Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Breyvikning advokati, shuningdek, mijozi qamoqxonada izolyatsiya qilinishi...
So'nggi yillarda jahon iqtisodiyoti eng katta zarbani boshidan kechirayotgan...
Shvetsiya noshirlar uyushmasi hisobotiga ko'ra: Shved talabalarida o'qish...
Dunyodagi eng badavlat odamlardan biri, uning ismi koronavirus masalasi bilan...
Shvetsiyaning Göteborg shahrida sodir bo'lgan jinoyat voqea masalasiga oid 18...
Dunyoda COVID-19 tufayli o'lim soni 1 millionga yaqinlashar ekan, xitoylik...
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, bo'lib o'tgan shiddatli yong'inda bir keksa ayol...
Iyul oyidan boshlab holatlar va qurbonlar soni kamayganini ko'rgan poytaxt...
Yoz davomida Ikea asta-sekin epidemiya sababli yopilgan ko'plab yirik...
Ta'kidlanishicha, shaharchadagi ikki xil guruh o'rtasidagi nizo sababli 50...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
SavinaTig
1fd121 only today viagra and female generic viagra...
Сегодня, 05:06
YuliyaTig
a75611 cialis average price generic cialis online...
Сегодня, 05:04
YuliyaTig
a75621 wal mart cialis 5 mg price cheap cialis online...
Сегодня, 05:02
YuliyaTig
a75611 cialis 20 mg internet cialis online a75611 medikament cialis tadalafil generic cialis...
Сегодня, 05:02
Популярные новости

Amir Temurni Chexiyada qanday tasavvur qilishgan?

14 ноя 2019, 03:01, Hijronse
0 комментариев    357 просмотров



Amir Temurni Chexiyada qanday tasavvur qilishgan?
Ma`lumki, Sohibqiron Amir Temurning nomi asrlar mobaynida Sharqu G`arbda buyuklik, toj-taxt, saltanat timsoli bo`lib keladi. U haqda juda ko`p tarixiy, ilmiy va badiiy asarlar yaratilgan. Xususan, G`arbda yaratilgan ko`plab asarlarda Amir Temur shaxsiyatiga berilgan haqqoniy va xolisona bahoni ko`rish mumkin. Shu bilan birga ba`zi asarlarda uning nomi afsona va rivoyatlarga qorishgan holatda aks ettiriladi.

Sohibqiron dovrug`ining aks-sadosi

Amir Temur haqida Evropada bitilgan tarixiy asarlardan biri chex tilidagi “Hystorya o Tamerlánowi Králi Tatarském” (Tatar podshosi Amir Temur tarixi) kitobidir. Asar dastlab italyan yozuvchisi Petro Perondino tomonidan lotin tilida yozilgan bo`lib, “Buyuk hukmdor Amir Temurning hayoti” (Magni Tamerlanis Scytherum Imperatoris Vita) deb nomlangan. U ilk bor 1553 yilda Florensiyada nashr etilgan.

Uni chex tiliga Bartolomey Maser tarjima qilgan. Bugungi kunda ushbu nashrning to`liq nusxasi Chexiya Milliy kutubxonasida saqlanadi. Kitob muqovasiga ishlangan suvrat ham Amir Temurga tegishli emas. Aniqlanishicha, unda ancha avval chop etilgan kitob muqovasidagi eski rasm – chex qirollaridan birining tasviridan foydalanilgan.

Chex tilidagi tarjima asliyatidan ancha farq qiladi. Biroq asardagi juda ko`p ma`lumotlar Amur Temur shaxsiyati, uning hayotiga oid haqiqatlarga to`g`ri kelmaydi. Kitobda aytilishicha, sarkarda 1353 yilda Marokand (Samarqand nazarda tutilgan bo`lsa kerak) yaqinida tug`ilgan. Uning otasi shu atrofdagi o`rmonlarda cho`ponlik qilgan. Temur ilohiy kuchlar ta`sirida qashshoqlik va boshqa qiyinchiliklarni engib, ko`plab Sharq mamlakatlari hukmdoriga aylanadi. Uning boshchiligida Samarqand Sharqning eng go`zal shahriga aylanadi, dunyoning katta boyliklari u erga oqib borgan.

