Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Noyabr oyida BMT Xavfsizlik Kengashi prezidentlik Britaniya BMT doimiy vakili...
Shvetsiya poytaxt xabarlarga ko'ra, Stokgolm ning Södermalm daxasida yashagan...
19 yoshli bomba egasi Shvetsiyaning Malmö shahridan Södertälje shahriga...
Shvetsiyaning ba'zi joylarida qor 15 santimetrgacha tushishi mumkin....
Facebook kompaniyasi o'z to'lov tizimiga Facebook , Messenger , Instagram va...
Dagens Juridik gazetasiga ko'ra, Shvetsiyaning Stokgolm shahar Bosh vazirlik...
Gannover shahar hokimiyatiga o'tkazilgan saylovlarning ikkinchi bosqichida...
Immigrantlar idorasi ma'lumotlariga ko'ra, faqat oktyabr oyida 1205 Britaniya...
Shvetsiya siyosatchi, munitsipal kengashi a'zosi jinsiy zo'ravonlik va...
Stockholmdan Finlandiyaga ketayotgan katta kema soat 18:00 larda Lidingö...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Гость LionelObjen
лайт хаус москва купить входную дверь в офис --- купить дверь входную металлическую в квартиру Вот...
Вчера, 09:24
Гость LionelObjen
Если ищите офис в бизнес цента то вам подойдет бц лайтхаус в аренду для бизнеса нужна надежная дверь --- ...
Вчера, 02:51
Williamzep
Хорошике квартиры тут жк афродита офис продаж Сколько спортом не занимайся, бициху не нарастишь без питания ...
9 декабря 2019 05:39
Ульяна
Здравствуйте. Знаю, что объявление старое, но вдруг! С января 2020 ищу комнату/квартиру в районе Рогсвед. Т.к. сейчас...
20 ноября 2019 23:58
Популярные новости

Shavkat Mirziyoyev ayrim rahbarlarda mas’uliyat yetishmasligi natijasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani qattiq tanqid qildi

31 май 2017, 08:01, Admin
0 комментариев    226 просмотров
Toshkent shahrida 30-may kuni videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda 2017-yilgi Investitsiya dasturiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakat hududlariga tashriflari davomida ishlab chiqilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi ishlarning holatini tanqidiy tahlil qilish va baholash masalalari ko‘rib chiqildi, deb yozadi O‘zA.

Foto: O‘zA

Yig‘ilishda Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, Prezidentning Davlat maslahatchilari, tegishli vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi. Shuningdek, videokonferensiya orqali Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazida tashkil etilgan studiyalarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi rahbariyati, mahalliy hokimliklar, vazirlik va idoralarning hududiy tuzilmalari, korxonalar rahbarlari, tadbirkor va investorlar qatnashdi.

Yig‘ilishda ayrim tarmoqlar va hududlar rahbarlarida mas’uliyat, talabchanlik va tashabbuskorlik yetishmayotgani, buning oqibatida ko‘pgina investitsiya loyihalarini amalga oshirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani qattiq tanqid qilindi. Jumladan, shu yilning birinchi yarmida 10 loyiha bo‘yicha obyektlarni ishga tushirish muddatlari asossiz ravishda kechiktirib yuborilgani, 9 loyihani moliyalashtirish bo‘yicha shartnomalar tuzish, 10 loyiha yuzasidan loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlash ishlari paysalga solib kelinayotgani aniq misollar bilan ko‘rsatib o‘tildi. Tarmoqlar rahbarlari va loyihalar tashabbuskorlari oldiga ana shunday muammolarni tezlik bilan hal qilish, bu boradagi qoloqlik holatlarini bartaraf etish qat’iy vazifa qilib qo‘yildi.

Davlat rahbari investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilmasligi oqibatida zamonaviy obyektlarni ishga tushirish muddatlari kechikishi, bu esa talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarning bozorga yetib borishiga, qancha-qancha odamlar, avvalo, yoshlarning ish bilan ta’minlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlab, bunday holatlarga yo‘l qo‘ygan mutasaddi rahbarlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirdi.

Yig‘ilishda investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi sustkashlik sabablaridan biri eng quyi tizimda, ya’ni, tashabbuskor tuzilmalar va loyiha institutlari darajasida tegishli hujjatlar yetarlicha puxta ishlab chiqilmasligi bilan bog‘liq ekani qayd etildi.

O‘tkazilgan o‘rganish va tahlillardan ayon bo‘lmoqdaki, ayrim istiqbolsiz loyihalarni Investitsiya dasturiga kiritish holatlari mavjud bo‘lib, ularning moliyalashtirish manbalari va maqsadli strategiyasi aniq belgilanmagan, kutilayotgan natijalar bo‘yicha zarur hisob-kitoblar ishlab chiqilmagan.

Shu munosabat bilan davlat rahbari tomonidan tegishli vazirlik va idoralarga ikki oy muddatda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalaridan kelib chiqqan holda, Investitsiya dasturini shakllantirish va uni amalga oshirish, istiqbolli investitsiya loyihalari bazasini yaratish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan qaror loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish haqida topshiriqlar berildi.

Bu borada kelgusi yil uchun mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga faqat puxta ishlab chiqilgan, loyiha-smeta hujjatlari tayyor va moliyalashtirish manbalari aniq bo‘lgan investitsiya loyihalarini kiritishga alohida e’tibor berish zarurligi ta’kidlandi.

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив