29 дек 2020, 23:34,
Hijronse
0 комментариев 45 просмотров
[center]

Tahlilchi Malmqvist: "Shvetsiya ajoyib muvaffaqiyatni ko'rsatdi"
Koronavirus epidemiyasida virusga qarshi kurashda qat'iy choralar o'rniga iqtisodiy boshqaruvga e'tiborga olgan Shvetsiya muvaffaqiyatning ajoyib namunasini ko'rsatdi , deb ta'rifladi tahlilchi Piter Malmqvist.
Korona inqirozi davrida faqat bir nechta davlatlargina o'z iqtisodiyotlarini Shvetsiyaga qaraganda yaxshiroq boshqarish muvaffaq bo'lishdi. "Bu katta yutuq," deydi mustaqil tahlilchi Piter Malmqvist. Ammo iqtisodchi Lars Kalmforsning so'zlariga ko'ra ushbu strategiya ko'plab odamlarnging hayotiga zomin bo'ldi.
Pandemiya oldidan YaIM o'sishining 4,4 foizga pasayishi falokat sifatida qabul qilingan, 2008-2009 moliyaviy inqirozidan ham, 1990-yillar boshidagi bank inqirozidan ham yomonroq böldi.
Shuning uchun joriy yilning uchinchi choragida Shvetsiyaning YaIMning 2,7 foizga pasayishi hozirgi kunda xalqaro maydonda muvaffaqiyat qozonganligi ko'rinib turibdi. Pandemiya jarayonida iqtisodiyotni yaxshi boshqargan 38 mamlakat ro'yxatida faqat Tayvan, Gonkong, Xitoy, Norvegiya, Shveytsariya va Janubiy Koreya Shvetsiyani ortda qoldirgan bo'lsa, Gollandiya o'z darajasida qoldi.
"Shved virusga qarshi strategiyasining doimiy muvaffaqiyatsizlik sifatida tasvirlanganligini hazm qilish qiyin", - deydi tahlilchi Piter Malmqvist Shvetsiya inqiroz paytida iqtisodiyotni qanday boshqarganiga ishora qilib, Shvetsiya yorqin xalqaro muvaffaqiyatni namoyish etdi, deb izohladi.
Shunday bo'lsa ham ko'pgina ekspertlar Shvetsiya inqiroz davrida iqtisodiy boshqaruv uchun juda og'ir narx to'laganini ta'kidlaydilar.
Iqtisodchi Lars Kalmforsning ta'kidlashicha, pandemiyaga qarshi kurashda Shvetsiyaning iqtisodiy yo'qotishlarni minimallashtirish strategiyasi ko'p odamlarning hayotiga ziyon yetkazmoqda.