“Yuz million qo`shinga ega bo`lgan”

Ushbu asarda Amir Temurning turk sultoni sulton Boyazid bilan jangi, Evropa hukmdorlari bilan do`stona aloqalari haqida so`z yuritiladi. Muallif uning muvaffaqiyatli harbiy yutuqlarini alohida ta`kidlab o`tadi. Shu bilan birga uning yonida bo`lgan yaqinlari va do`stlarini hech qachon unutmagan. Temur erishgan yutuqlari tufayli tez orada «Baxtli qilich» (skiflar tilida Temirus Guthlus) deb nom olgan. Keyinchalik u oqsoqligi sabab, raqiblari tomonidan Temurlang deb ataladi. Bu nom keyinchalik Evropada Tamerlan atamasi kelib chiqishiga sababbo`lgan.

O`sha paytlarda Evropada usmoniylarga bo`lgan qo`rquv orta boshlagandi, shu bois Vizantiya imperatori Emmanuel Boyazidga qarshi kurashda Amir Temurdan yordam so`raydi, o`sha davrda “u yuz millionga yaqin piyoda va otliqlarga ega edi”.

Kitobda yozilishicha, sarkardaning turmush o`rtog`i baqtriyalik hukmdorning qizi bo`lgan va u ikkita o`g`il — Assenbek va Usunkasonlarni tug`ib bergan. Sarkarda 1402 yil 27 yanvarda 50 yoshida nafas qisishidan vafot etgan. Uning o`limini o`sha kunlarda ufqda paydo bo`lgan kometa bashorat qilgan.

Temurning o`g`illaridan hech biri otasining ajoyib xususiyatlarini meros qilib olmaganligi taassuf bilan eslanadi. O`g`illari otasining vafotida bir-biriga qarshi jang boshlagan, bundan foydalangan tobe mamlakatlar isyon ko`tarib ozodlikka chiqqan. Ikkala o`g`il zurriyotsiz vafot etib ketgan va saltanat tarqalib ketgan. Ushbu ma`lumotni Maser qaerdan olganligi sir bo`lib qolmoqda (lotin tilidagi nusxasida bunday ma`lumot yo`q).

Aslida hammasi boshqacharoq edi

Albatta, ko`rinib turibdiki, Amir Temur haqidagi ma`lumotlar bu kitobda biroz boshqacharoq ko`rinishda berilgan. Aslida Sohibqiron 1336 yil 9 aprel kuni Shahrisabz yaqinidagi Xo`ja Ilg`or qishlog`ida tug`ilgan. Uning otasi turkiylarning barlos urug`i beklaridan biri edi.

U o`z saltanatini islom ahkomlari asosida barpo etdi. Imkon darajasida barcha qo`l ostidagi mulklarni shariat arkonlari asosida boshqarishga harakat qildi. Uning juda ko`p ayollari, o`g`il qizlari bo`lgan. Manbalarda uning Umarshayx, Jahongir, Mironshoh, Shohrux ismli o`g`illari bo`lgan.

Kitobda tilga olingan “Amir Temur va Assenbek” aslida bir kishi — Oqqo`yunlilar hukmdori Uzun Hasanning Evropada tarqalgan ismlaridir. O`z davrida Uzun Hasan o`zini temuriylardan deb e`lon qilgan. Shu bois chexiyalik tarjimon ham Uzun Hasanni Amir Temurning o`g`li deb o`ylagan bo`lishi mumkin. Amir Temurning “yuz million qo`shin”ga ega bo`lishi ham shunchaki mubolag`a. Chunki hali dunyo tarixida bunday ulkan armiyaga hech bir saltanat ega chiqolmagan.

Amir Temurning avlodlaridan hech kim qolmagani haqidagi xabarlar ham noto`g`ri. Chunki uning eng so`nggi avlodlari 1858 yilgacha Hindistonda hukmronlik qilishgan.

Mazkur kitob tarixiy xatolardan xoli bo`lmasa-da, u o`rta asrlarda Evropada Amir Temur haqidagi tarqalgan qarashlarni o`rganishda katta ahamiyat kasb etadi. Nima bo`lganda ham, bu paytda Amir Temur G`arbda adolat, tenglik va hukmronlikning barqaror timsoliga ega bo`lib ulgurgan edi.
Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив