Сегодня:
So'nggi yangiliklar
Norvegiya infektsiyani nazorat qilish bo'yicha direktori Frode Forland...
Shu yilning 20 martida Shvetsiya poytaxtidagi Nordic muzeyidan (Nordiska...
Koronavirus pandemiyasidan aziyat chekkan kompaniyalardan biri G-Star Raw...
Shvetsiyaning SVT davlat kanalida Saab kompaniyasining Gripen E / F qiruvchi...
Dunyoda 500 mingdan ortiq odamni o'ldirgan COVID-19 o'pkaga katta darajada...
Shvetsiya immigratsiya idorasi 2020 yilning dastlabki 6 oyida 44 ming 597 ta...
Ikki yuzdan ortiq olim odamlari Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkilotiga bog'lanib,...
Shvetsiyadagi Uyg'urlar Ta'lim Jamiyatining a'zolari yomg'irga qaramay, 2009 yil...
Olmoniyalik virusolog: Koronavirusning ikkinchi to'lqini bo'lmaydi...
Баннер
Оцените работу движка
Последние комментарии
Paulette
No hay nada más! Si buscas una relación de pareja deje de tus nuevo, describirte más de lo que me gustaría en el...
10 июля 2020 23:28
Clarice
Correctamente: "¿Qué hace estudiar, me registro en la nube?" Semione Experimento. De lo que sí hay que dar...
10 июля 2020 23:14
Dennis
Si ninguna queja (pero ya nada!) terminará tareas rondeores en la comida de la playa (no hace días) antes de tumbajar...
10 июля 2020 22:57
Violet
No obstante, podemos compartir vuestras vidas y formar parte del período de tus dedos", señala. Si a veces es por eso...
10 июля 2020 22:56
Популярные новости

2017–2021-yillarda madaniyat va san’atni rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

31 май 2017, 20:26, Admin
0 комментариев    291 просмотр
O‘zbekiston Prezidenti “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zAda keltirildi.

Foto: O‘zA

Madaniyat va san’at sohasini boshqarishda eskicha usullar saqlanib qolayotgani, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha kompleks yondashuvning yetishmasligi, madaniyat muassasalarining faoliyatini tashkil etish, aholiga madaniy xizmat ko‘rsatishda oqsoqlikka yo‘l qo‘yilayotgani, aksariyat joylarda madaniyat va san’at maskanlarining moddiy-texnik bazasi bugungi kun talablariga javob bermasligi hujjatda qayd etildi. Ayniqsa, soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda mavjud talab va ehtiyojlarni hisobga olmaslik, ularni qayta tayyorlash, malakasini oshirish borasida puxta tizim yaratilmagani madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini samarali amalga oshirish, bu yo‘nalishdagi ustuvor vazifalarni to‘liq bajarish imkonini bermayapti.

Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha 2017–2021-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dasturning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini tashkil etish va samaradorligini oshirish borasidagi qonunchilikni takomillashtirish. Jumladan, muzeylar va teatrlar faoliyatini takomillashtirish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish. Moddiy madaniy meros va arxeologiya obyektlarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish mexanizmlarini yanada takomillashtirish;

madaniyat va san’at muassasalari, teatrlar, muzeylar, badiiy jamoalar, madaniyat va aholi dam olish maskanlari, madaniyat va istirohat bog‘lari faoliyati, moddiy-texnik bazasi holatini atroflicha o‘rganish, ularni ta’mirlash va zarur jihozlar, musiqa asboblari bilan ta’minlash, samarali ijodiy faoliyat uchun qulay shart-sharoitlar yaratish. O‘zbek milliy raqs va xoreografiya san’atini yanada rivojlantirish, madaniyat va san’at rivojiga katta hissa qo‘shgan taniqli san’atkorlar, jahon miqyosidagi nufuzli ko‘rik-tanlovlarda yuqori o‘rinlarni egallagan yoshlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash;

yoshlarni san’at maskanlariga, xususan, teatr va muzeylar, konsert tomoshalariga muntazam jalb etish, o‘zbek va jahon madaniyatining eng sara namunalaridan bahramand etish orqali ularning ma’naviy-axloqiy, estetik didi va madaniy darajasini yanada yuksaltirish. Madaniyat va istirohat bog‘lari hududida “Nuroniylar maskan”larini tashkil etib, faxriylarning madaniy dam olishlari uchun zarur sharoitlar yaratish

“Seni kuylaymiz, zamondosh!”, “Debyut” kabi teatr san’ati ko‘rik-festivallari samaradorligini oshirish orqali buyuk siymolar, zamona qahramonlari obrazi, bugungi kunda mamlakatda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini aks ettirgan, badiiy yuksak sahna asarlarini yaratish. “Bahor nafasi” xalqaro san’at festivali, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali, “Yoshlik bahori” respublika yosh opera ijrochilari festivali singari tadbirlar, turli xalq sayllarini tashkil etib, ularga xorijiy sayyohlarni keng jalb etish;

madaniyat va san’at yo‘nalishidagi ta’lim muassasalarining malakali kadrlar va mutaxassislarga bo‘lgan talab va ehtiyojlarini o‘rganish, bu borada kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish, zamonaviy ilg‘or tajribalardan foydalanish, dunyoning mashhur musiqachilari, bastakorlari ishtirokida ijodiy uchrashuvlar, mahorat darslari tashkil etish, madaniyat va san’at yo‘nalishidagi ta’lim muassasalarini o‘quv dasturlari va notalar, o‘quv qo‘llanma va darsliklar, ilmiy-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash;

O‘zbekistonning yuksak madaniyati va san’atini xalqaro maydonda yanada keng targ‘ib etish, xalqaro ko‘rik-tanlov va festivallarda mamlakat vakillarining ishtirokini kuchaytirish, Samarqand shahrida o‘tkaziladigan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali nufuzini yanada oshirish, boshqa turli tadbirlarda chet ellik madaniyat va san’at namoyandalari keng qatnashishlarini ta’minlash, xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanish.

Bundan tashqari, hujjatda muzeylar va teatrlar faoliyatini takomillashtirish hamda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yoshlarni teatr va muzeylarga, konsert-tomosha tadbirlariga tizimli ravishda jalb etish orqali ularning ma’naviy-axloqiy, estetik va madaniy darajasini yanada yuksaltirish, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda mamlakatdagi konsert-tomosha va teatr muassasalarining ijodiy xodimlari uchun grim va postijyor mahsulotlari, oyoq kiyimlar, maxsus liboslar, jumladan, balet san’ati uchun liboslar, yuksak darajada ishlangan sahna dekoratsiyalari va konstruksiyalari, parda va sahna liboslarini tayyorlashga ixtisoslashgan qo‘shma korxona tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Qarorning uchinchi bandida Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Madaniyat vazirligi va Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahri, Buxoro ko‘chasi, 10-uyda joylashgan binoni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tasarrufiga o‘tkazishi va ushbu binoda jahon andozalariga to‘liq mos keladigan, akademik jamoalarning badiiy dasturlari namoyish etiladigan, jonli ijroga mo‘ljallangan zamonaviy konsert zalini barpo etishi ko‘zda tutilgan.

Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari etib investitsiya dasturlari, davlat budjeti, madaniyat vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasi, tijorat banklarining kredit mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilandi.

Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив