Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Migrantlar zich yashaydigan Rinkeby tumanida qora kiyingan va niqobli...
Stokgolm okrug sudi hafta boshida sudda bo'lgan Rokini ozod qilishga qaror...
OAV xabarlariga ko'ra, har yozda Kaliforniyaning shimolidagi Gilroy sarimsoq...
Shvetsiyada so'nggi kunlarda haroratning ko'tarilishi va tabiatda yong'inning...
Prezident Donald Trump, uch hafta oldin Shvetsiya poytaxti Stokgolmda, rapchi...
O'tgan yili Birlashgan Qirollik, Germaniya va Fransiya harbiy samolyot...
Shvetsiyaning poytaxti Stokgolmdagi texnologiya kompaniyasi Furhat Robotics...
Rossiya havo kuchlarining ikki Tupolev Tu-160 strategik bombardimchisi Baltic...
Mahalliy politsiya xabariga ko'ra, kichik samolyot Umeå shahri yaqinida...
Tashqi ishlar vaziri Margot Vallstrom matbuot anjumanida, yadroviy ta'qiqlash...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Pavel
Здравствуйте, дайте пожалуйста номер редакции журнала "Bolajon" Zdrastvuyte Vse danniye redaktsii ukazan v jurnale ...
24 мая 2019 11:20
MariaJut
просто улет металлические двери...
4 мая 2019 21:31
Patsywaymn
оч даже! бесплатные схемы заработка...
25 апреля 2019 11:25
WebffreyGog
Moskva viloyat sudida otishma ro‘y berdi. “GTA to‘dasi”ning uch a’zosi o‘ldirildi » Shvetsiya madaniyat markazi :-(...
1 марта 2018 00:26
Популярные новости

Mo‘g‘ullar istilosi

22 июн 2019, 15:00, Admin
0 комментариев    37 просмотров


Mo‘g‘ullar istilosi

Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ullarning Osiyo va Sharqiy Evropaga qilgan bosqinchilik yurishlari (13-a.). Mo‘g‘ul no‘yonlari harbiy tashkilot tuzib, ko‘p xalklarni bosqinchilik urushiga tortdilar. Ular qo‘shinining asosiy kuchi — ko‘chmanchilardan iborat ko‘p sonli va juda harakatchan otliq askarlar edi. Ular bosqinchilik urushlarida bosib olgan mam-lakatlarining harbiy kuchi va texnika yutuqlaridan ham foydalanganlar. Qo‘shin birlashgan qo‘mondonlikka ega bo‘lib, qattiq intizom va yaxshi qurollanganligi hamda o‘zining jangovar sifatlari bilan qo‘shni mamlakat qo‘shinlaridan ustun turar edi. Osiyo va Sharqiy Evropaning juda ko‘p mamlakatlaridagi ichki nizolar va rahbar tabaqaning xoinligi mo‘g‘ullarning osonlik bilan g‘alabaga erishishiga qo‘l keldi.

Chingizxon boshliq mo‘g‘ullar davlatining tashkil topishidan boshlanib, 13-a. oxiriga qadar davom etgan. 1207—11 yillarda Sibirь va Sharqiy Turkiston xalqlari (buryat, yoqut, oyrot, qirg‘iz va uyg‘urlar) bo‘ysundirildi. Tangut davlati (Si-Sya)ga qarshi bir qancha yurishlar qilindi (1227 yil butunlay vayron qilindi). 1211 yil Chjurchjen davlati (Shim. Xitoy)ga hujum boshlandi, 90 ga yaqin shaharni vayron qilib, 1215 yil Pekinni bosib oldilar. 1217 yil Xuanxe daryosining shimoldagi erlarning hammasi mo‘g‘ullar qo‘liga o‘tdi.

