Mevalar:
Qorag'at (smorodina)
Qulupnoy
Malina
Birinchi navbatda barcha mevalar tozalanib, yuviladi. Bu mevalar hohishingizga qarab o'zgartirilishi mumkin.
Oldindan yuvib, quritilib, sterillangan 3 litrli bankalarga 150 gr. shakar va mevalar aralash solinadi.
So'ngra uni ustidan shaqillab qaynab turgan suv solinadi. Bankalar og'zi temir qopqoqda yopilib, to'mpariladi. Bankalar usti qalin narsalar bilan o'raladi va shu holatda 3 kun davomida sovutiladi.