Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Ertalab Botkirkaning Fittja tumanida yonib ketgan transport vositasi haqida...
Uzoq vaqt davomida Shvetsiya bozori va Shvetsiyadan mahsulotlarni Evropaga...
Aniqlanishicha, Germaniyaning Myunxen aeroportida 74 yoshli ayol 12 yil oldin...
O'tgan yilning noyabr oyida Shvetsiyaning Orebro shahridagi maktabda 12 yoshli...
Harbiy havo kuchlari bilan boshlangan mashg'ulotga ikki mamlakatning harbiy...
So'nggi bir hafta ichida Ispaniyada boshqa Evropa davlatlarda kuzatilganidek,...
Mustaqil hisobotga ko'ra, 45 yoshdan 53 yoshgacha bo'lgan Kovid-19...
Lissabondagi Joao Lobo Antunes Molekulyar Tibbiyot Instituti matbuotga bergan...
Shvetsiyalik 25 olim yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasida ...
Koronavirus epidemiyasi sababli butun dunyo bo'ylab iqtisodiy inqiroz va...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Гость WillieCoilt
шары на 14 февраля ---- Кликай по ссылочке! ---- Купить детский чемодан в Москве ---- Кликните по...
Вчера, 01:44
Гость WillieCoilt
шары гелевые с доставкой москва недорого ---- Смотри что тут есть для тебя ---- купить недорогой детский...
30 июля 2020 19:40
Гость WillieCoilt
воздушные шары стоимость ---- Смотри что тут есть для тебя ---- чемодан на колесах интернет магазин...
30 июля 2020 19:32
Гость WillieCoilt
смотрите тут ---- Кликай по ссылочке! ---- чемоданы из поликарбоната купить в москве ---- Кликните...
30 июля 2020 19:31
Популярные новости

O‘zbekistonda Ingliz tilini o‘rganishning oson yo‘li topildi

16 окт 2017, 14:37, Admin
0 комментариев    413 просмотров
Bugungi kunda mamlakatimizda chet tillarini o‘rganish dolzarb masalalardan biri bo‘lib bormoqda. Ko‘plab yoshlarimiz katta e’tiborini ingliz tilini o‘rganishga bel bog‘lagan. Shu o‘rinda yuzlab o‘quv markazlari va repetitorlik xizmatlari ingliz tili o‘quv kurslarini taklif qilmoqda.

Poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan Time Education o‘quv markazi ingliz tilini o‘rganishning oson yo‘lini kashf qilgan holda, yoshlarni mazkur o‘quv kurslariga taklif etmoqda.

Time Education o‘quv markazi General English (Umumiy ingliz tili) va IELTS o‘rgatish bo‘yicha O‘zbekistondagi yetakchi o‘quv markazlaridan biridir.

Time Education 4 yildan ortiq muvaffaqqiyatli faoliyat olib borayotganligi bilan bir qatorda o‘ta tajribali va qattiqqo‘l o‘qituvchilar jamoasining shakllanganligi bilan shov-shuvlarga sabab bo‘lmoqda.

IELTS o‘zi nima va u Sizga nimalar beradi?

IELTS (International English Language Testing System) – xalqaro ingliz tili imtihoni tizimi. IELTS – bu xorijda yoki O‘zbekistondagi Xalaqaro oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olmoqchi, immigratsiya qilmoqchi, muntazam yashamoqchi yoki amaliyot oʻtmoqchi boʻlgan kishilar uchun test sinovidir.

Ushbu General English va IELTS – o‘quv sistemalari kompleksi o‘tgan 2016-yilda o‘zini oqlagan holda quyidagi natijalarni ko‘rsatgan:

Time Education statistikasiga ko‘ra, mazkur o‘quv sistemasi tinglovchilarining 80 foizi Ingliz tilini IELTS sertifikati olish uchun o‘rganadi. Shulardan 85 fozini Xalqaro oliy ta’lim muassasasilariga kirish uchun o‘rganadiganlar tashkil qiladi. General English va IELTS sistemalarining har ikkalasini tugallaganlarning 95 foizi ko‘zlangan natijaga erishadi.