Mo‘g‘ullarning Movarounnahrni istilo qilishi

O‘tror voqeasi va undan keyin Chingizxon elchisi Ibn Kafroj Bug‘roning o‘ldirilishi, Movarounnahrga Chingizxonning bostirib kirishi uchun bahona bo‘ldi. Bu yurishda Chingizxon dastlab Sharqiy Turkiston va Ettisuvni zabt etdi. Chingizxonning Movarounnahrga bosqini avvaldan puxta tayyorgarlik ko‘rib rejalashtirilgan edi. Chingizxon G‘arbga harbiy yurishini boshlamasdanoq o‘z dushmanining kuch-qudrati va urushga tayyorgarligi to‘g‘risida savdogarlar orqali to‘plagan ma’lumotlarini sinchiklab o‘rganib, Xorazmshohlar davlatinmng ichki ahvolidan to‘la voqif edi. Xorazmshoxlar davlati ko‘p sonli turkiy qo‘shin va yaxshi qurollangan ko‘ngillilar lashkari qamda etarli oziq-ovqat zaxirasiga ega edi. Afsuski, xorazmshoh bilan sarkardalar o‘rtasida mavjud ixtiloflar avval boshdanoq bunday ustunlikdan foydalanishga imkon bermadi. Kengashda fikrlar bo‘linib ketdi. Xorazmning mashhur faqihi, muftiy Shahobiddin Xivaqiy barcha qo‘shin (400 ming askar)ni Sirdaryo bo‘yiga to‘plab, uzoq yo‘l safarida toliqib kelayotgan mo‘g‘ullarni qarshi olish, dushmanga hali o‘zini o‘nglab olmasidan turib, bor kuch bilan katta jangda to‘satdan zarba berish to‘g‘risida birdan-bir to‘g‘ri fikr bayon qiladi. Birok. Muhammad xorazmshohga bunday fikr ma’qul bo‘lmaydi. Chunki, u o‘zining oliy lashkarboshilaridan bo‘lgan qipchoq lashkarboshilarga tamoman ishonchsizlik bilan qarar edi. Shuning uchun ham u katta qo‘shinni bir joyga to‘plashdan va ular fursatdan foydalanib uni taxtdan ag‘darib tashlashlaridan qo‘rqar edi. Askariy kuchini qal’a va istehkomlarga bo‘lib yuborib, ayrim shaharlarni mo‘g‘ullarga qarshi qo‘yish bilan dushmanga zarba bermoqchi bo‘ldi. Xorazmshoh mo‘g‘ullarning asosiy zarbasi Movarounnahrning Zarafshon vodiysiga qaratilsa kerak degan fikr bilan Samarqand va Buxoro shaharlarini mustahkamlashni buyurdi. Samarqandning tashqi devorini qayta qurish maqsadida shahar aholisidan hatto bir yil ichida 3 marta xiroj ham yig‘ib olinadi. Barcha ko‘rilgan chora-tadbirlarga qaramasdan xorazmshox hujumga tayyor emas edi. 1219 yilning kuzida Chingizxon xorazmshoh saltanatiga qarshi yurish boshladi. Jami askari 200 mingga yaqin bo‘lgan mo‘g‘ullarga uyg‘ur xoni Idiqut va Olmaliq hukmdori Sig‘noq teginlar ham o‘zlarining harbiy kuchlari bilan qo‘shilgan edi. Chingizxon O‘tror shahar yaqinida, Movarounnahr va Xorazmni qisqa muddat ichida zabt etish uchun qo‘shinini 4 qismga bo‘ladi. Uning bir qismini o‘g‘illari Chig‘atoy va O‘qtoy boshchiligida O‘trorni qamal qilish va uni egallash uchun qoldirdi. Ikkinchi qismga Jo‘ji boshliq etilib, Sirdaryo etagi tomon yuboriladi va unga Sig‘noq, O‘zgan, Barchinlig‘kent, Jand, Yangikent va boshqa shaharlarni bosib olishni buyuradi. 5 ming kishilik uchinchi qo‘shinni Oloq no‘yon hamda Suketu-cherbi qo‘mondonligida Banokat va Xo‘jand shaharlari tomon yuboradi. Chingizxonning o‘zi asosiy kuchlari bilan Qizilqum orqali Buxoro tomon lashkar tortadi. Inolchiq rahbarligida o‘trorliklar shaxarni mudofaa qilib 5 oy davomida o‘z qo‘llarida ushlab turadilar. Nihoyat mo‘g‘ullar shaharni egallashga muvaffaq bo‘ladi. Aholini shahardan tashqariga haydab chiqaradilar va qatl etadilar, shaharni esa talaydilar (yana q. O‘tror mudofaasi). Shu asnoda Buxoroga yo‘nalgan Chingizxonning asosiy kuchlari yo‘lda Zarnuq va Hyp qal’alarini ishg‘ol qiladilar. 