03 дек 2020, 17:06,
Hijronse
0 комментариев 84 просмотра
Bosh vazir Löfven yangi cheklovlarni e'lon qildi: Gimnaziyalar yopilmoqda
Shvetsiya Bosh vaziri Stefan Löfven virusning jiddiy ravishda kengayib borishi va maktablarda yuqtirishning o'sib borishi ortidan imnaziyalarda masofaviy ta'lim boshlanishini ma'lum qildi.
Stefan Löfven 2020 yil bir tarafdan qorong'i yil, shuningdek, jamiyat o'zining ko'p yaxshi tomonlarini namoyish etgan yil ekanligini aytdi.
Shvetsiyadagi masofaviy ta'lim bo'yicha kutilgan qaror nihoyat qabul qilindi. Löfvenning aytishicha, dushanba kunidan boshlab o'rta maktablar masofaviy ta'limga o'tmoqdalar va bu qaror 6 yanvar chorshanba kunigacha amal qiladi.
Shvetsiya jamoat salomatligi agentligining veb-saytida ushbu qaror kimga ta'sir qilgani va kimga ta'sir qilmaganligi to'g'risida ma'lumotlar joylashtirilgan.
Lofven dushanba kunidan boshlab amalga oshiriladigan masofaviy ta'lim maqsadi pandemiyaga qarshi samarali kurashish, qoidalar to'liq amal qilishini va bu borada yoshlarga ishonishini aytdi.
Ta'lim vaziri Anna Ekström bunday tez o'zgarish qiyin bir masala ekanligini tushunishini aytdi. Ammo u buni zarur bo'lganligi sababli qilinganligini aytdi.
Qabul qilingan qarorlar faqat davlat gimnaziyalari uchun amal qiladi.