Foto: Reuters
Bu da’vo ishi otishmada jabrlanganlarning birinchi sud talabnomasi bo‘lib, u jarangdor bo‘lishi kutilmoqda.
Otishma davomida ko‘krak qismidan yaralangan va shifoxonaga tushgan Peyj Gasper Mandalay Bay mehmonxonasi va uning ta’sischi kompaniyasi MGM Resorts’ni qo‘pol sovuqqonlik va xodimlar malakasi sustligida aybladi. Talabaning fikricha, bu Stiven Peddokga mehmonxona xonasiga o‘qotar qurollar va o‘q-dorilarning butun boshli omborini olib o‘tish va o‘rnatish imkonini bergan. Peyjning fikricha, mehmonxona xavfsizlik xizmati ham otishmaga yetarlicha tezkor javob qaytarmasdan, Peddokga yanada ko‘proq kishilarni o‘ldirish va yaralash imkonini bergan.
Peyj Gasper, shuningdek, konsert tashkilotchisi Live Nation Entertainment kompaniyasini hududdan favqulodda chiqish sxemasini tayyorlamaslikda ayblamoqda.
Yana bir javobgar yarimavtomat vintovkalardan to‘liq avtomatik o‘t ochish (bump stock) imkonini beruvchi qurilmalar ishlab chiqaruvchisidir. Ana shunday kompaniyalardan biri — Texasning Slide Fire Solutions — da’vo arizada keltirilgan.