1220 yil fevralda Chingizxon Buxoroga etib boradi. Mo‘g‘ullar Buxoroni vayron qilgandan keyin Samarqandga yo‘l oldi. Chingizxon Buxorodan haydab keltirgan asirlardan tashqari o‘g‘illari Chig‘atoy va O‘qtoylarning O‘trordan olib kelgan bandilarini ham Samarqand qamaliga safarbar etadi, Muhammad xorazmshoh Subutoy bahodir va Jebe no‘yon bosh bo‘lgan mo‘g‘ul qo‘shinining ta’qibidan qochib, Kaspiy dengizining janubdagi orollardan birida panoh topadi va sal vaqt o‘tmay g‘ariblikda zotiljam kasali bilan vafot etadi. Bu davrda mo‘g‘ullarning Jo‘ji boshliq askariy qismlari Sirdaryo etaklarida bosqinchilik qilmoqda edi. Jo‘ji shaharni jangsiz taslim bo‘lishini talab qilib, Sig‘noqqa elchi sifatida yuborgan Hasanxoja ismli savdogarni sig‘nokliklar o‘ldiradilar. Bundan darg‘azab bo‘lgan Jo‘ji shaharga hujum boshlaydi. Bosqinchilar shaharni talab, aholisini bitta qoldirmay qiradi. Bu voqeadan dahshatga tushgan O‘zgan shahar aholisi mo‘g‘ullarga jangsiz taslim bo‘ladi, ammo, Barchinlig‘kentni olishda yana kuch ishlatadilar. 1220 yil Jandga hujum boshlaydilar. Jand noibi Qutlug‘xon shaxarni tashlab Xorazmga qochadi. Bosqinchilar Jandni qarshiliksiz egallab, uni talaydilar. Aholisining qurollangan qismi qatl etilib, shahar vayron qilinadi. Bu vaqtda Oloq no‘yon, Suketu cherbi va To‘g‘ay kabi mo‘g‘ul sarhanglari 5 ming qo‘shin bilan Banokat va Xo‘jand shaharlari ustiga yuradi. Banokat himoyachilari qilichdan o‘tkazilib, qolganlari qullikka mahkum etiladi. Shahar zabt etilgach, navbat Xo‘jandga keladi. Asli nasabi turk bo‘lgan Temur Malikning shaxsiy qaxramonligi bilan xo‘jandliklar mo‘g‘ullarga kutilmagan qarshilik ko‘rsatadilar. Juvayniy va Rashiduddinlarning asarlarida Xo‘jand qamalida 20 ming mo‘g‘ul va 50 ming asir qatnashganligi aytilgan. Biroq, himoyachilarning kuchi teng bo‘lmaganligidan Temur Malik shaharni tashlab chiqib ketishga majbur bo‘ladi. 1220 yilning yozida Movarounnahr janubida shu vaqtgacha bosib olinmagan shaxarlarni zabt etishga Chingizxonning shaxsan o‘zi kirishadi. Avval u Nasafga bostirib kiradi. Shaharliklar dahshatga tushib shahar darvozalarini ochib beradilar. U Termizga askar tortadi. Termizning noibi Faxriddin Xabash qattiq qarshilik ko‘rsatadi. Termiz shahar va aholisi ham mo‘g‘ullarga qarshilik ko‘rsatgan boshqa shaharlar fojiasini boshidan kechirdi. Sirdaryo havzasi, Zarafshon va Qashqadaryo vohalari, Amudaryo o‘rta oqimining o‘ng sohili viloyatlari zabt etilgach, Chingizxon asosiy kuchni xorazmshoxlar davlatining markazi Gurganjga tashlaydi. Bu harbiy kuchni Chingizxonning o‘g‘illari Jo‘ji, Chig‘atoy va O‘qtoylar boshqaradi. Xorazmshoxlar davlati bosib olingach, mo‘g‘ul jangarilari o‘z kuchini yirik savdo va madaniyat markazlari bo‘lmish Balx, Hirot, Marv va G‘azna kabi shaharlarga yo‘naltiradi. Ammo bu erda ular Jaloliddin Manguberdinnnt qattiq qarshiligiga uchraydi. Mo‘g‘ul qo‘shinining atoqli jangchilari Jaloliddinga qarshi tura olmaydilar. Mo‘g‘ullarning Parvon dashtidagi mag‘lubiyatidan keyin Chingizxon harbiy harakatlarni shaxsan o‘zi boshqaradi. Chingizxon G‘aznaga lashkar tortadi. Jaloliddin esa urushsiz Sind (Hind) daryosi sohillariga chekinadi. Daryo bo‘yida 1221 yilning noyabrda ikki o‘rtada qattiq jang bo‘ladi. Mo‘g‘ullarning pistirmaga qo‘ygan 10 ming nafarli saralangan lashkari jang oqibatini hal qiladi. Raqibining jasoratiga qoyil qolgan Chingizxon uni ta’qib qilish fikridan qaytadi. 