Foto: Fulton County Sheriff’s Office
Huquq-tartibot xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, amerikalik ayol farzandlarining otasiga qo‘ng‘iroq qilgan va videochat orqali ularning jasadini ko‘rsatgan. Erkak darhol bu haqda politsiyaga xabar bergan. Aniqlanishicha, juftlikning yana bir o‘g‘li — uch yoshli Jamilga hech qanday jarohat yetmagan. Juftlikning katta farzandi, 6 yoshli qizaloq o‘sha kuni qarindoshlarinikida mehmonda bo‘lgan.
Nashrning ta’kidlashicha, ayol ruhiy kasallikdan azob chekkan, biroq shifokorlarga murojaat qilmagan. Bir oylar oldin u bolalariga enaga topa olmagani sabab ishdan bo‘shagan.
Ayolning yaqin dugonasini aytishicha, u farzandlarini deyarli bir o‘zi, ularning otasidan zarur yordamni olmay tarbiyalagan.
Ayblanuvchi ayolning ta’kidlashicha, u o‘g‘illarini bir tanishiga topshirib ketgan va uyga qaytgach ularni o‘lik holda topgan. Biroq politsiya ayolning ushbu versiyasiga ishonmadi.