Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Shvetsiyaning TT axborot agentligining xabar berishicha, H&M Xitoyning...
Breyvikning advokati, shuningdek, mijozi qamoqxonada izolyatsiya qilinishi...
So'nggi yillarda jahon iqtisodiyoti eng katta zarbani boshidan kechirayotgan...
Shvetsiya noshirlar uyushmasi hisobotiga ko'ra: Shved talabalarida o'qish...
Dunyodagi eng badavlat odamlardan biri, uning ismi koronavirus masalasi bilan...
Shvetsiyaning Göteborg shahrida sodir bo'lgan jinoyat voqea masalasiga oid 18...
Dunyoda COVID-19 tufayli o'lim soni 1 millionga yaqinlashar ekan, xitoylik...
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, bo'lib o'tgan shiddatli yong'inda bir keksa ayol...
Iyul oyidan boshlab holatlar va qurbonlar soni kamayganini ko'rgan poytaxt...
Yoz davomida Ikea asta-sekin epidemiya sababli yopilgan ko'plab yirik...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
GorbunovaTig
should i buy cialis in canada cheap cialis buy cialischantillon de cialis buy generic cialis cheap...
Сегодня, 04:24
GorbunovaTig
930a11 cialis effectiveness dose cheap cialisallgemeiner cialis billig cialis onlinehow long does 20mg...
Сегодня, 04:16
GorbunovaTig
should i buy cialis in canada cheap cialis generic cialissafe to buy online cialis buy cialis online buy...
Сегодня, 04:13
GorbunovaTig
930a11 acheter du cialis a marseill generic cialis onlinegeneric cialis comparison online cialiscialis...
Сегодня, 04:11
Популярные новости

O‘zbekiston razvedkachilari Britaniyadagi xalqaro tanlovda ikkinchi o‘rinni egalladi

20 окт 2017, 08:49, Admin
0 комментариев    200 просмотров
Joriy yilning 10—17-oktabr kunlari Buyuk Britaniyaning Brekon shahrida qo‘shin razvedkachilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Kembriya patruli” xalqaro tanlovida O‘zbekiston vakillari ham munosib ishtirok etdi. Bu haqda “Telegraf.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Telegraf.uz”

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, musobaqada 29 mamlakatdan 139  jamoa qatnashdi. Unda O‘zbekiston qo‘shin razvedkachilari bilan birga Armaniston, Birlashgan Arab Amirliklari, Moldova va Filippin harbiy xizmatchilari ham ilk bor qatnashdi.

Qariyb 40 yildan beri o‘tkazib kelinayotgan “Kembriya patruli” tanlovi eng qiyin va nufuzli musobaqalar sirasiga kiradi. Tanlovda harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratilishi tufayli maxsus bo‘linmalarga qabul qilish jarayoni bilan qiyoslanadi.

Kembriya tog‘lari juda og‘ir iqlim sharoiti bilan ajralib turadi. Kunduzi quyosh deyarli ko‘rinmaydi, har zamon yomg‘ir shiddat bilan yog‘adi, hududi botqoqlik va o‘rmondan iborat, o‘tishga qiyinchilik tug‘diradi. Shu bois tanlovda ishtirok etayotgan ko‘plab jamoalar finalga yetib bora olmay, musobaqani tugashidan oldin tark etishadi.

Unda ishtirokchilar qurol-aslahalarni taqib, navigatsiya vositalarisiz Kembriya tog‘lari bo‘ylab yetakchilik qobiliyati, amaliy ko‘nikmasi hamda ruhiy va jismoniy quvvatini sinovdan o‘tkazib, 25 kilogramm yuk bilan 65 kilometr masofaga piyoda marsh yurish, 1000 metrdan yuqori balandliklar va 750 metr pastliklardan o‘tishni amalga oshiradi.

Marsh yurish davomida har bir jamoa tog‘li va suv to‘siqlaridan o‘tish, hudud razvedkasini olib borish,  shartli dushman joylashgan hududni aniqlash va ularni yo‘q qilish bo‘yicha o‘quv-jangovar operatsiyalarni amalga oshirish, shartli yaradorlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, noqonuniy kuchlar tomonidan garovga olinganlarni ozod etish, murakkab tog‘li hududlarda pistirmalarni tashkil etish kabi vazifalarni bajardi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shin razvedkachilaridan iborat jamoa, birinchi bor mazkur musobaqada ishtirok etishiga qaramay, Italiya jamoasi bilan birga ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi (tanlov shartiga ko‘ra, har bir sovrinli o‘rin ikki jamoaga beriladi).

Shohsupaning eng yuqori pog‘onasi va uchinchi o‘rin 111 ta jamoa bilan ishtirok etgan Buyuk Britaniya harbiylariga nasib etdi.

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив