So'nggi yangiliklar
Shvetsiyada Kovid-19 ning Omikron mutatsiyasi holatlari o'sishda davom etar...
Shvetsiyada Kovid-19 tufayli o'limning ko'payishi yosh chegarasini ham...
Shvetsiyada kecha kuni yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) tufayli hayotdan...
JSST Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus global sog'liqni saqlash...
Shvetsiyaning Trollhättan shahrida 71 yoshli erkak qorni tozalash paytida yurak...
Shvetsiyaga noqonuniy bo'lgan qochqinlar politsiya tomonidan faol qidiriladi va...
Garvard universitetida o'tkazilgan tadqiqotga ko'ra, Shvetsiya Evropaning...
Rojdestvo bayrami munosabati bilan Shvetsiyada sarf-xarajatlar rekord darajaga...
Epidemiyaning kuchayishi munosabati bilan Sog'liqni saqlash boshqarmasi ba'zi...
Shvetsiyadagi Mo''tadil o'ng Moderat partiyasining Iqtisodiyot bo'yicha kotibi...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
shopheism
Интернет-магазин «Акки» – рай для любого анимешника. Если любишь аниме, мангу, к-поп и вообще японскую культуру, скорее...
Сегодня, 00:19
Lashonda
Piss in men Hot couple amateur before party Masturbating in stockings skirt Vicky vette humiliation xhamster jeans hole...
Вчера, 22:46
leotMic
Интернет-магазин «Станки-БУ.РФ» предлагает приобрести промышленное оборудование для обработки дерева и металла в...
Вчера, 21:03
Izetta
Всем привет! Хочу показать тебе отличное казино с лучшей отдачей Пари матч! ТОП казино на гривны найдешь у нас! ...
Вчера, 19:41
Популярные новости