Time Education ingliz tili maktabining General English va IELTS sistemalarini bitirganlar quyidagi natijalarga erishgan:

  • 35 foizi 7,0 va undan yuqori (7,5 va 8,0) ballar;
  • 45 foizi 6,0 – 6,5 ballar;
  • 20 foizi 6,0 dan past ballar olgan;

Time Education ingliz tili maktabini bitirganlar quyidagilarga ega bo‘lgan:

  • Ingliz tilini mukammal bilish;
  • Yuqori balli IELTS sertifikati;
  • Xalqaro oliy ta’lim muassasalarining (MDIS, WIUT, INHA, Turin) Toshkentdagi filiallari talabasi;
  • Chet elda o‘qish yoki ishlash (Bunda sizga biz bilan hamkorlik qilayotgan qator tashkilotlar ko‘maklashadilar).

Agar sizda ham shunday natijalarga erishish maqsadi bo‘lsa Time Education’ga tashrif buyuring.

Siz nega aynan Time Education o‘quv markazini tanlashingiz kerak?

  • Sizga kamida 10 yillik tajribaga ega, qattiqqo‘l va yuqori malakali professor-o‘qituvchilar individual yondashgan holda dars beradi;
  • O‘qituvchilarning shaxsiy natijalari eng kamida 8.0 balli IELTS sertifikatini tashkil qiladi;
  • Bajargan vazifalaringiz maxsus kompyuter dasturi yordamida tekshiriladi va Siz reyting ball yig‘ib borasiz;
  • Darslar hafta davomida 3 kun 2 ish soatidan olib boriladi;
  • Maksimal ravishda qisqartirilgan o‘quv dasturlaridan foydalangan holda qattiqqo‘llik asosida faqat natija uchun ishlanadi (dars tayyorlamaydiganlar jarimaga tortiladi);
  • Haftaning yakshanba kunlarida bepul qo‘shimcha darslar va “Speaking Club”da ishtirok etasiz;
  • Barcha darslar jiddiy va o‘ta ilmiy tarzda, ortiqcha o‘yinlar va hazil-huzullarsiz olib boriladi. Guruhlarda yosh bolalar o‘qimaydi ya’ni barcha tinglovchilar Sizning tengqurlaringiz (maktab o‘quvchilari umuman yo‘q).

Shu o‘rinda mazkur kursni olib boruvchi o‘qituvchi bilan ham tanishtirib o‘tishni joiz deb bildik:

 

Sadriddinov Qahramon Paxriddinovich

  • Namangan viloyatida tug‘ilgan.
  • 2013-yilda 8,0 balli IELTS sertifikati olgan (Listening: 8,5; Reading: 7,0; Speaking: 8,0; Writing: 8,0).
  • 2016-yilda Toshkentdagi Xalqaro Westminster Universitetini grant asosida bitirgan.
  • Tajribali General English va IELTS instruktori. 2014-yildan buyon Time Education ingliz tili maktabida General English va IELTS o‘quv kurslari o‘qituvchisi.

Shuningdek Time Education ingliz tili maktabida tahsil olgan o‘quvchilar quyidagi Xalqaro oliy ta’lim muassasalarining Toshkentdagi filiallariga o‘qishga kirishlari mumkin:

  • Toshkentdagi Xalqaro Westminister universiteti;
  • Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti;
  • Toshkentdagi Turin politexnika universiteti;
  • Toshkentdagi INHA

Bundan tashqari Time Education o‘quv markazi bir necha yillardan buyon abituriyentlarni O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalariga quyidagi fanlardan ham sifatli tayyorlab kelmoqda:

  • Matematika;
  • Informatika;
  • Fizika;
  • Tarix;
  • Kimyo;
  • Biologiya;
  • Ona tili va adabiyoti;
  • Ingliz tili grammatikasi;
  • CEFR.

CEFR nima?

CEFR(Common European Framework of Reference for Languages – umumiy Yevropa til ko‘nikmasi qolipi) – xalqaro chet tilini bilish darajasini tekshirish imtihoni.

CEFR Sizga nima beradi?

2017—2018-o‘quv yilidan boshlab CEFR’ning B1 darajasiga ega abituriyentlar chet tilidan test topshirmagan holda maksimal ballni qo‘lga kiritishlari mumkin.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 610-sonli “Ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.

Viloyatlardan tashrif  buyuruvchi abituriyentlar turar joy bilan ta’minlanadi.

Time Education o‘quv markazingizga hoziroq qo‘ng‘iroq qiling:

To‘lovlar istalgan uslubda.

Reklama huquqi asosida.

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив