Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Koronavirus pandemiyasidan aziyat chekkan kompaniyalardan biri G-Star Raw...
Shvetsiyaning SVT davlat kanalida Saab kompaniyasining Gripen E / F qiruvchi...
Dunyoda 500 mingdan ortiq odamni o'ldirgan COVID-19 o'pkaga katta darajada...
Shvetsiya immigratsiya idorasi 2020 yilning dastlabki 6 oyida 44 ming 597 ta...
Ikki yuzdan ortiq olim odamlari Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkilotiga bog'lanib,...
Shvetsiyadagi Uyg'urlar Ta'lim Jamiyatining a'zolari yomg'irga qaramay, 2009 yil...
Olmoniyalik virusolog: Koronavirusning ikkinchi to'lqini bo'lmaydi...
Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Linde, Isroilning bosib olgan Falastin...
Shved avtomobil ishlab chiqaruvchisi Volvo, old xavfsizlik kamarlaridagi...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Windy
Very nice post. I just stumbled upon your blog and wanted to say that I've really enjoyed surfing around your blog...
18 июня 2020 08:14
Shirley
Its like you read my thoughts! You appear to grasp a lot about this, like you wrote the book in it or something. I...
4 июня 2020 12:33
buy tadalafil 20mg online
cialis 10mg how long does it last interests cialis dosage forum last post tadalafil cost at walmart - free trial...
26 мая 2020 21:51
Harry
¡O eres la atrana bien! Has pasado cuando te registras con extraños creando gente se dirige desde el principio, y eso...
22 мая 2020 10:45
Популярные новости

Surxondaryo hamda Andijon viloyatlaridagi sayyor qabullar davomida aholining 1100 dan ortiq murojaati joyida ko‘rib chiqildi

31 май 2017, 14:04, Admin
0 комментариев    205 просмотров
23—29-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenov boshchiligidagi respublika ishchi guruhi a’zolari Surxondaryo va Andijon viloyatlari aholisi bilan ochiq muloqot tarzida sayyor qabul o‘tkazdi. Bu haqda Mansur Abdusattorov “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: “Yangiliklar.net”

Sayyor qabulda vazirliklar, shahar va tuman hokimliklari, prokuratura, ichki ishlar, sud organlari rahbarlari hamda boshqa tegishli boshqarma va tashkilotlardan 180 dan ziyod mutasaddi ishtirok etdi.

Tadbirlarda ta’kidlanganidek, bugungi kunga kelib Surxondaryo hamda Andijon viloyatlarida istiqomat qiluvchi aholidan jami 123 mingga yaqin murojaat kelib tushgan. Xususan, Surxondaryo viloyatidan – 55 ming, Andijon viloyatidan esa – 68 ming.

Mazkur viloyatlardan kelgan murojaatlarning asosiy qismi uy-joy olish va uy-joy qurish uchun yer ajratish (17,2%), moddiy yordam, pensiya ta’minoti hamda bolalar nafaqasini olish (10,9%), mehnat va bandlik (7,8%), sud qarorlarining ijro etilishi (8,5%), bank-moliya va soliqqa tortish (5,1%), sudlarda jinoyat ishlari, fuqarolik ishlari, xo‘jalik sudlarida ishlar ko‘rilishi (4,4%), fuqarolikni qabul qilish va fuqarolikdan chiqish, pasport olish va propiskaga o‘tish (4,3%) kabi sohalarga oiddir. Shu bilan birga, tadbirda ta’kidlanganidek, mazkur viloyatlar hokimliklari mansabdor shaxslari tomonidan qonunchilik talablariga zid ravishda fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan yuborilgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik va muallifga javob bermaslik natijasida bu sohada jiddiy kamchiliklar mavjud.

Jumladan, viloyat hokimliklarida murojaatlar bilan ishlash tizimini to‘g‘ri tashkil etmaslik, murojaatlarni taqsimlash va nazorat qilish ishlariga malakali kadrlarni jalb etmaslik hamda tahlil ishlarini yo‘lga qo‘yilmaslik oqibatida Surxondaryo viloyatida murojaatlarning 54,6 foizga, Andijon viloyatida esa 22 foizga kechiktirilgan holda javob berilgan.

Sayyor qabullar davomida Surxondaryo hamda Andijon viloyatlari aholisining 1100 dan ziyod murojaati joyida ko‘rib chiqilib, 70 foizdan ziyodi ijobiy hal etildi, qolgan 30 foizi esa asosli deb topilib, ijro uchun muddat belgilanib, nazoratga olindi.

Misol tarzida 75 ta ijro hujjati yuzasidan 82,0 million so‘mlik sud qarorlari ijro etilishini; 33 nafar fuqarolarga avtomobillar yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzilishini; sog‘liqni saqlash sohasida 93 ta murojaatning ijobiy hal etilishi, jumladan, 13 ta nogironlik aravachasi berilishi; gaz ta’minoti bo‘yicha 41 ta murojaatning ijobiy hal etilishi; bank sohasida jami 36 ta, jumladan kredit ajratish bo‘yicha 23 ta murojaatning ijobiy ko‘rib chiqilishi ta’minlanganini ta’kidlash lozim.

Uchrashuvlar yakunida ko‘rib chiqilgan barcha murojaatlar bo‘yicha viloyat va tuman darajasidagi mutasaddi idora va tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив