17 янв 2021, 21:00,
Hijronse
0 комментариев 42 просмотра
Yo'l-transport hodisalarida dunyodagi eng kam o'lim Shvetsiyada sodir bo'lgan
Garchi Kovid-19 masalasida Shvetsiya muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo'lsa-da, shubhasiz, transport harakati bo'yicha dunyodagi eng muvaffaqiyatli mamlakatdir.
O'tgan yili Shvetsiyada yo'l-transport hodisalarida jami 190 kishi halok bo'ldi. Ushbu ko'rsatkich 2019 yilda 250 kishini tashkil etdi. Bu yil 60 kishi kamaydi. Aholi soniga va transport vositalarining soniga ko'ra, Shvetsiya so'nggi 50 yil ichida dunyodagi eng kam yo'l-transport hodisalari va o'lim holatlari bo'lgan mamlakat sifatida e'tiborni tortmoqda.