1225 yilga kelib, mo‘g‘ul qo‘shinlarining asosiy qismi Mo‘g‘ulistonga qaytib ketdi. Jebe no‘yon va Subutoy bahodir qo‘mondonligidagi mo‘g‘ul qo‘shini g‘arbda urushni davom ettiradi va Shimoliy Eron orqali Zakavkazьega bostirib kirdi. Gruziya va Ozarbayjonning bir qismini vayron qildi. Kaspiy dengizi sohili bo‘ylab harakat qilib, alanlar eriga bostirib kirdi va ularni tor-mor keltirdi (1222). 1223 yil 31 mayda Kalka jangida mo‘g‘ullar birlashgan rus-qipchoq qo‘shinini engib, uni Dnepr daryosi etagigacha quvib, keyin O‘rta Volgaga chekindi. Biroq, Volga-Kama Bulg‘oriyasida mag‘lubiyatga uchrab, Mo‘g‘ulistonga qaytib ketdi (1224). Bu mo‘g‘ul otliq askarlarining kelgusida g‘arbga qilinadigan yurishlari oldidan olib borgan razvedkasi edi. Chingizxon vafot etgach (1227), O‘qtoyni Ulug‘ xon (qoon) deb ko‘targan qurultoy (1229) dan so‘ng mo‘g‘ullar 2 yo‘nalishda olib borildi. Sharqda Shim. Xitoy to‘la bosib olindi (1231—34) va Koreya bilan urush boshlandi (1231— 32). Mo‘g‘ullar bir qancha yirik yurish-lar (1236, 1254, 1255, 1259) dan so‘ng 1273 yil Koreyaning kattagina qismini bosib olishga muvaffaqbo‘lgan. 1229 yil Subutoy bahodir 30 ming kishilik qo‘shini bilan Yoyiq daryosi bo‘yiga chiqdi. Jo‘ji ulusining hukmdori Botuxon qo‘shini bilan birgalikda Kaspiy bo‘yi dashtlaridan saksin va qipchoqlarni siqib chiqarishga erishdi. 1232 yil mo‘g‘ul qo‘shinlarining Volga-Kama Bulg‘oriyasiga yorib kirishga urinishlari bekor ketdi. Jo‘ji ulusining kuchlari bilan g‘arbga qilingan hujum qam natija bermadi. 1235 yil qurultoy chaqirilib, unda boshqa uluslar harbiy kuchlarini Botuga yordamga yuborishga qaror qilindi. 14 mo‘g‘ul xoni ishtirok etib qo‘shinning umumiy soni 150 mingga etdi. 1236 yil kuzida mo‘g‘ul qo‘shinlari yana Volga-Kama Bulg‘oriyasiga qujum qilib, uni vayron qildi. Ular 1237 yilning bahori va yozida alanlar, qipchoqlar va O‘rta Volgabo‘yi xalqlari bilan urushni davom ettirib, kuzda Shim.-Sharqiy Rusga yurish qilish maqsadida hoz. Voronej atrofiga to‘plandi. 1237 yil qishning boshlarida Botu Ryazanь knyazligiga hujum qiddi, 6 kunlik qamaldan so‘ng Ryazanь taslim bo‘ldi. 1238 yil Kolomna ostonasida Vladimir knyazligi askarlarini tor-mor qildi. Mo‘g‘ul qo‘shinlari Kolomna va Moskvani vayron qilish bilan birga 1238 yil fev. oyi mobaynida 14 rus shaxrini (Rostov, Uglich, Yaroslavlь, Kostroma, Kashin, Ksnyatin, Gorodets, Galich-Merskiy, Pereyaslavlь-Zalesskiy, Yurьev, Dmitrov, Volok-Lamskiy, Tverь, Torjok)ni bosib oldi. 1240 yil kuzida Jan. Rusga yurish boshlandi. Dekabrning oxirlarida Kiev, Vladimir-Volinskiy, Galich va boshqa shaharlar bosib olindi.
1241 yil bahorida mo‘g‘ul qo‘shinlari rus hamda Sharqiy Evropaning boshqa xalqlari ko‘rsatgan qahramonona qarshiligiga qaramay, G‘arbga tomon ilgariladi. Botu qo‘shinining asosiy qismi Karpat dovonlari orqali Vengriyaga kirib bordi va qirol Bela IV ning 60 minglik qo‘shinini tor-mor keltirdi. Vengriya poytaxti — Pesht shahar ishg‘ol etilib, vayron qilindi, mamlakatning ko‘p qismi xarobaga aylantirildi. Ba’zi mo‘g‘ul otryadlari Sharqiy Chexiyagacha kirib bordi, Birok qirol Vatslav I tomonidan qattiq qarshilikka uchrab orqaga qaytdi. 1241 yil oxirlarida Botu o‘z qo‘shinining Avstriya va Xorvatiya orqali Adriatika dengizi tomon boshladi. 1242 yil sohilda joylashgan qal’alarni zabt eta olmagan Botu Bosniya, Serbiya va Bolgariya bo‘ylab orqaga qaytgan. Shunday qilib mo‘g‘ullarning Markaziy Evropaga qilgan hujumi tugadi.

