25 фев 2021, 00:05,
Hijronse
0 комментариев 94 просмотра
Shvetsiyadagi restoranlarga nisbatan kuchli cheklovlar
Matbuot anjumanida hukumat tomonidan qabul qilingan yangi qarorlar haqida gapirar ekan, Bosh vazir Stefan Löfven vaziyat jiddiyligini aytdi.
"Kasallanganlarning soni ko'payishi vaziyatni yanada tashvishga solmoqda. Uchinchi to'lqin paydo bo'lishi xavfi katta", dedi u.
"Hozir dam olish vaqti emas. Yoqilg'i quyish shoxobchalari, do'konlarda va boshqa joylarda "tirbandlik bo'lmasligi kerakligini ta'kidladi.
Bosh vazirning ta'kidlashicha, Shvetsiya tobora ko'proq odamni emlashni davom ettirmoqda.
"Bu hafta yuborilgan 210 ming dozani, kelgusi haftada 300 mingdan oshiq dozaga yetkazamiz. Kechagacha Shvetsiyada 660 ming doz vaktsina qilingan", - deydi Stefan Löfven.
Bosh vazir sog'liqni saqlash xizmatlarini ham ko'rib chiqishimiz kerakligini aytadi.
Shuning uchun hukumat qo'shimcha choralar ko'rish zarur deb hisoblaydi.
Hukumat Shvetsiya sog'liqni saqlash idorasiga barcha restoranlar, ya'ni restoranlar, barlar, kafelar uchun mahalliy yoki milliy miqyosda ish vaqtini cheklash huquqini beradi.
Hukumat tomonidan e'lon qilingan yangi cheklash qarorida barcha restoranlarni soat 20.30 da yopish to'g'risida qaror qabul qilindi.
Hukumat bugungi matbuot anjumanida barcha restoranlar o'zlarining ishlash vaqtlarini cheklashlari kerakligini va ertaroq yopilishi kerakligini e'lon qildi. Shvetsiya sog'liqni saqlash agentligiga hukumat tomonidan ko'proq vakolatlar berilgan.
"1 martdan boshlab barcha restoranlar spirtli ichimliklar sotish-sotmasligidan qat'i nazar, soat 20: 30da yopiladi", dedi Shvetsiya jamoat salomatligi agentligining bosh direktori Johan Karlsson.