Foto: EPA
Kadrlarda Tramp rafiqasiga qo‘lini tutganini ko‘rish mumkin. Ammo Melaniya uning xatti-harakatini e’tiborsiz qoldirdi va sochlarini to‘g‘rilashga tushdi.
Italiyada Tramp Rim papasi Fransisk bilan, shuningdek, Vatikan bosh kotibi Pyetro Parolin bilan uchrashadi. Melaniya Tramp bolalar kasalxonasiga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq Donald Trampning rafiqasi Melaniya samolyot Tel-Avivdagi aeroportga qo‘ngandan keyin uning qo‘lini tutishdan bosh tortgan edi.