo que sí hay que dar...
10 июля 2020 23:14
Dennis
Si ninguna queja (pero ya nada!) terminará tareas rondeores en la comida de la playa (no hace días) antes de tumbajar...
10 июля 2020 22:57
Violet
No obstante, podemos compartir vuestras vidas y formar parte del período de tus dedos", señala. Si a veces es por eso...
10 июля 2020 22:56
Популярные новости

Ikki ayol taqdiri

14 май 2017, 18:48, Admin
0 комментариев    359 просмотров

    Ikkinchi xotin. Bu so'zlar xuddi chaqmoqdek quloqlarim ostida yangradi. «Ikkinchi xotinni nima qiladi? Nahotki endi oldingidek meni yoqtirmayotgan bo'lsa? Hech qachon! Hech qachon u xotinni qabul qilmayman! Agar ikkinchi xotinni xohlasangiz, mayli, ammo men uydan ketaman».

Bu so'zlarni bir necha yillar oldin, erim ikkinchi xotinga uylanmoqchi ekanligini aytganida gapirgan edim. U ayolning 4 nafar farzandi bor va ajrashganiga ham ko'p bo'lmagan ekan. Erimning gaplariga ko'ra u ayol juda qiyin ahvolda qolgan, puli yo'q, bolalarini qanday boqishni bilmayotgan ekan. «Bolalarning otasi qaerda? Bolalarni boqishga u mas'ul emasmi? Nima uchun begona odam bu mas'uliyatni o'z bo'yniga olishi kerak?»– savol berdim erimga. Axir xotinlikka olmasdan ham moddiy yordam berish mumkin-ku?

Erimning ikkinchi xotini bo'lishini o'zimga sig'dira olmas edim. Erimni boshqa ayol bilan bo'lishmoqlik. Uning muhabbatini, kulgusini, mehrini bo'lishmoqlik. Birgina bu haqda o'ylashning o'zi og'ir edi. Uning uchun shuncha harakat qilib turganimda, nahot menga kundoshni ravo ko'rsa? Axir erim uchun umr yo'ldoshi, mahbubasi, bolalarining onasi, uyining bekasi bo'lsam. U bo'lsa ikkinchi xotinga uylanib, meni yomon xotin deya kamsitmoqchimi?!

Yo'q, ikki dunyoda ham kundoshni qabul qilmayman. Agar u bu uyga kelsa, demak, men ketaman. Qisqa va lo'nda. Agar erim turmushimizni, farzandlarimizning  hayotini boshqa ayolga alishmoqchi bo'lsa, mayli. Lekin mening ishtirokimsiz.

Bu kunlar xotirada qoldi. O'shanda menga hayot abadiydek, hech narsa o'zgarmaydigandek tuyulardi. Ammo hamma narsaning ham yakuni bo'lar ekan.

Erim u ayolga uylanmadi. Mening iltimoslarim, uydan ketishimni aytib qilgan do'q-po'pisalarimdan so'ng bu fikridan qaytdi. U ayolning hamda farzandlarining taqdiri qanday kechdi menga korong'u. Menimcha, boshqa shaharga ko'chib ketishgan.

Erimning ikkinchi xotin haqida gapirmay qo'yganidan baxtiyor edim. Erimni ushlab qoldim, lekin baxtiyor kunlarimiz yakuniga etayotgan ekan.

So'nggi so'zlari boshlari og'riyotgani hamda Xufton namozigacha yotib olmoqchiligi edi. O'sha kecha erim Xuftonni o'qimadi, qaytib uyg'onmadi ham.

Erimning nogahon vafotidan gangib qolgandim. Butun umrimni bergan insonimdan bir zumda ayrilib qoldim. Uzoq vaqt o'zimga kela olmadim. Ikki orada ishlar ham orqaga ketgan ekan, birin-ketin mulkimizdan ayrila boshladik: mashina, uy-joy, do'kon.

Akamnikiga ko'chib o'tdik. Farzandlarim bilan shundoq ham gavjum bo'lgan akamning uyini to'ldirib yubordik. Bora-bora kelinoyim tomonidan noroziliklar boshlandi. Boshqalar hisobidan yashamaslik uchun ishlashim kerak edi. Ammo malakam yo'q edi.

Erim tirikligida hamma narsam bisyor bo'lgan. Biror kasbga o'qishga yoki ishlashga ehtiyojim bo'lmagan. Uy va farzandlarim bilan ovora edim. Oldingidek yosh bo'lmaganim sabab, hayot qiyinlashdi. Har bir yangi kun menga va farzandlarimga yangi sinov edi.

Kunlardan bir kun akam bir odam uylanmoqchi ekanini, o'zi taqvodor va yaxshi inson ekanini aytib qoldi. Har taraflama menga yokdi, lekin sharti men ikkinchi xotin bo'lishim kerak edi.

«Ikkinchi xotin» – bu ibora hayotimda ikkinchi marotaba yangradi. Faqat umuman boshqa sharoitlarda.

 U kishi bilan akamning uyida ko'rishdik, suhbatlashdik. U menga yokdi, unda benazir xulq mujassam etgan edi. Xotinining ikkinchi xotin olishiga qarshi ekanligini, mos nomzod topganini aytsa, xotinining munosabati kutilmagan bo'lishi mumkinligini aytdi. Bu kishining javobi xotinining kundoshni qabul qilish yoki qabul qilmasligiga bog'liq ekanini aytdi.

 O'sha tunda istixora qildim. Taqdirim shu kishi bilan bog'lanishini xohlar edim. Bir necha yillar avval mening qanday qaror qabul qilishimdan boshqa bir ayolning taqdiri hal bo'lishi mumkin bo'lgani esimga tushdi. Qachonlardir og'ir ahvolda qolgan bir ayolni oilali bo'lishdan mahrum qilganim yodimga tushdi va Alloh meni jazolashidan qo'rqib ketdim.

Istig'for aytib, tavba qildim. Qachonlardir qilgan ishim noto'g'ri ekani va bu uchun tavba qilishim kerakligi xayolimga ham kelmagan ekan. Menga tegishli bo'lgan narsani himoya qilyapman deb o'ylaganman. Mana endi o'zim shu holatga tushganim sababli, qilgan xatoyimni tushunayotgan edim. U ayol meni qabul qilishini iltijo qilib so'rardim.  

Bir necha kun o'tgach, u kishi qo'ng'iroq qildi va qiyin bo'lsa-da, xotinining rozi bo'lganini hamda men bilan ko'rishish niyatida ekanini aytdi.

Uchrashuv kuni hayajonim to'lib-toshardi. Allohdan madad so'rardim. Uchrashgach, xuddi men kabi o'z erini sevuvchi va undan ayrilib qolishdan ko'rqayotgan ayolni ko'rdim.

 Mushkul xolimda men uchun  – bu ishonch va yordam qo'li edi. Bu ayol menga men o'z vaqtida bo'la olmagan suyanch va umid bo'ldi. Undan bir umr minnatdorman.

 O'z erini men kabi hech kim seva olmaydi, deb o'ylagan edim. Kundoshim esa muhabbatning asl mohiyatini menga ko'rsatdi.

Biror kimsaning qanchalik qiyin ahvolda ekanini shu kishining vaziyatiga tushmaguncha bilmaymiz. U yoki bu sharoitni  Qur'onga muvofiq  baholab, qaror qabul qilsak, Alloh o'zining marhamatini yuboradi, inshaalloh.

 

MuslimVillage.com

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив