Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Shvetsiyada qo'llanilgan AstraZeneca vaktsinasidan keyin yetti kishi vafot...
Koronavirus epidemiyasini cheklashga qarshi choralar ko'rgan...
Kovid-19 vaktsinasidan so'ng, oldin estetik va implantat moddasi bo'lgan bir...
Kecha kuni Shvetsiyaning Jonköping shahri Vetlanda tumanida sodir bo'lgan...
Shvetsiyaning ba'zi fermer xo'jaliklarida ilgari aniqlangan parranda grippi...
Skavsta aeroporti, agar munitsipalitet hokimiyati moliyaviy kafil...
Hodisa mamlakat janubidagi Vetlandada sodir bo'lgan. Shahar markazida...
Shvetsiyada epidemiya markazi bo'lgan poytaxt Stokgolmda korona infektsiyasi...
Tullverket ma'lumotlariga ko'ra , 2012 yildan 2014 yilgacha kokain...
Shvetsiya jamoat salomatligi agentligi koronavirus epidemiyasi haqidagi dolzarb...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Augustus
This parragraph iss truly a pleasant one it helps new internet viewers, who are wishing for blogging....
5 марта 2021 12:07
Dakeery
Я извиняюсь, но, по-моему, Вы допускаете ошибку. Могу отстоять свою позицию. Пишите мне в PM, обсудим. ------ ...
4 марта 2021 22:44
Dakeery
гыыыыыы..... вот так облом ------ free online poker helper оч понравилось )) ------ партнерская программа...
4 марта 2021 22:25
JetAxose
Хороший вопрос ------ дизайн проект квартиры сочи Какие слова... супер, замечательная идея ------ купить...
4 марта 2021 15:26
Популярные новости

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri JSSTning yangi rahbari bilan uchrashdi

24 май 2017, 15:23, Admin
0 комментариев    293 просмотра
Jenevada 22-may kuni boshlangan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yuqori organi hisoblanuvchi Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi 70-sessiyasida sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Sessiya kun tartibiga ko‘ra, 23-may kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga yangi rahbar saylandi. Bu lavozimga JSSTga a’zo davlatlar tomonidan efiopiyalik nomzod, mazkur mamlakatning sog‘liqni saqlash va tashqi ishlar bo‘yicha sobiq vaziri 52 yoshli Tedros Gebreyesus saylandi.

Yangi rahbar o‘z ishini 2017-yilning 1-iyulidan boshlaydi.

Jeneva safari davomida Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov JSSTning yangi rahbari Tedros Gebreyesus bilan ikki tomonlama alohida uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

Suhbat davomida Tedros Gebreyesus o‘zi olib borgan saylovoldi kampaniyasida ilgari surgan g‘oyalarining asosiy qismi O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan ustuvor maqsadlar bilan o‘zaro mos kelishini ta’kidladi.

Shuningdek, u O‘zbekiston va JSST o‘rtasida O‘zbekiston manfaatlarini himoya qiluvchi ko‘p tomonlama o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga har doim tayyorligini bildirdi.

“JSSTning yangi rahbariga O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar darajasining oshirilayotgani, shuningdek, sohada qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar, istiqboldagi rejalar va dasturlar haqida ma’lumot berildi”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
ForkPlayer ForkPlayer