Foto: “Gazeta.uz”
Bu sohada Markaziy Osiyoning ilk loyihalaridan biri hisoblangan kompaniya mahalliy bog‘dorchilik shirkatlariga zamonaviy texnologiyalar asosida yetishtirilgan yong‘oq, bodom, gilos, shaftoli, olxo‘ri, o‘rik, nok, behi va anor kabi turli xil mevali ko‘chatlarni yetkazib beradi.
Hozirda kompaniya plantatsiyalarida yetishtirilayotgan ko‘chatlarning qo‘shni mamlakatlarga eksport qilinishi borasida ham faol ishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, bog‘dorchilik shirkatlarining yong‘oqchilik sohasidagi bilimini oshirish maqsadida shu yilning 5—10-avgust kunlari Turkiyaga agrotur tashkil etdi. Mazkur agrotur davomida bir guruh o‘zbekistonlik tadbirkorlar Turkiyada yetishtirilgan sakkiz, uch va ikki yoshdagi yong‘oq bog‘lari hamda ko‘chatzorlari bilan yaqindan tanishdi.