Foto: TCCB
Turkiya Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi axborotiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi doirasida 26-oktabr kuni Istanbulda O‘zbekiston—Turkiya biznes-forumi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev oktabr oyida Turkiyaga safar qilishi 2017-yil avgustida ma’lum bo‘lgan edi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mazkur tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi “bugungi kundagi munosabatlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etishiga” ishonch bildirgan edi.