Mazkur holat yuzasidan sud organlari tomonidan huquqbuzarga tegishli ikkita elektron qurilmasi ham davlat foydasiga musodara qilindi va qonunda belgilangan tartibda jazo choralari qo‘llanildi.
Shuningdek, 20-sentabr kuni “Moskva–Urganch” yo‘nalishi bo‘ylab Moskva shahridan Urganch shahriga uchib kelgan fuqaro Olloberganov Dilshodga tegishli bo‘lgan uyali telefon bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, uning xotirasida 320 dona pornografik mazmundagi videolavhalar hamda 75 dona pornografik mazmundagi fotosuratlar borligi aniqlanib, behayo mazmundagi materiallarning O‘zbekistonga kirib kelishiga chek qo‘yildi.
Xususan, viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida pornografik mazmundagi materiallar bilan bog‘liq 381 ta holat aniqlangan bo‘lib, qariyb 15 mingdan ortiq pornografik mazmundagi materiallarni respublika hududiga olib kirilishining oldi olindi.