"Pul emas ota" haqida eshitganmisiz

03 янв 2019, 00:45, Admin
1 комментарий    695 просмотров


"Pul emas ota" haqida eshitganmisiz

Yurtimizda nomlari tarixiy shaxslarning ismlari bilan bog‘liq mashhur qadamjolar, masjid va qabristonlar ko‘p. Jumladan, Toshkent shahri Hamza tumanida joylashgan "Pul emas ota" qabristoni va masjididir. Ushbu nomni eshitgan yoki bu erga ilk bor kelgan kishini "Pul emas ota"ning kim bo‘lgani va nima sababdan bunday ta’riflanishi qiziqtirishi tabiiy. Qadimiy "Pul emas ota" qabristoni yonida 1992 yili barpo etilgan masjid binosini kengaytirib qurish haqidagi yangilikni eshitib, masjid hududidagi jamoat ahlining quvonchi cheksiz. Biz ham ularning xursandchiiligiga sherik bo‘lish maqsadida mahalla oqsoqoli, imom-xatib va “Pul emas ota” haqida bilimga ega olimlarning fikrini o‘rganishga harakat qildik.
Xayrullo Tog‘aev (“Pul emas ota” masjidi imom xatibi):
“Masjidga birinchi marta kelgan kishi uning nomi bilan qiziqadi. Men ularga og‘izdan-og‘izga o‘tib kelayotgan ushbu rivoyatni aytib beraman: “Bundan besh-olti asrlar oldin ushbu hududdan o‘n uch kishi haj ibodatini bajarish uchun yo‘lga chiqishgan. Nihoyat etti oy deganda haj safaridan bir kishigina sog‘-omon uyga qaytgan. Undan qolganlar haqida so‘rashganida, hajdan qaytishimizda yo‘lda ochlik bizni qiynadi. Eyishga biron narsamiz qolmagan. Kimsasiz biyobonda bir fil bolasini uchratdik. Sheriklarim ochlikdan o‘lgandan ko‘ra, fil bolasini so‘yib eyishni afzal bildi. Men esa emadim, daraxt izdizlarini kovlab topib eb jon saqladim. Oradan uch kun o‘tgach, ortimizdan ona fil etib keldi. Sheriklarimni o‘ldirdi, meni qayta-qayta hidlab ko‘rdiyu, zarar etqizmadi. U biz so‘ygan filning onasi edi. Bolasini kim eganini hididan ajratar ekan, deb javob bergan ekanlar. Shundan so‘ng erlik aholi fil bolasini emay, hajdan sog‘-omon qaytgan ushbu valisifat kishining ismini aytmay, “Fil emas ota” deya ta’riflashgan. U zot hajdan qaytganidan so‘ng bir chillaxona qurib, ibodat bilan mashg‘ul bo‘lgan. Shogirdlari shu erda dehqonchilik qilishgan. Yo‘lovchi musofirlar ehtiyojiga meva-sabzovot so‘rashsa, ulardan pul olmay, shundayligicha hadya qilar ekan. Odamlar orasida “Pil emas ota” nomi bilan tanilgan bu kishini xalq “Pul olmas ota”, deb ham ta’riflay boshlagan. Keyinchalik xalq og‘zida bu gap “Pul emas ota” bo‘lib ketgan”.
Biz masjidni hashar yo‘li bilan qayta qurmoqchi bo‘lib, rahbariyatdan ruxsat so‘raganimizda, ushbu hudud 10-12 asrlarga oid arxiologik yodgorliklar joylashgan o‘rin bo‘lib, Toshkent shahar va Toshkent viloyati Madaniy meros ob’eklarini muhafaza qilish va ulardan foydalanish Davlat inspektsiyasi ro‘yxatida turadi, ular bilan maslahatlashish zarur, deyishdi. Shundan ma’lum, bu er ko‘p yillik tarixga ega joydir. Holbuki, o‘rta asrlarga oid topilmalar haqidagi ma’lumotlar ko‘plab tarixchilar tomonidan yozib qoldirilgan. Biroq mo‘g‘illar istilosi davridagi 10-12 asrlardagi yodgorliklar ko‘pam saqlanib qolmagan, borlari ham qisqa, aniq ma’lumotlarni yo‘q qilib tashlangan. Balki bu zot haqidagi ma’lumotlar ham bosqinchilar tomonidan yo‘q qilingan bo‘lishi mumkin.
Suyundiq Mustafoev (tarixshunos olim):
