26 ноя 2020, 07:42,
Hijronse
0 комментариев 74 просмотра
Hässelby tumani tunni bombalardan qo'rqib o'tkazdi
Seshanba kuni kechqurun soat o'ndan keyin qilingan bomba xabaridan so'ng politsiya harkati boshlandi. Bir nechta villalarda yashovchi etmish nafar odam evakuatsiya qilindi. Amaliyot davomida bitta yo'l ham yopildi, transport vositalari turli yo'llarga yo'naltirildi. Yo'lovchi avtobuslari yo'nalishini o'zgartirdi.
Bomba yo'q qilish bo'yicha milliy guruh voqea joyidagi obyektlar bo'yicha uzoq tergov o'tkazdi.
Ertalab soat 04: 30gacha davom etgan tekshiruvlar natijasida shubhali narsalar nazorat ostida portlatildi.
Tuman politsiyasidan Mikael Pettersson ularning juda nozik ishlari bajarilganligini va obyektlar zararsizlantirilgandan so'ng, keng qamrovli tadqiqotlar olib borilishini aytdi.
Noqonuniy tahdidlar bo'yicha dastlabki tergov boshlandi. Politsiya nafaqat obyekt tergovti, balki tergov qilinadigan shubhali obyektning ishlab chiqarilishi, ta'siri va maqsadini ham qamrab oladi.
Laboratoriya tekshiruvidan taxminan 3 soat o'tgach, politsiya ertalab soat 07.40 da obyekt zararsiz ekanligini e'lon qildi.