Mo‘g‘ullar istilosi G‘arbda — Kichik Osiyo va Yaqin Sharkda uzoq muddatga cho‘zildi. Mo‘g‘ullar Zakavkazьeni bosib olgach, Ko‘niya sultonligink tor-mor keltirdi. 1256 yilda Huloku Eron va Mesopotamiyani, 1258 yil esa Arab xalifaligining poytaxti — Bag‘dodni bo‘ysundirdi. Mo‘g‘ullar Suriyani ishg‘ol qilib, Misrga qarshi hujumga tayyorlana boshladilar. Biroq, 1260 yil Misr sultoni qo‘shinlari bilan bo‘lgan jangda mag‘lubiyatga uchraganlar. Mo‘g‘ullar istilosi G‘arbda shuning bilan tugadi.

13-a.ning 2-yarmida mo‘g‘ullar Sharq va Jan.-Sharq mamlakatlarini zabt qilishga kirishdi. Mo‘g‘ul qo‘shinlari Jan. Sun imperiyasiga chegaradosh Dali davlati (1252—53) va Tibet (1253)ni bosib oldi. 1258 yil mo‘g‘ul qo‘shinlari har tomondan Jan. Xitoyga bostirib kirdi, biroq Munsening to‘satdan vafot etganligi tufayli Jan. Sun imperiyasini zabt etish kechikdi. 1267— 79 yildagina Jan. Xitoy yangi Ulug‘ xon — Xubilay tomonidan ishg‘ol qilindi. 1281 yil Yaponiyani bosib olish maqsadida 1000 kema, 100 ming kishilik Ko‘shin jo‘natilgan. Ammo, mazkur flot to‘fonda qolib g‘arq bo‘lgan. Mo‘g‘ullar o‘zlarining Jan.-Sharqiy Osiyoga qilgan yurishlarida Xitoy armiyasi va flotidan foydalangan bo‘lsalar-da, muvaffaqiyatga erisha olmaganlar. Mo‘g‘ul-xitoy qo‘shinlari bir necha yurishlar (1277 i. 2 marta va 1282, 1287 yillarda) dan so‘ng Birmani ishg‘ol qildi, biroq tezda (1291) u erdan haydab chiqarildi. Mo‘g‘ul-xitoy qo‘shinlari va floti bir necha marta Vьetnamga hujum qilib (1257, 1258, 1284, 1285, 1287-88), uni bo‘ysundira olmadi. Tьyampu davlati (Hindi xitoyning jan.-sharqida) ham o‘z mustaqilligini mo‘g‘ullardan himoya qila oldi. M.i. 1300 yil Birmaga qilingan yangi yurishdan so‘ng tugadi.
Mo‘g‘ullar istilosi davrida tarixiy va madaniy yodgorliklar vaxshiylarcha yakson qilindi. Mo‘g‘ullar istilosi va hukmronligi davrida mag‘lub va mazlum bo‘lgan xalqlarning yagona halokati shu bo‘ldiki, ular dush-manga qarshi barcha ichki nizolarni chetga surib, birgalikda kurashning zarurligini anglab etmadilar.
Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив