23 янв 2021, 22:28,
Hijronse
0 комментариев 49 просмотров
Mutatsiyaga uchrahan virusning odamni o'ldirish darajasi to'g'risida olimlarning bayonoti
Olimlarning ta'kidlashicha, yangi koronavirus shakli halokatliroq ekanligi to'g'risida e'lon qilingan topilmalar hali isbotlanmagan va topilmalarni to'g'ri deb qabul qilishga hali erta.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson juma kuni o'tkazilgan matbuot anjumanida mamlakatda aniqlangan virus mutatsiyasi halokatliroq bo'lishi mumkinligi haqida qo'shimcha tekshirishni talab qiladigan topilmalar mavjudligini e'lon qildi.
Buyuk Britaniyaning sog'liqni saqlash bo'yicha tibbiy direktori Dr. Yvonne Doylning aytishicha, virusning yangi shakli asl nusxadan ko'ra o'likroq ekanligi "mutlaqo aniq emas".
"Ba'zi dalillar mavjud, ammo bu dastlabki natijalar. shuning uchun bunday aytishga hali erta", dedi Doyl BBC bilan suhbatda.
Ilmiy pandemik gripp guruhi (Spi-M) a'zosi Dr. Mayk Tildeslining aytishicha, "kuchli xulosalar" chiqarishga hali erta, chunki yuqorida aytib o'tilgan topilmalar oz miqdordagi ma'lumotlarga asoslangan.