Foto: AP
“Menga pasportim bekor qilinganini aytishdi. Vaholanki, u 2020-yilgacha amalda edi. Natijada BMT inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari yig‘ilishida ishtirok etish borolmadim”, — deya ma’lum qildi Kapriles Twitter’dagi sahifasida joylashtirilgan videomurojaatda.
Nyu-Yorkda Kapriles BMT inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissariga mamlakatda aprel oyi boshidan beri davom etayotgan ommaviy norozilik aksiyalari davomida muxolifat duch kelayotgan zo‘ravonliklar haqida gapirib berishni rejalashtirgandi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan vaqt mobaynida Venesuelada 40 nafardan ortiq odam o‘ldirildi.