“Pul emas ota” Toshkent shahridagi e’tiborli ziyoratgohlardan biridir. U erga hanuz ixlosmand ziyoratchilar hatto Chimkent va O‘sh shaharlaridan ham kelib turishadi. Qadimshunoslarning tadqiqotlari xulosasiga ko‘ra, bundan qariyib besh-olti asr oldin ham “Pul emas ota” mavzesida odamlar yashagan, biroq kimlar maskan tutgani noma’lum. Ko‘plab tarixiy asarlarda “Pul emas ota” degan joy nomi keltiriladi. Jumladan, “Tarixi jadidayi Toshkand” asarida Yunusxo‘ja o‘n sakizinchi asr oxirlarida, sanjiqli, qirq, qiyot, turk va qang‘li urug‘lari yordamida hokimiyatni qo‘lga kiritgani, g‘alabadan so‘ng ularga shahar atrofidagi erlarni bo‘lib bergani aytiladi. Shunda Yunusxon madrasasi Yunusxon mozoriga vaqf qilingan erlardan tushgan daromad hisobiga faoliyat yuritishi va madrasaning Alachchaxon (Sulton Ahmadjon, 1485 1502 yillarda Sharqiy Mo‘g‘iliston xoni) muhri bosilgan vaqfnomasi bo‘lgani, mozor va madrasaning Salor arig‘i kun chiqar tomonida joylashgan “Pul emas ota” mavzeda ham vaqf eri bor edi, deya qayd etiladi. 1884 yilgi hujjatlarda ham ushbu vaqf qayd etilib, Niyozbek volostining Pul emas mavzesi, deb ko‘rsatiladi. Ushbu faktlarga suyanib, Pul emas ota Yunusxonnng muridlaridan biri bo‘lgan, u ushbu vaqf erlarida mehnat qilib, tariqat sulukini davom ettirgan, deya taxmin qiluvchilar ham yo‘q emas. Ammo “Pul emas” ota mavzesi qadimdan borligi, u zotning hayoti haqidagi ma’lumotlar bizgacha etib kelmagani olti-etti asr oldin yashagan degan taxminlarni keltirib chiqaradi.
Ma’rufov Abdulatif hoji (88 yoshli otaxon):
Biz Ko‘kcha dahasi tomondan bu erga ko‘chib kelganimizda men yosh bola edim. Har-har joyda yakkam-dukkam ovul bor edi. O‘shanda ushbu qabristonga endi mayitlar qo‘yila boshlagan. Rahmatli dadamlar, bu joy qadimda ham qabriston bo‘lgan. Botin bo‘lib ketgach, bunisi to‘rtinchi yo beshinchi marta qaytadan odam qo‘yilishidir. Bu erlar valiylarning qadami tekkan qutlug‘ joylar, deb aytgan edilar. O‘sha paytlarni eslasam, dunyoning shunchalik tez o‘tganidan dilim vayron bo‘ladi. Hozirgi masjid o‘rnida bir kichik xonaqoh bo‘lib, biz urushdan keyingi yillar u erda ikki hayit namozlarini bekinib o‘qir edik.
Saksoninchi yillarning o‘rtalari edi. Go‘rkov mayitni qo‘yish uchun qabristonning bir joyini kovlaganida, bir jasad chiqqan. U qanday qo‘yilgan bo‘lsa, shundayligicha turganiga biz ham guvoh bo‘lganmiz. Kafan to‘r setka kabi g‘ira-shira qilib mayyitni to‘sib turardi. Tezlikda qabr og‘zini berkitishni maslahat berdik. Keyinchalik, bu erga qachon kimlar ko‘milganini surishtirganimizda, ikkinchi jahon urushi yillarida etim bolalarni tarbiyalab olgan bir onaning jasadi bo‘lishi kerak, degan taxminlarga bordik. Ehtimol shundaydir. Biroq bu erning oldindan qabriston o‘rni bo‘lganining bu ham bir tasdig‘idir.
Allanazarov Abduazim (“Umid” mahallasi raisi):
Men esimni taniganimdan buyon “Pul emas ota” qabristonini bilaman. Rahmatli dodamlar bu erga ulug‘larning qadami tekkan. “Pul emas ota” qabristoni olti-etti asrlik tarixga ega, qadimiy joylar, derdilar. Yoshligimizda kichik xonaqoh yonidagi keng maydonda hayit namoziga chiqqanlarim, amakilar shirinlik tarqatishgani elas-elas yodimda. Yurtimiz istiqlolga erishgach, 1992 yili mahalla faollari ishtirokida Ma’rupov Abdulatif hoji boshchiligida yangi masjid barpo etildi. “Maxmur”, “Umid”, “Mirzo Ulug‘bek” va "Beshbola" mahallalari hududidagi namozxonlarning diniy marosimlarining ado etilishida ushbu masjidning o‘rni beqiyos. Masjidni qayta qurishga rahbariyat xayrixoh ekanini eshitib, jud xursand bo‘ldim. Chunki keyingi paytdarla juma va janoza bo‘lgan kunlari masjid xonaqohi namozxonlarga biroz torlik qilmoqda. Ayniqsa, ikki hayit bayram namozlarida odamlar sig‘ishmasdan qabriston ichiga kirib, o‘tgan ajdodlarimizning hokini oyoqosti qilish hollari ko‘p takrorlanmoqda.


Abdulvohid O‘razov
Manba: e-tarix.uz
Комментарии
  1. sex gay dating gay pixel art eroge -dating gay dating age difference
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив